Mavzu: Foydali qazilmalarni maydalash jarayoni va usullari


Download 26.59 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi26.59 Kb.
#1161366
Bog'liq
qayta o\'zlashtirish.56


MAVZU:Foydali qazilmalarni maydalash jarayoni va usullari





Хom-ashyo yoki material fizik-kimyoviy xususiyatlari



Maydalash usullari

1.

Qattiq va sinuvchan

Ezish va zarb


2.

Qattiq va yopishkok

Ezish va yanchish


3.

Sinuvchan,o’rtacha qattiq

Zarb,kizdirish va ishqalash


4.

Yopishkok,o’rtacha qattiq

Ishqalash yoki ishqalash va zarb,yanchish


Maydalash asosan ikki xil – ochiq yoki yopiq sikllarda amalga oshiriladi.


Agarda maydalash jarayoni birinchi siklda amalga oshirilsa,xom-ashyo maydalagichdan faqat bir marta o’tadi. Ikkinchi, ya’ni yopiqsiklda olib borilsa xom-ashyo maydalagichdan bir necha marotaba o’tadi, ya’ni xom ashyoning maydalanmay qolgan qismi qaytadan maydalanadi.
Yopik siklda xomashyo maydalanganda agregatning samaradorligi ortadi va ko’prok bir xil o’lchamdagi xom-ashyo olinadi.
Ayrim hollarda, metarial xususiyatlariga qarab, ultratovush, gidravlik zarba to’lqini, yuqori va past haroratlarni keskin almashtirish, elektrogidravlik zarba, bosimni keskin o’zgartirish, yuqori haroratda qizdirish usullarini ham qo’llagan holda maydalash jarayonlarini amalga oshirish mumkin.
Maydalashda qo’llaniladigan asbob–uskunalar urib yoki ezib maydalovchilar vakesib yoki qirqib maydalovchilargabo’linadi. Urib yoki ezib maydalovchi asboblar ko’prok xom ashyolarni mayda va o’ta mayda darajalargacha maydalaydi, kesib yoki qirqib maydalovchilar yirik, o’rta va mayda darajalargacha maydalash uchun qo’llaniladi. Shuni ham alohida aytib utish lozimki, bu tasnif shartlidir.

Maydalashda ishlatiladigan asbob-uskunalar yoki qurilmalar. Maydalashda ishlatiladigan asbob-uskunalar yoki qurilmalar 2 xil bo’ladi: maydalgichlar va tegirmonlar. Maydalagichlar yirik va o’rta maydalash uchun, tegirmonlar esa o’rta, mayda, o’ta mayda va kolloid maydalash uchun.
Kesish mashinalari plastinali, diskli, rotorli, oqimli va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Barcha maydalash va kesish qurilmalariga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • maydalangan bo’laklarning bil xilda bo’lishi;


  • maydalangan xom ashyoni qurilmaning ishchi qismidan oson chiqarish mumkinligi;


  • changni minimal darajada hosil bo’lishi;


  • uzluksiz ishlashi va avtomatik tarzda to’kilishi;


  • maydalik darajasini boshqarish mumkinligi;


  • tez yemiriladigan ishchi qismlarini almashtirishning osonligi;


  • energiya sarfining imkon darajasida kichik bo’lishi.


Farmatsevtika sanoatida xom ashyo yoki materiallarni maydalashda ishlatiladigan qurilmalarni quyidagilarga bo’lish mumkin:




        1. Тaxminan maydalovchi qurilmalar.


        2. Oxirigacha maydalovchi qurilmalar


Ko’pgina davlatlarda maydalovchi qurilmalar maydalash darajasiga qarabguruhlarga bo’linadi. Bunday hollarda farmatsevtika sanoatida qo’llaniluvchi qurilmalarni shartli ravishda quyidagilarga bo’lish mumkin:


1. Kesuvchi va arralovchi maydalagichlar (ildiz qirqgichlar, ildizkesuvchilar, disk-arrali qurilmalar).
2.Kizdiruvchi va sindiruvchi ta’sirli maydalagichlar (shnekli).
3.Ezib maydalaydigan maydalagichlar (jo’vali).
4.Ishqalovchi tegirmonlar (diskli vaeksselsior).
5. Zarb bilan ishlaydigan tegirmonlar (bolg’ali,dezintegratorlar vadismembratorlar).
6.Zarbli vaishkalagichlitegirmonlar (sharli va tebranma).
7.Kolloidli tegirmonlar (tebranma).


Download 26.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling