Mavzu: Freydizmning psixologiyaga qo'shgan hissasi


Download 131.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana24.06.2023
Hajmi131.38 Kb.
#1653439
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Freydizmning psixologiyaga qo\'shgan hissasi



Mavzu: Freydizmning psixologiyaga qo'shgan hissasi. 
Reja: 
1. Freydizm. 
2. Intellektual psixologiya 
3. Geshtaltpsixologiya. 


Freydizm 
Bu o`z nomini avstriya psixiatri Zigmund Freyd (1856-1939) 
nomidan olgan bo`lib, psixologiyadagi oqimdir. 
Freyd ta‘limotiga ko`ra, shaxs psixologik hayotining asosi jinsiy 
lazzat olishga qaratilgan tug`ma, ongsiz mayl (institink)dir. Lekin tarixan 
tarkib topgan odat, axloqiy printsiplar tufayli, ijtimoiy “tsenzura”ning 
majudligi tufayli, bu mayl to`g`ridan-to`g`ri to`siladi. 
SHunday qilib instinktiv mayllar uyat, yo`l qo`yib bo`lmaydigan, 
sharmanda qiladigan narsalar sifatida shaxsning ongli hayotidan siqib 
chiqariladi va ongsizlik sohasida o`tkazib yuboriladi “yashirin” holatga kirib 
oldi ammo yo`qolib ketmadi. Bu instinktiv mayllar o`z kuch-quvvatini
o`zining faolligini saqlab qolgan insoniyat madaniyati va faoliyati 
mahsulotining har xil formalariga kirib (sublimatsiyalashib ), ongsizlik 
sohasidan turib sekin-astalik bilan shaxs xulq-atvorini boshqarishda davom 
etaveradi. Freyd va freydistlarning ta‘limotiga ko`ra, instinktiv mayllar 
ongsizlik sohasida o`zlarining kelib chiqishlariga qarab, har turli 
“kompleklarga” birlashadilar.

Freydizm — 
3. 
Freyd 
falsafiyantropologik 
va 
psixologik 
konsepsiyasining va shu asosda rivojlangan jami taʼlimotlar va maktablarning 
umumiy nomi. F. inson, jamiyat va madaniyatga taalluqli hodisalarni 
tushuntirish uchun Freydning psixologik taʼlimotini qoʻllashga harakat qiladi. 
F. insondagi 2 xil instinktga katta eʼtibor beradi: birinchisi — hayotni davom 
ettirishga karatilgan jinsiy instinktlar, ikkinchisi — hayotni barbod qilishga 
yoʻnaltirilgan vayronkor (destruktiv) instinktlar. Bu instinktlar guruhining har 
biri oʻz quvvat manbaiga ega. Birinchisiniki — nafs (libido), ikkinchisiniki 
— tajovuzkorlik. Freydga kura, inson hayotida jinsiy nafs va tajovuzkorlik 
quvvati ijobiy evrilishga uchraydi, yaʼni ijtimoiymadaniy qadriyatlar 


yaratishga qaratiladi, evrilishning turlari sportda, akdiy mehnatda, ijod va 
boshqa sohalarda namoyon boʻladi. Sivilizatsiyani aynan shu ijtimoiy 
evrilishga duch kelgan "tuban" biologik quvvatlar yaratadi. F. vakillari — A. 
Adler, K.G. Yung va boshqa 20-asrning 30-yillari oxirida neofreydizm kelib 
chikdi. U psixoanaliz bilan AQSH sotsiologax va etnografik nazariyalari 
qoʻshilishi jarayonida vujudga keddi. 
Avstriyalik psixiator -vrach, psixolog, Freydizm asoschisi Freyd 
Zigmund 1856 yil 6 may Fraybergda tavallud topdi.U 1902 yildan Vena 
universiteti professori, 1938 yildan Angliyada yashay boshladi. Freydning 
dastlabki 
tadqiqotlari 
bosh 
miya 
fiziologiyasi 
va 
anatomiyasiga 
bag’ishlangan. 19-asrning 80-yillarida nevrozlar muammosiga, 90-
yillarning o’rtasidan 
boshlab esa, ruhiy tahlil (psixoanaliz) asosida 
nevrozlarni davolash usuliga e'tiborini qaratdi. Individning psxoseksual 
rivojlanishi nazariyasini takomillashtirdi, fe'l-atvorni shakllanishi va uning 
patologiyasida 
bolalik 
davri 
kechinmalarini 
asosiy o’ringa qo’ydi. 
Psixoanaliz qoidalarini insoniyat madaniyatining turli sohalari-mifologiya, 
folklor, badiiy ijod, din va boshqalarga joriy qildi. Freydning ba'zi fikrlarini 
neofreydizm inkor etadi. Asosiy asarlari: “Tushlar ta'biri”(1900), 
“Kundalik hayot psixopatologiyasi”(1904), “Psixoanalizga kirish b’yicha 
ma'ruzalar”(1910), “Totem va tabu”(1913), “Men va U”(1923), “Muso va 
tavhid”(1939). Freyd Zigmund 1939 yil, 23 sentyabrda Kempsted, Buyuk 
Britaniyada vafot etdi. 
XIX va XX asrdagi psixologiya - bu asosan empirik psixologiyadir. 
Psixologiyada XVII asrda paydo bo`lgan bu yo`nalish XIX va XX asrning 
boshlarida o`z taraqqiyotining eng yukori cho`qqisiga erishdi. Uning 


yutqlariga erishuviga sabab eksperiment metodning tatbiq qilinishi edi. 
Uning predmet doirasi juda kengaydi. Yuqorida aytilganday, psixologiya 
fanining maxsus o`z vazifalari va metodlariga ega bir qancha shahobchalari 
maydonga keldi. 
Empirik psixologiya bir butun narsa emas edi. Bu psixologiyaning 
ichda bir qancha yo`nalish va oqimlar mavjud edi. Psixologiya tarixida 
bulardan ancha mashxur va muhimlari assotsiatsizm, intellektualizm, 
volyuntarizm, geshtalpsixologiya va freydizmlar edi. Assotsiativ psixologiya 
haqida yuqorida gapirildi. 

Download 131.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling