Mavzu: Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish
Fizika o’qitishda o’quvchilarning ijtimoiy bilimini takomillashtirish
Download 102 Kb.
|
Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish
2.2. Fizika o’qitishda o’quvchilarning ijtimoiy bilimini takomillashtirish.
Fizikadan o’tkaziladigan to’garaklar o’quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirishing eng qulay shakli bo’lib, unda fizikaga, uning amaliy tadbiqlariga qiziqish mayllarini ixtiyoriy ravishda jalb qilinadi. To’garaklarining muvaffaqiyati uni to’g’ri tashkil qilishda to’garakdan maqsad o’quvchilarni fizik tajriba o’tkazishda mustaqillik, tashabbuskorlik va faolligini oshirishdir. To’garak mashg’ulotlarini qiziqarli qilib tashkil etish maqsadida ba’zi hollarda o’quvchilar dars bilan kamroq band bo’lgan kunlarida, ularning o’tkazish usul va metodlarini juda tez o’zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. Maktabning ta’limiy muhitiga fizika xonasining jihozlanganligi, kompyuter sinflarining mavjudligi kiradi. Hududda ishlab chiqarish korxonasi, muzeylarning borligi va ularga ilmiy sayohatlar uyushtirish imkoniyatlari esa maktabdan tashqari ta’lim muhiti hisoblanadi. O’quvchilarning ta’limga bo’lgan ehtiyojini o’rganishning usullaridan biri - bu kuzatishdir. Kuzatish ishlari darsda va darsdan tashqari paytlarda ham o’tkazilishi kerak. Bunda qaysi mavzudagi kitoblarni ko’proq o’qishi, qanday to’garakka qatnashi, sayohatga chiqqanda, muzeyga borganida, ko’rgazmalarda bo’lganida o’zini tutishi ham hisobga olinadi. Maktabda o’quvchilarni fizika faniga qiziqtirishda tatbiqiy fizika hamda fanlararo bog’lanishlarning ahamiyati katta. Shu munosabat bilan maktabda, biofizika elementlarining kiritilishi eng avval o’quvchilarda fizika predmetini chuqur va keng o’rganishlarida zamin yaratadi, fanlararo aloqadorlikni jonlanatiradi, o’quvchilarda kasbga bo’lgan qiziqishlarini oshirib, uni ongli ravishda tanlash imkoniyatlarini yaratadi, politexnik ta’limni yanada kuchaytiradi. Fizika o’qituvchisi fizikaga oid materiallarni boshqa predmetlar bilan bog’lagan holda o’tishlari uchun ular eng avval, o’rta maktabda o’tiladigan predmetlarning programmalari bilan yaxshi tanishishlari hamda taklif etilayotgan materiallar mazmuni, maqsadi va vazifalarini yaxshi bilishlari zarur. Shuningdek, fizika o’qituvchisi o’quvchilarning fizika predmeti materiallaridan olgan bilim va ko’nikmalarini qaysi biri qachon va qaysi temani o’tishda boshqa predmet-o’qituvchisiga yordam berishini, xuddi shuningdek, fizik materiallar amaliyotda qayerda, qancha miqdorda qo’llanishini ham bilishlari kerak. Aks holda fizika o’qituvchisi boshqa predmet o’qituvchilariga yaqindan yordam bera olmaydi va o’z predmetini ham boshqa fan materiallariga, ayniqsa, amaliyot bilan bog’lagan holda tushuntira olmaydilar. Biofizika elementlarini fizika kursida hamda boshqa predmet materiallari bilan bog’lab o’qitish va tarbiya jarayonida, samaradorligini oshirishda, o’quvchilarning har tomonlama to’liq va mustahkam bilim olishlariga katta imkoniyat yaratib beradi. Keyingi yillarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari (shamol, quyosh, geothermal, biomassa) haqida ommaviy axborot vositalari, ilmiy-amaliy konferensiyalarda ko’plab yangi ma’lumotlar e’lon qilinmoqda. Shu bois, bu ma’lumotlarni ta’lim jarayoniga , xususan, fizika darslariga tatbiq qilish, energiya, energetikaning eng so’nggi zamonaviy fizik va texnologik asoslarini o’quvchilarga yetkazish, ularda bu soha bo’yicha yetarlicha bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Ilm-fanga, ustoz-murabbiylarga e’tibor qaratilayotgan shunday zamonda biz o’qituvchilardan yangi zamonga yangicha qarash, yondoshish va texnologiyalar bilan o’quvchilar ongiga, qalbiga kirib borish talab qilinar ekan, shu oliy maqsad ila qadam tashlashimiz lozimdir. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion pedagogik va axborot texnologiyalar)dan foydalanib, ta‘limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonoviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talaba (o‘quvchi)lar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, taxlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga qaratilgan.O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchanlik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi.Bu o‘quv jarayonida talaba (yoki o‘quvchi) asosiy figuraga aylanadi. Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? degan savolga javob qidirar ekanmiz. Bu esa, olim va amaliyotchilar tamonidan ishlab chiqilgan, o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish, ya‘ni o‘qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga har bir o‘qituvchi urinib ko‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi. Bunday fikrning tug‘ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi. Bugungi kunda ta‘lim muassalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida etibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagilardir: - Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta‘limni amalga oshirish inkoniyati kengligida.‖Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayorlash milliy dasturi‖da rivojlantirichi ta‘limni amalgam oshirish masalasiga alohida e‘tibor qaratilgan. - Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. -Uchinchidan, pedagogik texnologya o‘qituvchini ta‘lim-tarbiya jarayoniningmaqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tizish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyixalashtirib olishga undaydi. -To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi ―Kadrlar tayorlash milliy dasturi‖ talablarini amalgam oshirishni ta‘minlaydi. O‘quv- tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishga olib keladi.Bu esa talaba(yoki o‘quvchi)dan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talaba(o‘quvchi)ni kim o‘qitayotganini va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganligiga bog‘liq. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muamolariga o‘z munosabatlarni bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirda davrda sodir bo‘layotgan innovasion jarayonlarda ta‘lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarni o‘zlari tamonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham, ta‘lim muassasalarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonoviy o‘qitish uslublari –interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.Pedagogik texnologiya va ularning ta‘limda qo‘llanilishiga oid bilimlar, tajriba talaba(o‘quvchi)larni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishini ta‘minlaydi. Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba ( yoki o‘quvchi) faoliyatiga yangilik, o‘zgarish kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Interfaol ( ―inter‖- bu o‘zaro, ―act‖ – harakat qilmoq ) – o‘zaro harakat qilmoq, yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bolib, unda ta‘lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan vao‘ylayotga narsalarni tushinish va fikrlarsh imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qismantalaba (yoki o‘quvchi ) larning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi. Bu uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talaba (o‘quvchi)larning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalgam oshiriladi. Bunday pedagogik jarayoni o‘ziga xos xususiyatga ega ularga: -talaba ( yoki o‘quvchi)ning dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi; -talaba ( yoki o‘quvchi)larning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta‘minlashi; -talaba ( yoki o‘quvchi)larning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirilishi; -pedagog va -talaba ( yoki o‘quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi. Pedagogik texnologiya masalalarni va muamolarini o‘rganayotgan ba‘zi o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya – faqat axborot texnologiyalari bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayoniga qo‘llanilishi zarur bo‘lgan o‘qitishning texnik vositalari kompyuter, proektor yoki boshqa texnik vositalar. Bizning fikrimizcha pedagogiktexnologiyaning eng asosiy negizi – o‘qituvchi va -talaba ( yoki o‘quvchi)ning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bogliq. O‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatgah natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta‘lim texnologiyasi o‘qituvchi va -talaba ( yoki o‘quvchi) o‘rtasida hamkorlikda faoliyatini tashkil qila olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida talaba ( yoki o‘quvchi)ning mustaqil fikrlab, ijobiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruxga, gurux esa ularga baho bera olsa, bizning fikrimizcha, ana shu- o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi.Har bir dars, mavzu, o‘quv predmatining o‘ziga xos bo‘lgan texnologiyasi bor. O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketmaketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u talaba ( yoki o‘quvchi)ning ehtiyozidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o‘qituvchi va talaba ( yoki o‘quvchi)ning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo‘ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya‘ni texnologiyaga bog‘liq. O‘qituvchi va talaba ( yoki o‘quvchi)ning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga qaratilgan bo‘lib, bunda talaba ( yoki o‘quvchi)larning bilim saviyasi, gurux xarakteri, sharoitiga qarab ishlatadigan texnologiya tanlanadi.Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi , tirli adabiyotlar ) kerak bo‘lar.Bularning hammasi o‘qituvchi va talaba ( yoki o‘quvchi) larga bog‘liq. Ta‘lim- tarbiya jarayonilarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda o‘mish ollamolarimizning g‘oya va qarashlaridan foydalanish talaba (o‘quvchi)larni o‘qitish va tarbiyalashni yanada samarali bo‘lishini ta‘minlaydi. O‘qituvchi o‘qitayotgan fanining har bir mavzusi, har bir mavzusi, har bir dars mashg‘uloti bo‘yicha tuzgan texnologik xaritasi, unga fanni yaxlit holda tasavvur etib yondashishga, tushunishiga, yaxlit o‘quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erishaladigan natijasini ko‘ra olishiga yordam beradi.Ayniqsa, texnologik xaritaning talaba (o‘quvchi)larning inkoniyati va extiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta‘limning markaziga olib chiqishga va bu bilan o‘qitishning samaradorligini oshirishga inkoniyat beradi. Ta‘limning innovasionligini tavsiflovchi boshqa muhim omil innovasion dinamikadir. Bu, jarayonning bosqichlarini, boshlang‘ich ilmiy bilimlarni natijalovchi mahsulotga aylantirish metod va usullarini ifodalaydi. Ta‘limning innovasionligi nafaqat uning didaktik tuzilishiga, balki ijtimoiy muhim natijalarga – o‘qituvchining psixologik siymosiga ham tegishlidir. O‘qituvchining innovasion faoliyati borlikni o‘zgartirishga, muammoli vaziyatlarni aniqlash va ularni hal etish usullariga qaratilgan. O‘qituvchi bilan talabaning yangicha munosabatlarida majburlash va buyruqlariga bo‘ysundirish bo‘lmasligi, balki teng hamkorlik va birgalikda ishlash tuyg‘u-xislari bo‘lishi lozim O‘qituvchining innovasion faoliyati quyidagi asosiy vazifalari bilan tavsiflanadi: kasbiy faoliyatni iroda bilan tizimli tahlil etish; normativlar va qoidalarga tanqidiy munosabatda bo‘lish; kasbiy yangiliklarga ochiqligi; atrof borliqqa ijodiy qayta qurish munosabatida bo‘lish; o‘zini ifodalashga, o‘zining niyat va g‘oyalarini kasbiy faoliyatida mujassamlantirishga intilish. O‘qituvchining innovasion faoliyatiga yangilikni tahlil qilish va baholash, kelgusidagi harakatlarining maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, bu rejani amalga oshirish va uni to‘g‘rilash, samarasini baholash kiradi. O‘qituvchi innovasion faoliyatining samaradorligi quyidagi shartlarga bog‘liq: - o‘qituvchining talabalar bilan konstruktiv muloqatga tayyorligi; - talabalarning qarshi fikrlariga beg‘araz munosabatda bo‘lish; - kasbiy refleksiyaga qobiliyati; - innovasionfaoliyatgazaruriyatnisezish, idroketish; -shaxsiymaqsadlarninginnovasionfaoliyatbilanmuvofiqlashtirilganligi (uyg‘unlashtirilganligi); - ijodiymuvaffaqiyatsizliklarniyengishgatayyorligi. O‘qitishning innovasion texnologiyalariga shartli «Fikrlarni ulashish vaqti» va «Fikrlarni yig‘ish vaqti», deb ataluvchi texnologiya kiradi. Bu umumlashtirilgan texnologiya bo‘lib, unga muammoli o‘qitish texnologiyalari, o‘qitishning kreativ texnologiyalari, loyihalar metodlarini qo‘llanib o‘qitish texnologiyalarining elementlari kiradi. «Fikrlarni ulashish vaqti» bosqichida avval yechish zarur bo‘lgan muammoli vaziyat, masala yoki savol qo‘yiladi. Bu tanqidiy fikrlash asoslariga muvofiq chaqiriq bo‘ladi. Bu bosqichda: - muammoli vaziyat, masala yoki savolning dolzarbligi belgilanadi; - o‘rganishga qiziqish uyg‘otiladi (kasbiy asoslash); buning natijasida o‘qish maqsadi talabaning shaxsiy maqsadi bo‘lib qolishi lozim; - faol fikrlash faoliyati rivojlantiriladi. Keyin talabalar o‘qituvchidan va boshqa manbalardan muammo, masala yoki savolni yechish uchun zarur bo‘lgan o‘quv axborotini oladi. Bu – axborotni idrok etish bosqichi bo‘ladi. Keys usuli asosidagi o'quv mashg'ulotlarida o'quvchilar faoliyatini turli shakllarda tashkil qilish imkoniyati mavjud. Masalan, taklif etilayotgan vaziyat sahnalashtirilishi hamda "Aqliy hujum", bahs-munozara, ilmiy bahslashuv metodlari orqali muhokama qilinishi mumkin. Keyslarning bir nechta turi mavjud. 1. Amaliy keyslar. Bunda vaziyat yoki hodisa real aks etadi. Uning asosini tarixiy manba, real xujjat, statistik ma‘lumotlar tashkil qiladi. Bu turdagi keyslarning maqsadi tarixdagi real hodisani, ekologik yoki texnologik muammoni hal etish yo'llarini modellashtirish, olingan bilimdan hayotda foydalanish ko'nikmasini shakllantirishdan iborat. 2. Ta‘limiy keyslarning vazifasi ta‘lim berish bolib, asosini o'quv vaziyatlar tashkil etadi. Bu keyslarni bajarish jarayonida shakllangan ko'nikmalar malakaga aylanadi. 3. Ilmiy keyslar o'quvchini tadqiqotga yo'naltirish maqsadida ishlab chiqiladi. Keys texnologiyasini tashkil etishda o'qituvchining faoliyati ikki bosqichdan iborat boladi: Birinchi bosqich — keysni va uning tahlili uchun savollarni ishlab chiqish uchun o'qituvchining ijodiy ishi. Bu bosqich o'quv mashgulotidan oldin amalga oshiriladi va pedagogning ilmiy-tadqiqot, metodi va konstruktiv faoliyatini qamrab oladi. Ikkinchi bosqich—o'qituvchining auditoriyadagi faoliyati. Bunga o'qituvchining kirish so'zi, xulosasi, kichik guruhlarda ishni tashkil etishi, bahs munozarani boshqarishi, vaziyat tahlili bo'yicha o'quvchilar faoliyatini baholashi kiradi. O'tiladigan mavzudagi muhim so'zlar bilan nomlansa, juda ham maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'qituvchi o'quvchilarga quyidagi masalani berib, har bir guruxning xulosasini eshitadi. Yechilishi: a) samolyotning keyingi (ikkinchi) vaziyatdagi potensial energiyasini nolga teng deb hisoblasak, birinchi vaziyatdagi (h balandlikdagi) potensial energiyasi m*g*h boladi. Shuning uchun, samolyotning birinchi va ikkinchi vaziyatlardagi mexanik energiyalarini quyidagicha ifodalash mumkin: mhg b) samolyotning birinchi vaziyatdan ikkinchi vaziyatiga otishda unga ogirlik kuchidan tashqari havoning qarshilik kuchi ham ta‘sir qiladi. Bu kuchning bajargan ishi to'la mexanik energiyaning o'zgarishiga teng, ya‘ni: gh v v mhg m mv mv A formulalarga qoyib hisoblashlarni olib boramiz. A кг м с м с м с м Ж 3 2 2 2 6 2 1 0 ( (3 0 / ) / 2 (5 0 / ) / 2 9,8 / 400 ) 8,6 1 0 Javob: Qarshilik kuchi – 8,6 Mjish bajaradi. Bundagi minus(-) xarakatga qarshilik ko'rsatadigan kuchlarning ishi manfiy ekanligini ko'rsatadi. Bundan ko'rinadiki, bu usul guruxni g'oyalar beradigan o'quvchilar va ularni ishlab chiqadigan o'quvchilarga bo'lish kabi qoidalarni ozida mujassam etadi. Shu bilan bir qatorda guruxlarni ozaro faol xarakat qilishga undaydi. O'qituvchi dars ijodkori, demak, u o'z yolini izlashi kerak. O'qituvchi guruxdagi o'quvchilarga nimani nimaga qiyoslashni o'rgatishi zarur. Har qanday hodisani shunday o'rgatish kerakki, o'quvchilar chin ko'ngildan, ya‘ni mustaqil xulosalarga, qiyoslarga o'rgansin. Har kim har kimga o'rgatadi. Darsni shunday tashkil etilsinki, o'qituvchi o'qitsin, o'quvchilar ham bir-birini o'qitsin. Zamonaviy o'qituvchi o'quvchilardan ham saboq oladi, ularni o'z hamkasblari deb biladi. Maktabda o'quvchilar o'qituvchining hamkasblari, safdoshlaridir. Bilimga qiziqish axborotning mazmunigagina bogliq bolib qolmay, o'quvchilarning darsjarayonida faol qatnashishlarigaham bogliqdir. O'quvchilarning o'zlari haqiqatni izlash jarayoniga qanchalik faol aralashsalar, ta‘limning samaradorligi shunchalik oshadi. Mustaqil o'rganishsiz o'qitish yoq. Shuning uchun deyarli harbir darsda o'qitish va mustaqil o'rganish uyg'unligiga erishish zarurdir. Download 102 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling