Mavzu: Futbol o'yinida darvozaga zarba berish texnikasi va hujum berish texnikasini o’rgatish


Download 26.75 Kb.
bet5/5
Sana21.06.2023
Hajmi26.75 Kb.
#1637653
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Futbol o\'yinida darvozaga zarba berish texnikasi va hujum

Tovon bilan tepish o’yinda kamroq qo’llaniladi. Buning sababi bajarishning murakkabligida, zarba kuchi va aniqligi juda kamligidadir. Bunday tepishning afzalligi esa uning raqib uchun kutilmaganligida.
Tayyorlov fazasi tayanch oyoqni to’p yoniga qo’yishdan boshlanadi. Oyoqni tortish uchun uni to’p ustidan oldinga uzatiladi. Ishchi faza-tepish oyoqni orqaga keskin harakatlantirish bilan bajariladi. Zarba berish paytida oyoq taranglashgan bo’lib, oyoq kafti yerga parallel turadi.
Tovon bilan chalishtirma zarba berish shunday tepish variantlaridan biri hisoblanadi. O’ng oyoq bilan shunday beriladigan bo’lsa, tayanch oyoq to’pning o’ng yoniga qo’yiladi. Zarba beruvchi oyoq oldinga o’tkazib tortiladi-da, tayanch oyoqqa nisbatan chalishtirib, keskin orqaga harakatlantirib zarba beriladi. Ozroqqina surib borilgandan keyin oyoq harakati tormozlanadi.
To’pni tayanch oyoq tovoni bilan tepsa ham bo’ladi. Bunda tayanch oyoq to’pdan o’tkazib, 10-15 sm nariga qo’yiladi. SHundan keyingi qadamda oyoqni balandlatib orqaga harakatlantirib beriladi. SHu turtki berishning o’zi tepish harakati hisoblanadi.
60-100 sm balandlikda uchib kelayotgan to’pga yiqila turib kalla bilan zarba bersa bo’ladi. To’pga yetish kiyin bo’lib (o’yinchidan u 3-4 m nari bo’lganida), boshqa texnik priyom va usullardan foydalanish mushkul bo’lib qolganida ana shu usul ancha samarali bo’ladi.

To’pni to’xtatish
To’pni to’xtatish to’pni qabul qilish va egallash vositasi bo’lib xizmat qiladi. To’xtatishdan maqsad keyingi kerakli harakatlarni amalga oshirish uchun dumalab yoki uchib kelayotgan to’pning tezligini so’ndirishdan iborat. «To’pni to’xtatish» termini ba’zida «to’pni moslash», «to’pni qabul qilish» deb yuritiladigan ma’noda tushunish kerak bo’ladi. Shuning uchun to’pni to’xtatish usullarini ko’rib chiqayotganda futbolchi to’pni butunlay to’xtatib olmay, balki uni keyingi harakatlarni bajarish uchun moslab (o’tkazib) olishini nazarda tutamiz.
To’pni oyoq bilan, gavda va kalla bilan to’xtatiladi. To’xtatishlarning klassifikatsiyasi berilgan.


Download 26.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling