Мавзу: фуқаролик жамияти фанининг предмети, объекти, мақсад ва вазифалар
Download 496.4 Kb. Pdf ko'rish
|
njTwMvn7DZJ2gLUjj3jPaAydBlZtqwCgC24Q2GLO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqich
Ikkinchi bosqichi XVIII asr oxiridan XIX asr
oxirigacha davom etdi. Bu davrda eng rivojlangan mamlakatlarda umumiy yuridik tenglik va erkinlikka, tadbirkorlik erkinligi va shaxsiy tashabbusga asoslangan dastlabki kapitalizm ko'rinishidagi fuqarolik jamiyati shakllandi Uchinchi bosqich (XIX asr oxiri va keyingi davr) vertikal feodal tuzilmalar o'rnini erkin odamlarning huquqiy tengligi va o'zaro bitimlariga asoslangan gorizontal munosabatlar egallagani bilan tavsiflanadi. Insoniyatning ko'p asrlik tarixida barcha odamlar, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeidan qat'i nazar, jamiyat hayotining huquqiy jihatdan teng ishtirokchilari deb e'tirof etilishi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ular har kimga o'zini erkin xohish-irodaga ega bo'lgan, o'z harakatlari va ularning huquqiy oqibatlari uchun javob berishga qodir shaxs sifatida namoyon etish imkoniyatini beruvchi qonunlar bilan e'tirof etilgan qator huquqlar va erkinliklarga ega bo'la boshladi. Fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga huquqlar haqidagi Bill (Angliya, 1689 y.; AQSh, 1791 y.) yoki inson va fuqaro huquqlari deklarasiyasi (Frantsiya, 1789 y.)ning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Fuqarolik jamiyati – o'z shaxsi, ijodiy tashabbusini erkin namoyon etuvchi teng huquqli odamlar jamiyati, ortiqcha taqiqlar va keraksiz ma'muriy tartibga solishdan xoli teng imkoniyatlar jamiyati sifatida shakllandi.Fuqarolik - bu nafaqat shaxsning huquqiy maqomi, balki uning ijtimoiy holati hamdir. Huquqiy davlatda qonun oldida tenglik va bu bilan bog'liq holda fuqarolik huquqlariga siѐsiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar qo'shiladi. Jamiyatda haqiqiy erkinlikni ta'minlash har bir inson nafaqat yuridik va siѐsiy ma'noda, balki iqtisodiy va ijtimoiy ma'noda ham fuqaroga aylanishini nazarda tutadi Huquqiy davlat – bu shunday bir davlat hokimiyatdirki, u huquq normalariga binoan, va ularning doirasida ish ko'radi, bu normalarni buzish, bekor qilish yoki cheklashga jur'at etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining uzviy tabiiy-tarixiy huquqlarini e'tirof etadi. Inson huquqlarini fuqarolik jamiyati, fuqaro huquqlarini – davlat ta'minlaydi. Ikkala holatda ham shaxs huquqlari to'g'rsida so'z yuritiladi, biroq birinchi holatda ayrim inson sifatidagi shaxsning yashash, erkinlik huquqlari nazarda tutilsa, ikkinchi holatda – uning siyosiy huquqlari nazarda tutiladi. Inson huquqlari va fuqaro huquqlari o'rtasidagi farq muayyan asoslarga ega bo'lib, ular quyidagilardan iborat: 1) Inson huquqlari davlat tomonidan e'tirof etilgani va qonun yo'li bilan mustahkamlanganidan, ularning egasi - inson u yoki bu davlatga mansubligidan qat'i nazar mavjud bo'lishi mumkin. Fuqaro huquqlari esa mazkur shaxs qarashli bo'lgan davlat tomonidan himoya qilinadi; 2) Dunyoda hali anchagina odamlar umuman fuqarolik maqomiga ega emas (fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, apatridlar). Binobarin, ular rasmiy darajada fuqaro huquqlariga emas, balki inson huquqlariga egadirlar. Fuqarolik jamiyatining vazifasi ijtimoiy hayotning rivojlanishini ta'minlashdan iborat. Shu sababli, uning asosiy tarkibiy qismlarini vazifalari qatoriga bu jarayon me'yorda kechishi uchun shart-sharoit yaratib beruvchi institutlar faoliyati tashkil etadi. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo'lib ular quyidagilardir: - erkin individlar uyushmasi; - o'zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma; - murakkab tuzilishga ega bo'lgan plyuratilstik tizim; - o'zini o'zi rivojlantiradigan va o'zini o'zi boshqaradigan tizim. Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari: 1) iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari; 2) inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so'zsiz e'tirof etish va himoya qilish; 3) hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati; 4) qonun va Odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi; 5) hokimiyatning uchga bo'linishi va hokimiyatlarning o'zaro aloqasi printsipiga asoslangan huquqiy davlat; 6) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi; 7) so'z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 8) fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o'zaro majburiyatlari va burchlari; 9) sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik; 10) odamlarning munosib turmush darajasini ta'minlovchi samarali ijtimoiy siyosat. Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayanib faoliyat ko'rsatadi. Jumladan: - siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi; - butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo'lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi; - individlarni mulkka ega bo'lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan iqtisodiy mustaqilligi; - qonun bilan kafolatlangan fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo'yicha davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari; - partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi; - fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma'naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a'zolarini qonun oldida ma'suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta'lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa sharoitlarni yaratish; - faqat qonun bilan cheklangan davlat tsenzurasidan tashqari OAV yaratish va faoliyat yurgizish erkinligi; - davlat va fuqarolik jamiyati o'rtasidagi munosabatni barqarorlashtiradigan mexanizmni (konsensus mexanizmi) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat organlari tomonidan xavfsizligini ta'minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo'ladimi, norasmiy bo'ladimi, u o'z ichiga qonuniy aktlarni, xalq vakillarini demokratik saylov bilan hokimiyatning, o'z-o'zini boshqarishturli organlari va h.k. tayinlash kabilarni oladi. O'zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarni fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo'lib tahlil qilish tavsiya etiladi. Download 496.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling