Mavzu: Futbol bilan shug‘ullanuvchi 2 sinf o‘quvchilarida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish. Reja; Kirish
Download 0.5 Mb.
|
Futbol bilan shug‘ullanuvchi 2 sinf o‘quvchilarida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish
2. Mashg’ulotlar jarayonida futbolchil o’quvchilarga umumiy jismoniy tayyorgarlikni shakllantirish
Sportchining umumiy tayyorgarligini, ular tanlagan sport turi uchun xos bo’lmagan, biroq sport faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadigan har tomonlama jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash nazarda tutiladi. Futbolchining jismoniy tayyorgarligi sport mashg’ulotining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va jismoniy sifatlar – kuch, chidamlilik, epchillik, tezkorlik, chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayondir Futbolchining umumiy jismoniy tayyorgarligi yuqori natijalarga erishish uchun poydevor asos hisoblanadi. U asosan quyidagi vazifalarni hal etishni ta’minlaydi: 1. Futbolchi organizmining har tomonlama garmonik rivojlantirishi, uning funktsional imkoniyatlarini oshirishi, jismoniy sifatlarini rivojlantirish. 2. Salomatlik darajasini oshirish. 3. Shiddatli trenirovka va musobaqa nagruzkalari davrida faol dam olishdan to’g’ri foydalanish. Umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik uchun zamin yaratadi. Ya’ni tanlangan sport turida kamol topish uchun zarur shart-sharoit sifatida kuchlilikni, tezkorlikni, chidamlilikni, epchillikni, chaqqonlikni har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. So’nggi yillarda nashr etilgan sport adabiyotlarida sport mashg’ulotlariga sportning jismoniy harakatini boshqarish jaryoni sifatida qarash ko’p bora ta’kidlangan. Hozirgi paytda testlar sportning har xil turlarida keng qo’llaniladi. Ulardan tezkor joriy hamda oraliq nazoratda foydalaniladi. Futbol sohasida mutaxassislar sportchilarning jismoniy tayyorgarligini turli jihatdan baholashga eng ko’p ahamiyat beradilar. Futbolchilarni o’yin faoliyati faqat sakrash, yugurish va yurishdan iborat emasligi, ularning harakati anchagina murakkab bo’lib, raqib bilan kurashishi, eng katta tezlikda yugurishi, murakkab taktik vazifalari bajariladi. Shuning uchun futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi ularning o’yin faoliyatini xarakterini hisobga olgan holda shunday qilish kerakki, bu ularga texnik va taktik mahoratinitakomillashtirishga asos bo’lsin. R.A.Akramov, A.A. Suchilin (1987)lar futbolchining umumiy tayyorgarligi jismoniy qobiliyat har tomonlama tarbiyalash, umumiy ish qobiliyatini oshirish vazifalarini hal qilinishi va umumiy rivojlantiruvchi mashqlarning shug’ullanuvchilar organizmiga umumiy ta’sir ko’rsatuvchi sportning boshqa turlari bilan bog’liqligini ta’kidlaydilar. Lisenchuk G.A. (2003), Shamaradin V.N. (1997), Suchilin A.A. (1988)lar umumiy tayyorgarlikni oshirish maqsadida qo’llaniladigan ko’pgiga mashqlar organizmga har tomonlama ta’sir ko’rsatishni, jumladan, baland-past joylarda uzoq muddat yugurish ko’proq chidamlilikni, qisqa masofalarda jadal yugurish tezlikni rivojlantirishga, gimnastik mashqlar chaqqonlikni o’stirishga qaratilishni e’tirof etishadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikda mushak-paylarning rivojlanishi va mustahkamlanishiga ichki a’zo va tizimlar funktsiyasini takomillashtirishga, harakatlarni koordinatsiya qilishni yaxshilash va harakat sifatlari umumiy darajasini oshirishga erishiladi. Ko’pgina mutaxassislar jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar yordamida ayrim texnik usullarni rivojlantirish mumkinligini va buning uchun odatda, bajarish xarakteri tuzilishiga ko’ra texnik usul yoxud uning alohida elementlariga o’xshash bo’lgan maxsus mashqlar qo’llashni tavsiya etganlar. Pedagogik nuqtai nazardan jismoniy tayyorgarlikni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka ajratiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) yuqorida ko’rsatib o’tilgan masalalarni hal qilib, maxsus jismoniy tayyorgarlikka poydevor hisoblanadi. Futbolchi umumiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositasi sifatida predmetlar bilan va predmetlarsiz bajariladigan umumiy rivojlanish gimnastika mashqlari, bajariladigan harakatlar intensivligini muntazam ravishda almashtirilgan holda juft-juft bo’lib mashq qilish, harakatli va sport o’yinlari estafetalar, krosslardan foydalanadi. Sportchining jismoniy qobiliyati yoki uning harakat qilish imkoniyatlari kuch, tezkorlik, chaqqonlik sifatlaridan belgilasa bo’ladi. Jismoniy sifatlarni takomillashtirish asosida organizmning o’z ishlash qobiliyati darajasidan takroriy ortiqcha, jismoniy yuklamag bardosh bera olishi yotadi. Yosh futbolchilar bilan ishlashdagi dastlabki tayyorgarlik bosqichida har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni egallashga, sog’liqni mustahkamlash va garmonik rivojlanishga, xilma-xil ko’nikma va malakalarni egallab olishga, futbol o’yini texnikasi va taktikasining boshlang’ich asoslariga o’rgatishga qaratilgan vositalar kompleksidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tayyorgarlikning bu vaqtdagi vazifasi avvalo yosh futbolchilarning harakat funktsiyalarini (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillik, shuningdek o’z harakatlarini vaqt oralig’ida, havoda va muskullarning zo’r berish darajasiga ko’ra boshqara bilish harakat funktsiyasining asosiy komponentlaridir) shakllantirishdan iborat bo’ladi. Harakatlar tezligini tarbiya-lashga katta e’tibor berish kerak, chunki bolalik va o’smirlik yoshida ana shu eng muhim jismoniy sifatni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjuddir. Shuni qayd qilish kerakki, dastlabki tayyorgarlik va boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichlarida tezkorlik, chaqqonlik bilan mustahkam bog’liq ravishda tarbiyalanadi, bu esa siljishning (bir joydan ikkinchi joyga o’tishning) ratsional texnikasini egallab olish uchun zarur asos yaratadi. 8-12 yoshlar mobaynida yugurishdagi maksimal tezlikning anchagina ortishi harakatlar tezligining tabiiy o’sishi bilan bog’lik. 12-14 yoshda esa tezlik asosan tezlik-kuch sifatlarining va muskul kuchining o’sib borishi tufayli ortadi. Shuning uchun tezkorlikni rivojlantirishda yugurish sur’ati va katta muskul kuchini talab etadigan harakatlar chastotasini maksimal ravishda oshirishga harakat qilishk kerak. Bunda tabiiy harakatlarga ko’proq o’rin berish lozim. O’yin, musobaqa formasida bajariladigan sport o’yinlari va harakatli o’yinlar, mashqlar ham juda katta yordam ko’rsatishi mumkin. O’yin mashqlarini bajarish yosh futbolchilarni g’alabaga erishish uchunmaksimal kuch sarflashga majbur etadi. O’yin materiali mashg’ulotdagi umumiy vaqtning 50% chasini egallashi kerak. Har bir mashq qisqa vaqt ichida (10-15 sek) bir necha seriyali usulda badariladi, dam olish intervali 10-15 min bo’ladi. Maksimal tezlik bilan qayta yugurish muhim ahamiyatga ega, bu 20 m gacha masofada estafeta usulida bajariladi. Mashg’ulotlarga estafeta-lardan tashqari 10- 15 m ga yugurish bo’yicha kontrol mashqlarni kiritish ham tavsiya etiladi.Murakkab harakat reaktsiyasini va harakatlar chastotasini rivojlantirish uchun turli sport holatidan yuguriladigan tezkorlik mashqlaridan keng foydalanish kerak. Bu mashqlar turli xil ko’ruv signallariga binoan, yugurish yo’nalishini o’zgartirib bajariladi. Bu esa o’yin jarayonida vujudga keladigan murakkab vaziyatlarni modeooashtirib, signallarning har biriga javob harakatlari bilan reaktsiya ko’rsatish imkonini beradi. Boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichida keng ko’lamdagi o’yinlar, o’yin mashqlarini qo’llashdan tashqari, asosiy jismoniy sifatlarni, avvalo tezkorlik va kuchni rivojlantiruvchi maxsus tayyorgarlik ashqlari komplekslaridan foydalanish mumkin. Bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlikning mustahkam bazasini yaratish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Ko’proq tezkorlikni rivojlan- tirishga qaratilgan komplekslarni darsning asosiy qismi boshlarida qo’llanish kerak, shundan so’ng bu sifatni takomillash-tirishga yordam beruvchi o’yinlarni qo’llanish lozim. Kuch talab qiluvchi tegishli o’yinlar va o’yin mashqlari kompleksiga, shuningdek chidamlilik ko’rsatishni talab etadigan o’yinlar komplekslariga ancha kam vaqt ajratiladi. Ular tegishlicha darsning o’rtasida va oxirida o’tkaziladi. O’yinlar va maxsus tayyorgarlik mashqlari komplekslarini o’z ichiga oluvchi vositalarning rang-barangligi bolalar va o’smirlarning umumiy jismoniy tayyorgarligini yaxshiroq takomillashtirishga va uning zaminida ularning asosiy jismoniy sifatlarini maxsus ravishda rivojlantirishga yordam beradi. Keyingi yillarda futbolga doir ko’pgina ilmiy maqolalar, usuliy ko’rsatmalar va qo’llanmalarda yosh futbolchilarni iqtidorli futbolchi qilib tarbiyalash masalalari keng yoritilmoqda. Murabbiylar futbolchilarnin yoshlik davrdan texnik- taktik harakatlarga katta e’tibor qaratishni ta’kidalaydilar. R.I.Nurimov yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligi, o’yin texnikasining ayrim usullariga o’rgatish, o’rganilaganlarni nazoratsiz qoldirilishi mumkin emasligi, agar o’yin texnikasiga o’rgatish rejalashtirilgan, muntazam mashg’ulotlar bilan o’tkazilsa, unda yaxshi natija berishini ta’kidlagan. Yosh futbolchilarning dastlab tayyorgarligi o’yin texnikasidani xatolarni tuzatish, texnik tayyorgarlikda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa, bu narsa boshlovchi o’yinchilar uchun ahamiyatlidir. Texnikani yomon o’zlashtirish oxir oqibat mahoratni keyinchalik takomllashtirishga to’sqinlik qiladi. Futbol mutaxassislari futbolga endi kirib kelgan bolalarda texnik harakatlanirni tarbiyalashda, to’pni his qilish qobiliyatini rivojlantirish, bunda to’p bilan oddiy mashqlar, to’pni olib yurish, to’pni tepish va janglyorlak qilishni, har mashg’ulotda olib borigshni e’tirof etishadi. Futbol o’yinida asosan texnik harakat to’pga oyoqda zarba berishdir. To’pni tepish ko’pgina murabbiy, mutaxassislar 6 xil usulda bajarishni ko’rsatganlar: K.X. Xedergot A.Chanadi hamma mashg’ulotlar turlari orasida, yangi shug’ullanuvchilar uchun birinchi navbatda «sof» texnika buyicha o’tkaziladigan trenirovka muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashadi. Texnika turidagi trenirovkalarni o’tkazish tezligi quyidagilarga bog’liq: - yosh futbolchilarning yoshi; - ularning tayyorgarlik darajasi; - trenirovka davri; - trenirovka sharoitlari. Haftadagi mashg’ulotlar soni uch marta yoki undan ortiq bo’lgan va tegishli miqdorda to’plarga bo’lgan jamoalarda, mashg’ulot davridan qat’i nazar, haftadagi kamida bitta trenirovka «sof» texnika bo’yicha o’tkazilishi kerak. O’smirlar va o’spirinlik yoshidagi futbolchilar gavda tuzilishi hamda markaziy asab tizimi holati nuqtai nazardan, harakatlarni juda yaxshi egallab olish xususiyatiga ega. Yangi futbolchilar trenirovkalarida jismoniy va asab tizimiga tushadigan nagruzka o’yinchining texnika darajasiga mos bo’lishi mumkin. Haddan tashkari bo’lgan nagruzkalar zo’riqish yoki tezlik yaxshi o’zlashtirishga to’sqinlik qiladi, buning natijasida harakatlarda ma’lum bir xatolar mustahkamlanib qoladi. O’yin texnikasiga boshlangich o’rgatishda sharoitlarni engillashtirish va tegishli uslublar bilan texnikani tez egallashda o’yinchilarga yordam ko’rsatish lozim. O’yinchilar bajariladigan texnika usullarini «tushunib etganlaridan», texnika usullarini nisbatan mustahkamlab olganlaridan so’ng kelgusidagi o’rgatishda boshlang’ich davrda qo’llanilgan o’sha uslublardan foydalanmaslik zarur. O’rgatishdagi xatolik, bir tomondan, qo’llaniladigan o’rgatish uslublaridan, ikkinchi tomondan shundan iboratki, texnikani egallash paytida futbolchilar ba’zan tegishli jismoni tayyorgarlikka ega emaslar. Xatolikning tez-tez yuzaga kelishi yana shunga bog’liqki, o’yin texnikasi buyicha mashqlar ham jadallik bilan bajarilmaydi. Ko’pchilik futbolchilar, ularga hech kim halaqit qilmagan paytlarda, to’p bilan a’lo darajada o’ynaydilar, hattoki tsirkcha tryuklarga ham qodir bo’ladilar, lekin o’yinda esa ularni tanib bo’lmaydi. Kuchli kurashish vaziyatlari futbol o’yini uchun xosdir. Yuqorida aytib o’tilganidek, gavda bilan kurash olib borishga futbol qoidalarida ruxsat beriladi. Bu o’yinda raqib tomonidan faol qarshilik ko’rsatish vaziyatida texnika usullarini har vaqt va har erda bajarish lozim demakdir. Shuning uchun yosh futbolchilarni bunday o’yinga tayyorlab borish juda muhimdir. O’yin texnikasiga o’rgatish va trenirovka uslublari o’yin mohiyatiga zid bo’lmasligi lozim, aksincha, texnikaga o’rgatishda o’yin talablarini har doim hisobga olish zarur. O’yin vaziyatlariga yaqinlashtirilgan va o’yinchilarning o’yindagi majburiyatlarini hisobga olib tanlangan mashqlar juda muxim bo’lib, trenirovka mashg’ulotlari o’quv materiallarining 50-60% ni tashkil etadi. O’yin vaziyatlarining hayotiyligiga qaratilgan texnika buyicha mashqlar yuzaga keladigan o’yin holatlarining mukammal nusxasi hisoblanadi. Mashqlarning mohiyati: o’yindagiga yaqin tezlik va raqibning faol to’sqinlik qiluvchi faoliyati. Mashqlarni o’rganish paytida raqibning faol harakat qilishi juda muhimdir. Agar o’yinchi raqibiga halaqit berayotgandek o’zini ko’rsatishga xarakat qilsa, bu mashq foyda keltirmaydi. Ilg’or tajribalarni umumlashtirish shuni ko’rsatdiki, tayyorgarlikning boshlang’ich davridagi o’quv mashg’uloti ishlari quyidagicha printsiplar asosida olib borilishi lozim. 1. O’kuv-trenirovka mashg’ulotlaridan tashqari vaqtda bolalarni faqat uynab o’rganaolmayotgan yo bo’lmasa qo’pol xatolar qilib o’rganayotgan texnik priyomlar va taktik harakatlar bilan shug’ullantirish lozim. O’yinda kam uchraydigan vaziyatlarni, biroq muhim biomexanika asosida tashkil etuvchi harakatlarni alohida-alohida o’rgatiladi. 2. Taktik va texnik tayyorgarlik bo’yicha o’quv materiallarini bosqichma- bosqich emas, balki spiralsimon o’rgatish kerak. Bunad albatta quyidagi vazifalar quyilishi lozim: a) futbolchilarning texnik priyomlari va taktik harakatlarining turli- tumanligi haqida keng ko’lamda tushuncha berish; b) eng muhim texnik priyomlar va taktik harakatlarni mahorat va malaka darajasiga ko’tarish; v) yosh futbolchilarni tayyorlashning dastlabki bosqichida o’yin o’quv mashgulotlarining samarali vositasidir. G’alaba qozonish ilmi bolalikdan o’rgatiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling