Mavzu: Fizikani akademik litseylarda o’qitish metodikasi


Download 61.23 Kb.
bet13/16
Sana08.01.2022
Hajmi61.23 Kb.
#248894
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 kurs shi(1)

1-guruhga topshiriq


Ekspert varag‘i№1

1. Nima uchun ish amaliy ahamiyatga ega?

2. Qachon jism ish bajara olmaydi va unga misol keltiring?




2-guruhga topshiriq


Ekspert varag‘i№2

1.Qaysi kuchlar ta’sirida bajargan ish musbat yoki manfiy bo‘ladi va unga misol keltiring?

2. MJ va J nima va unga misol keltiring




3-guruhga topshiriq


Ekspert varag‘i№3

1. Energiya va uning turlari – misol keltiring.

2. Energiyani saqlanish va aylanish qonuni nima?




4-guruhga topshiriq


Ekspert varag‘i№4

1. Nima asosida energiyani tanqisligi muammosi vujudga kelgan – misol ketiring.

3. Bunday muammoni qanday hal qilish mumkin





Гуруҳларда ишлашни баҳолаш


Guruhlar

Javobning

to‘liqligi,

(1,0)


Sxemalarda

berilganligi

(0,4)


Guruh

ishtirokchisining

faolligi

(0,6)

Ballar

Bahosi

1

2

3



4

5


















Baholash mezonlari



Baho


Mezonlar

Bilim

Faollik

Takliflar

Jami ball





Баллар

0,8

0,6

0,6

2




%

40

30

30

100


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari

Savollar

Javoblar

1. Mexanik ish nima va u qanday birliklarda o‘lchanadi?

2. Og‘irlik kuchining bajargan ishi qanday bo‘ladi?

3. Quvvat deb nimaga aytiladi?

4. 1 Vat soat qancha joulga teng?

5. 1 MVt va Vt orasidagi bog‘lanish qanday bo‘ladi?

6. Kinetik energiya nima va uning formulasi.

7. Mashinani foydali ish koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi?

8. Jismning to‘liq mexanik energiyasi deb nimaga aytiladi?






Zamonaviy ta’lim tizimi murakkab tuzilmaga ega bo`lib, uning tarkibiga ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan va o`zaro murakkab bog`lanishlarga ega bo`lgan texnalogik, pedagogik, tashkiliy, iqtisodiy, hamda nazariy – metodologik qismlar kiritiladi. An’anaviy ta’lim tizimi, zamonaviy ta’lim tizimidan texnologik qismini alohida ajratib qaramasligi bilan farq qiladi.

An’anaviy ta’lim tizimi “yuzma – yuz” o`qitish uslubi va bosma materiallarga asoslanib o`qitishga mo`ljallanganligi uchun texnologik qismi yetarli darajada rivojlanmagan.
Ta’lim sohasidagi ayrim mutahasislar orasida o`quv jarayoning komp’yuterlar, telekommunikasion jihozlar va yangi texnik vositalar bilan ta’minlanganligi, ya’ni o`quv auditoriyalarini komp’yuterlar, videokameralar va boshqa qurilmalar bilan jihozlash, o`qituvchilarni ulardan foydalanishga o`rgatish ta’lim tizimini zamonaviylashtirish uchun yetarli, degan noto`g`ri xulosalarga keladilar.

Zamonaviy ta’lim tizimining pedagogik asoslarini tahlil qilish va ta’lim jarayonida o`qituvchining o`rni va vazifalarini aniqlash dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi.

Komp’yuter va telekommunikatsion texnalogiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim tizimining asosiy pedagogik usullari an’anaviy ta’lim tizimidagi pedagogik usullardan tubdan farq qiladi.

Birinchidan, ta’lim tizimining texnalogik asosi jadal rivojlanib borganligi uchun o`quv kurslarini ishlab chiqish murakkablashadi va o`qituvchidan pedagogik faoliyatning maxsus usullari va malakalaridan foydalanishni talab etadi. Undan tashqari zamonaviy informatsion texnologiyalar o`quv materiallari sifatida ham o`ziga xos talablar qo`yadi.

Ikkinchidan, zamonaviy informatsion tehnologiyalarga asoslangan o`quv jarayonida asosiy figura o`quvchi hisoblanganligi uchun, o`qituvchi asosan o`quvchining berilgan murakkab o`quv axborotlaridan osonlik bilan foydalana olishga yordam berish, talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatiga imkoniyat yaratish vazifalarini bajaradi.

Uchinchidan, zamonaviy ta’lim tizimida o`qituvchi va talabalar orasidagi o`zaro indivudial munosabat, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari ta’siri faollashadi.

Shunday qilib, ta’lim jarayonida zamonaviy informatsion va telekomunikasion texnalogiyalarni faol qo`llash, o`quv jarayonida o`qituvchining o`rni, roli va pedagogik faoliyatini ma’lum darajada o`zgarishiga olib keladi. O`qituvchilar tomonidan o`quv kurslari tayyorlashda faoliyat murakkablashib, maxsus malaka va usullarni hamda o`quv materiallarini tayyorlash sifatiga e’tiborni kuchaytirishni talab etadi.

Agar an’anaviy ta’lim tizimida o`qituvchi asosiy vaqtini ma’ruza o`qishga sarflagan bo`lsa, zamonaviy ta’lim tizimida o`qituvchi o`quv kursi mazmunini yangi texnologik asosda ishlab chiqishi, talabaga o`quv axborotlaridan foydalanishga yordam berishi va ta’lim oluvchi bilan faol induvidial munosabatga kirishmog`i lozim. Lekin qo`yilgan muammolarni hal qilishda ma’lum qiyinchiliklar hosil bo`ladi. Masalan, o`quv kursini yaratishda o`qituvchi o`quv fanini yaxshi bilishi hamda zamonaviy informatsion texnologiyalar sohasida ham maxsus bilimlarga ega bo`lishi zarur.

O`quv jarayonida talabalar bilan o`zaro munosabatda bo`lish ham o`qituvchiga maxsus pedagogik va texnologik malakalarni hamda zamonaviy texnikaviy vositalar bilan ishlash tajribasiga ega bo`lishini talab etadi.

Shu sababli zamonaviy informatsion texnalogiyalarga asoslangan ta’lim tizimida o`qituvchi faoliyatida mehnatni taqsimlash usulidan foydalanish zaruriyati tug`iladi.

Zamonaviy ta’lim tizimida o`quv jarayonini tashkil etishda faoliyat quyidagicha taqsimlanadi:

o`quv kurslarini ishlab chiquvchi;

o`qitish usullari bo`yicha maslahatchi;

o`quv kursi materiallarini o`rganishda o`quvchilar bilan shug`ullanuvchi mutaxasis;

ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari bo`yicha mutaxasis.

Bu vazifalarning ma’lum qismi bitta fan bo`yicha mutaxasis – o`qituvchi tomonidan bajarilishi yoki har bir qism alohida mutaxasislar tomonidan bajarilishi ham mumkin. Ba’zi murakkab hollarda har xil mutaxasisliklarga mos o`qituvchilardan tashqari komp’yuter grafikasi, tarmoq texnalogiyasi bo`yicha mutaxasislar jalb etilishi ham mumkin.

SHuningdеk, ilg’оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrni yarаtish vа o’zlаshtirish yuzаsidаn mаqsаdli innоvаtsiya lоyihаlаrini shаkllаntirishni аmаlgа оshirish uchun tаjribаlаr оrqаli ilmiy tаdqiqоtlаr nаtijаlаrini tа’lim – tаrbiya jаrаyonigа o’z vаqtidа jоriy etish mехаnizmini ro’yobgа chiqаrish, zаmоnаviy ахbоrоt tехnоlоgiyalаri, kоmp’yutеrlаshtirish vа kоmp’yutеrlаr tаrmоqlаri nеgizidа tа’lim jаrаyonini ахbоrоt bilаn tа’minlаshni rivоjlаntirishi bеlgilаb quyilgаn.

Bu muаmmоning еchimini tоpish, ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini tа’lim tizimidа qo’llаshdеk muhim mаsаlаni kеltirib chiqаrаdi. Bugungi kundа yangi ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini kеng ko’lаmdа jоriy etmаy turib, tа’lim tizimini tаkоmillаshtirib bo’lmаydi.

Hоzirgi zаmоn mutахаssisi qаysi sоhаdа ishlаmаsin, uning оldidа o’zining sоhаsigа tеgishli yangiliklаrdаn хаbаrdоr bo’lib turish vа o’z bilim sаviyasini dоimiy rаvishdа оshirib bоrish tаlаbi qo’yilаdi. Buning uchun u ilmiy, ilmiy mеtоdik jurnаllаrdа e’lоn qilingаn mаqоlаlаr bilаn tаnishib bоrmоg’i lоzim. Bu ishni ахbоrоt tехnоlоgiyalаri muhitidа оlib bоrish ishni аnchа еngillаshtirаdi vа tеzlаshtirаdi.

Men “Akademik litseylarda “Elektrostatika” bobini o’qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish” mavzusini tanlashimdan maqsad hozirgi davrda ta’lim sohasini tubdan isloh qilish va ta’lim samaradorigini oshirishda o’qitishning yangi axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga joriy etishga alohida e’tibor berilganligidir.

Xususan, tabiiy fanlar fizika fani sohasida kompyuterdan didaktik materiallardan foydalanib mavzular bayonini tasvirdagi animatsiya harakatlar, yani tabiatda o’z ko’zi bilan ko’rish imkoni bo’lmagan fizik jarayonlarni o’ziga xos tarzda namoyish etish juda katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi ta’lim, sog’liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi 2008 yil 18 fevraldagi 07-1-20 sonli majlis bayoni bilan 2008 – 2009 yillarda ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko’tarish dasturi asosida O’zbekiston Respublikasi XTV ning 07.03.08 yildagi 2008 yilda uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’im tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko’tarish bo’yicha tadbirlarni ijrosini ta’minlash to’g’risidagi 60-sonli buyrug’ini bajarish yuzasidan AL va KHK larda fizika fanini o’qitishda axborot texnologiyalaridan keng miqyosida foydalanish uslubiga katta e’tibor berganligi hozirgacha eng dolzarb masala hisoblanadi. Shu boisdan “Akademik litseylarda “Elektrostatika” bobini o’qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish” mavzusini o’qitishda axborot texnologiyalarini dars jarayoniga qo’llab darslarni tashkil qilish uslubini ishlab chiqish, ta’lim samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega deb hisoblayman.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimiga kiritilgan uch yillik o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida fizika o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha:

1. O‘quvchilarni kuzatish, o‘lchash va tajriba o‘tkazishning asosiy uslublari bilan tanishtirish bilan birga fizika amaliyotidagi fizikaviy namoyishlar va laborotoriya amaliy ishlarini o‘quv-chilarning qobiliyatlari va intellektual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o‘qitishni ta’minlash.

2. Fizikani o‘qitish jarayonida faqat tajribalarga asos-lanmasdan, balki fizikaviy nazariyani ham aniq bir mavzutik ko‘rinishda taqdim etib, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini xoh fizika sohasida, xoh fizika bilan chegaradosh bo‘lgan boshqa fanlar sohasida amaliy vazifalarni yechishda qo‘llashga o‘rganish.

Fizika fani yetarli darajada matematik saviyada va fanlar aro chegaralarni aniq ko‘rsatish imkonini beruvchi doirada yoritilishi lozim. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim :

-o‘quvchilarga fizikaviy qonunlar va tamoyillarni ularning matematik ifodalari bilan yetkazish;

-o‘quvchilarni fizikaviy hodisalar, fizik kattaliklarni aniq o‘lchamining asosiy usullari, tajribada olingan natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, muhim fizik asbob uskunalar bilan ishlash, malakalarini oshirish, bu ishlarda kompyuterdan foydalanish usullari bilan tanishtirish;

-o‘quvchilarda tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini hosil qilish. Ularni fizikaviy tajribalarini avtomatlashtirishining asosiy tamoyillari bilan tanishtirish, fizikaviy g‘oyalarni to‘g‘ri o‘rganish, fizik masalalarni miqdoriy to‘g‘ri yechish;

-o‘quvchilarga fizika rivojlanishining muhim bosqichlarida o‘zbek allomalarining qo‘shgan hissalari va tutgan o‘rinlari to‘g‘risida tushunchalar berilishi shart.

Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini oshirishi va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuning uchun ham akademik litsey bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar ham zamon talablariga mos saviyada bo‘ladi. Akademik litsey bitiruv-chilari fizika ta’lim sohasida quyidagi bilimlarga, tushunchalarga ega bo‘lmog‘i lozim :

-fizika va unga yaqin bo‘lgan fanlar bo‘yicha qo‘yilgan vazifani hal etishda fizika qonunlarini bilish bilan birga boshqa bilim sohalarini ham birgalikda qo‘llay olish;

-asosiy fizikaviy o‘lchov asbob-uskunalaridan foydalana bilish, sodda amaliy vazifalarni qo‘yish va ularni yechish, olingan natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, baholay bilish hamda umumiy xulosalar chiqarish;

-o‘qish davomida o‘quv va qo’shimcha adabiyotlaridan mustaqil foydalana bilish.




Download 61.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling