Mavzu: Flavonoidlar tasnifi. Flavonoidlar xossalari
Rutin olish texnologiyasi
Download 302.5 Kb.
|
1. Flavonoidlar tasnifi. Flavonoidlar xossalari Flavonoidlar miq
Rutin olish texnologiyasi.
Hozirgi vaqtda tibbiyotda dori sifatida rutin, kvarsetin preparati keng qo‘llaniladi. Rutinni 1842 yilda birinchi marta nemis olimi Vays Ruta graveolens o‘simligidan olgan bo‘lib, preparat shu o‘simlik nomi bilan yuritilib kelmoqda. Hozirgi vaqtda rutinni o‘simlikning er ustki qismidan va yapon saforasining (saphora japonica) \unchasidan olinadi. Texnologiyasi. Hozirgi vaqtda rutin yapon saforasining g‘unchasini suvda qaynatib, so‘ngra spirtda qayta kristallab olinadi. Buning uchun yapon saforasining g‘unchalarini qaynoq suvda ekstraksiya qilinadi. 3 marta 1:8 nisbatda, 1-2 atmosfera bosimda, 130OS temperaturada, so‘ngra qaynoq holda 2 qavat buz orq. g‘unchadan ekstraktni filtrlab ajratib olinadi. qaynoq holda filtrlanganda rutin suvda erigan holda bo‘ladi. qaynoq ekstraktni 180S gacha sovitiladi, bunda rutin cho‘kmaga tushadi. Rutin bilan birgalikda boshqa suvga erib chiqishi mumkin bo‘lgan biologik fasl moddalar ham cho‘kmaga tushadi. CHo‘kmadagi rutinni buz orqali filtrlanadi. Filtrlab, yaxshilab oqava suvlarni rangi toza bo‘lguncha suv bilan yuviladi. YUvish jarayonida boshqa ekstrakt moddalar suvda erib o‘tadi va rutin tozalanadi. Toza yuvilgan nam rutin 80-85OS dan oshib ketsa, rutin parchalanib ketib, texnologik rutin olinadi. Texnologik rutinni olib, 1:30 nisbatda, konsentratsiyasi 85 dan past bo‘lmagan etil spirtda 45 min davomida qaynatilib eritiladi. So‘ngra rutinni spirtli eritmasi sovutiladi. Sovutilganda rutin bilan spirtga erib chiqqan boshqa ekstraktiv moddalar cho‘kmaga tushadi. Sovuq spirtli eritmani filtr pressda texnik yod moddalardan tazalanadi (YOd moddalar texnik rutinni olish jarayonida filtrlash protsessini yomonligidan oralig‘ida o‘tib qolgan bo‘lishi mumkin). Spirtli eritmani xaydash apparatiga o‘tkazib eritmadan spirt-suvli rutin qolguncha haydaladi. Haydalgan spirtning konsentratsiyasi tekshirilib, qayta ishlatilib, yana texnik rutinni suvdan ajratish uchun sentrifugalanadi. Ajratilgan nam rutinga konsentratsiyasi 90 dan past bulmagan etil spirti qo‘shiladi. Bunda rutin unga qo‘shilib chiqqan boshqa flavonoidlar tozalanadi (kvarsetin, kinfirol va boshqalar) hosil bo‘lgan spirtli aralashmani 1 soatgacha qo‘yib so‘ngra sentrifugalanadi. Bunda spirtli eritma bo‘lgan rutin alohida ajratiladi. Spirtli eritmani haydash uchun apparatga yuboriladi. Rutin esa quritgichda 80-85OS da quritiladi. Tamom bo‘lgandan keyin, xom-ashyodan rutinni tarkibini spektrometrik analiz qilinadi. Rutinning kim’yoviy tuzilishi. 1927 yilda rutin A.Perkin tomonidan aniqlangan. Rutinning vitamin R tasirga ega ekanligi 1942 yilda aniqlangan. 1962 yilda rus olimi N.A.Preobrajenskiy o‘z ishchilari bilan birgalikda rutinni sintez yuli bilan olish usulini ishlab chiqishdi. Rutin kim’yoviy tuzilishi jihatdan flavanolglikozidlar qatoriga kirib, uning tarkibi kvarsetin-aglikoni va D-glyukoza bilan va l-ramnozadan tashkil topgan disaxaridrutinozadan iborat. Rutin sof holda sarg‘ish - yashil, mayda kristall kukun bo‘lib, spirtda qiyin eriydi, suyultirilgan ishqorlarda eriydi, suv efir, xloroform va benzolda erimaydi. U 183-1940 S haroratda suyuqlanadi. Rutinning chinligini aniqlashda qizil rangli sianin xlorid hosil qilish reaksiyasidan foydalaniladi. Bunda preparatning spirtdagi eritmasiga konsentrlangan xlorid kislota ishtirokida rux yoki magniy qirindisi ta’sir etirilsa, qizil rang paydo bo‘ladi. Bu rutinning chinligini aniqlashda asosiy reaksiya sifatida Davlat farmakopeyasiga kiritilgan bo‘lib, uni sianin reaksiyasi nomi bilan yuritiladi. Reaksiyadan ko‘rinib turibdiki, sianin- moddasining hosil bo‘lishi flavonoidlardagi karbonil guruhi va 2,3 holatdagi qo‘shbo\li uglerodlarning vodorod ta’sirida gidrirlanishi va so‘ngra esa degidridlanishi hisobigadir. Keyinchalik aralashmaga neytral muhitgacha natriy gidroksid eritmasi qo‘shilganda ranglanish kuchayib boradi. Bu sianin moddasining avval psevdoizomer, sungra esa oksixinon shakliga o‘tib ketishi natijasidadir, deb tushunish mumkin. Rutinning chinligini aniqlashdagi sianin xosil qilish reaksiyasi barcha flavonoidlarga xosdir. Ammo ularning kimyoviy tuzilishiga qarab rang ham har xil (oltinsimon sariq rangdan, to‘q qizil rangacha) bo‘ladi. Rutinning 1 mol¦l natriy gidroksiddagi eritmasi to‘q sariq rangga bo‘yaladi. Rang eritmaning turishi natijasida yana ham to‘qlashadi. Bu rutindagi geteratsiklik xalqaning "ochilib" xalqon - moddasiga o‘tishi natijasidadir. Ishqor ta’sirida eritmada rangning to‘qlashib ketishi bu barcha polifenol xildagi flavonoidlarga hosdir. Rutinni xlorid kislota bilan qizdiridganda, u gidrolizlanib kversetin, glyukoza va ramnozalarga parchalanadi: Hosil bo‘lgan glyukoza va ramnozani aldegidlarga xos reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. Masalan, ularni kumush ko‘zgu hosil qilish yoki feling suyuqligidan qizil rangli cho‘kma holida mis-1-oksid ajratib chiqarishi reaksiyasidan foydalaniladi. Rutinning spirtdagi eritmasiga qo‘rg‘oshin atsetat qo‘shilsa, sariq ninasimon cho‘kma shaklida kompleks tuz hosil bo‘ladi. YUqorida keltirilgan reaksiyalardan tashqari, flavonoidlarni, jumladan rutinning chinligini aniqlashda yana bir qator boshqa reaksiyalar adabiyotda uchraydi. Rutinning miqdori Davlat farmakopeyasi buyicha spektrofotometrik usul yordamida aniqlanadi. Uni spirtdagi 0,00125% eritmasining optik zichligi 375 va 362,5 nm to‘lqin uzunligida o‘lchab aniqlanadi. Rutinning miqdorini tortma usulda xam aniqlash mumkin. Buning uchun preparatning ma’lum miqdorini xlorid kislota ishtirokida qaynatib gidrolizlanadi. Bunda cho‘kma hamda ajralib chiqqan kversetinni yig‘ib olib yuviladi va quritib tortiladi. SHuningdek, rutinning miqdorini ishqor ta’sirida uning sariq rangi to‘qlashib ketishidan foydalanib, fotokolorimetrik usul bo‘yicha aniqlanadi. Download 302.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling