Mavzu: Flavonoidlar tasnifi. Flavonoidlar xossalari
Rutinni tibbiyotda ishlatilishi
Download 302.5 Kb.
|
1. Flavonoidlar tasnifi. Flavonoidlar xossalari Flavonoidlar miq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kversetin olish texnologiyasi
Rutinni tibbiyotda ishlatilishi
Rutin va undan tayyorlangan preparatlarni qon tomir devorlari o‘tkazuvchanligining buzilishdan kelib chiqqan kasalliklar, gemorragik diatez, ko‘z pardasiga qon quyilishi, gipertoniya, qizamiq, bod, terlama, nur va boshqa kasalliklarni davolashda hamda ularning oldini olishda (0,05-0,1-0,15g dan ichiriladi) qo‘llaniladi. Rutin ko‘pincha askorbin kislota bilan birgalikda ishlatiladi. Rutin og‘zi mahkam yopiladigan shisha idishlarda, qorong‘i joyda saqlanadi. Hozirgi vaqtda rutin asosini, ya’ni uning aglikon qismini tashkil qiluvchi kversetin suyuq holda tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Kversetin Quereus tinstoria o‘simligining po‘stlog‘idan suv yordamida ekstraksiya qilib olinadi. Ekstraktda kversetin ramnozi bilan glakozidsimon birikkan kversitron (ramnozidokversetin) moddasi qolida bo‘ladi. Keyinchalik uni mineral kislotalar, jumlasidan xlorid kislota bilan qaynatish yordamida parchalab, sof kvarsetin olinadi. Kversetin olish texnologiyasi Kversetin rutin ajratib olishda chiqqan chiqindilardan olinadi, yapon saforasi gullaridan. Hamma cho‘kma va eritmalar (eritmalar, bug‘lar, kristalizatorlar) kversetin olish uchun yi\iladi. Keyin cho‘kmani 2%li kislotada qizdirib eritiladi (qaynatiladi). Glikozid bug‘i orqali gidraliz ketishi uchun pastki massani 10% gacha sovutamiz va kversetin cho‘kmaga tushadi. Oxirgi etilatsetat bilan ekstraksiyalanadi. Kversetin-etilatsetatda eruvchan, shuning uchun eritmaga o‘tadi. Etilatsetatli eritma filtrlanib, bug‘latiladi va quritiladi. Kversetin ajralib chiqish unumi 40%. Kversetin hidsiz va mazasiz, sariq kristall kukun, suvda erimaydi, ishqorlarda va qaynok spirtda eriydi. 313-3160S xaroratda suyuqlanadi. Kversetinning xam chinligini aniqlashda rutinga o‘xshash qizil rangli sianin moddasini hosil qilish reaksiyasi va undagi fenal gidroksiliga xos temir - (III) -xlorid bilan xlorid va sirka kislotalar ta’sirida o‘chib ketmaydigan yashil rangli temir fenolyat tuzi hosil qilish reaksiyalaridan foydalaniladi. Davlat farmakopeyasida keltirilgan bu reaksiyalardan tashqari, uni yana boshqa reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. Masalan, preparatga o‘zida formaldagid saqlagan konsentrlangan sulfat kislota ta’sir etirilsa, yashil rangli bo‘lib tovlanadigan qizil, to‘q sariq rangli modda hosil bo‘ladi. Kversetin alyuminiy, vanadiy va ba’zi boshљa elementlar bilan ultrabinafsha nur oqimiga turli ranglanib tovlanuvchi - kompleks tuzlar hosil qiladi. Kversetinning miqdori kompleksonometrik usul bo‘yicha aniqlanadi. Buning uchun ma’lum miqdordagi preparatning etanoldagi eritmasiga aniq hajmda 1,5% qo‘r\oshin atsetat va 8% uch etanolamindan tashkil topgan aralashmaning suv etanoldagi eritmasidan - qo‘shiladi. Natijada hosil bo‘lgan qizil cho‘kmani ajratib olib, 30% li atsetat kislotasida eritiladi. Eritmani suv bilan suyuqlashtirilgandan so‘ng, uni 5% li natriy gidrokarbonat bilan neytrallanadi. Keyinchalik atsetat bufer va ksilenoranj indikatori ishtirokida eritmada qo‘rg‘oshin ionini suyuqlik qizil-binafsha rangdan sariq rangga o‘tgungacha trilon B ning 0,01 mol\l eritmasi bilan titrlanadi. Kversetinning tibbiyotda ishlatilishi. Kversetinning ham tibbiyotda qo‘llanilishi rutinnikiga o‘xshash bo‘lib, uni odatda 0,02 g dan kuniga 3-5 marta ichiriladi. Uni kukun va tabletka holida 0,02 g dan chiqariladi. Kversetin og‘zi maxkam yopiladigan idishlarda, quruq va qorong‘u joylarda saqlanadi. Download 302.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling