Mavzu: Fransiya musiqa ta’lim tizimi


Download 34.5 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1341472
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Fransiya musiqa ta’lim tizimi
Fransiya milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-asrlarda trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa sanʼati rivojlangan. 14-asrdagi ilk Uygʻonish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. Oʻsha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi sanʼat) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bogʻliq. 1672—87-yillar „Grand opera“ teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-asrdan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-asrning eng yirik kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-asr oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini („Dezertir“, 1769), A.E. M. Gretri („Lyusil“, 1769) kiradi. Komik operalar „Opera komik“ teatri (1715-yil SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801-yildan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792-yil J. Ruje de Lil tomonidan „Marselyeza“ yoziddi va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793-yil Parijda Milliy musika instituti (1795-yildan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-asr boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-asr 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga aylandi („Karmen“, 1874). 19-asr 80-yillarida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-asr 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-asr oxiri — 20-asr boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. Fransiyada shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi. 20-asr musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). Birinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa sanʼatida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi („Oltilik“ kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va boshqalar). Ikkinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-yillardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va boshqalar). 20-asr fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long, R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va boshqa Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg, Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya, „Sxola kantorum“ (1894-yil asos solingan), „Ekol normal de myuzik“ (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, Fransiya Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika jurnallari chop etiladi.
Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling