- FLOTATSION MASHINALAR
- Flotatsiya jarayoni flotatsion mashinalar deb ataluvchi boyi- tish apparatlarida amalga oshiriladi.
- Flotatsion mashinalarning konstruksion tuzilishi va ishlatilish sohalaridan qat'i nazar, ularning umumiy belgisi ishchi muhit sifatida mayda havo pufakchalari bilan to'yingan boʻtananing ishlatilishidir.
- Boʻtanani aralashtirish va aeratsiyalash usuliga qarab flotatsion mashinalar 3 turga boʻlinadi:
- 1) mexanik;
- 2) pnevmatik;
- 3) pnevmomexanik.
- .
Mexanik flotatsion mashinalarda bo'tanani aralashtirish, havoni mayda pufakchalarga ajratish va atmosferadan havoni so'rish impeller (maxsus konstruksiyaga ega aralashtirgich) 1 yordamida amalga oshiriladi. - Mexanik flotatsion mashinalarda bo'tanani aralashtirish, havoni mayda pufakchalarga ajratish va atmosferadan havoni so'rish impeller (maxsus konstruksiyaga ega aralashtirgich) 1 yordamida amalga oshiriladi.
- Pnevmatik flotatsion mashinalarda boʻtanani havoga to'yinti- rish va uni aralashtirish havo puflovchi moslama orqali beriladi- gan siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi.
- Pnevmomexanik (kombinatsiyalangan) flotatsion mashinalar- da siqilgan havo havo puflagichlardan beriladi, havoni mayda- lash va boʻtanani aralashtirish aylanuvchi impeller orqali amalga oshiriladi.
- Mexanik flotatsion mashinalar boyitish fabrikalarida eng ko'p tarqalgan hisoblanadi
Mashina to'siq orqali bir nechta to'g'ri burchakli kameralarga bo'lingan vannadan iborat. U har biri ikkita so'ruvchi va oqib o'tuvchi kameralardan iborat seksiyalardan yig'iladi. - Mashina to'siq orqali bir nechta to'g'ri burchakli kameralarga bo'lingan vannadan iborat. U har biri ikkita so'ruvchi va oqib o'tuvchi kameralardan iborat seksiyalardan yig'iladi.
- Har qaysi kamerada markaziy truba bo'lib, uning ichida im- pellerli val aylanadi. Impeller vertikal valga qattiq mahkamlangan radial parrakli rotordan iborat. Val ponasimon-qayishli uzatma orqali elektr dvigateldan harakatga keltiriladi. Markaziy truba- ning quyi qismi kengaytirilgan va gorizontal holdagi (boʻtanani sirkulatsiya qiluvchi va yo'naltiruvchi parrakli) impeller usti diski oʻrnatilgan stakanga o'tadi. Parraklar disk radiusiga nisbatan 60° li burchak ostida joylashgan.
- Parrakli disk mashinaning statori deyiladi. Stator impeller to'xtaganda, uni loyqa bilan to'lib qolishdan asraydi. Stakan uchta teshikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |