Mavzu: futbol o'yinida himoya texnikasini takomillashtirish reja: kirish


Download 0.51 Mb.
bet13/16
Sana11.10.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1698822
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Futbolda darvozabonning texnik tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari

4. Himoyadagi o‘yinchilar vazifasi
Markaziy himoyachilar
Markaziy himoyachilardan ayni paytda raqibini qo‘riqlamayotganigina atakaga qo‘shilishi mumkin. Bunda uni sheriklaridan biri (yaxshisi — o‘rta qator o‘yinchilaridan biri) straxovka qiladi — bu markazda mudofaa mustahkamligi buzilmasligini ta’minlaydi.Markaziy himoyachi hujumda mohirlik bilan o‘ynay oladigan va uzoq masofadan yaxshi zarba bera oladigan bo‘lgandagina uning atakaga qo‘shilishi samarali bo‘ladi. Hujumga o‘tgan markaziy himoyachini odatda hech kim qo‘riqlamagani uchun u rakib darvoza­si to‘g‘risidan bostirib boraverishi kerak. Shuning uchun ham mar­kaziy himoyachining atakaga qo‘shilishi hamma vaqt begona darvo­zani real xavf ostida qoldiradi. Hozirgi futbolda o‘rta qator o‘yinchilarining harakatlariga ko‘p jihatdan jamoaning muvaffaqiyat qozonishiga aloqador omillardan biri, deb qaraladi. Bu ixtisosdagi futbolchilar butun match davomida yuksak ishchanlikni ta’minlaydigan a’lo darajada har tomonlama tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishlari ke­rak. Ular hujum va mudofaa harakatlarida faol bo‘lishlari, o‘yinni yuksak sur’atli o‘tkazishlari va birdam ham susaytirmasliklari darkor. Taktik tayyorlik yuzasidan, jamoa bo‘lib o‘ynash vositalari va metodlarini tanlashda epchil va ixtirochi bo‘lish yuzasidan o‘rta qator o‘yinchilari oldiga oshirilgan ta­lablar qo‘yilmoqda. Ular hujumda ham, himoyada ham hamma sheriklarining hamkorligini uyushtirib turadilar. O‘rta qator o‘yinchilari mudofaada ham, hujumda ham bir xilda-yaxshi o‘ynashlari, butun jamoa o‘yinini tashkil eta bilishlari kerak. Ularning harakatlari yuksak darajadagi ijrochilik mahoratira asoslangan va doimo mustahkam, yaxshi bo‘lishi lozim. Ular nihoyatda xilma-xil uzatishlardan, aylanib o‘tish va hokazolardan foydalanadilar. Odatda o‘rta qatordagi yuksak mahoratli o‘yinchilar juda qattiq, a’lo darajada, zarba bera oladigan bo‘lishi kerak.
H u j u m d a o‘rta qator o‘yinchilariga qo‘yila­digan asosiy talablar:
a) mudofaadan hujumga o‘tishni tashkil etish va hujum rivojini davom ettirish;
b) maydon o‘rtasini nazorat qilish va jamoa uzok vaqt to‘nni boshqarib turishini, binobarin, tashabbusni qo‘ldan bermay turishini ta’minlash;
v) hujumni yakunlashda qatnashish;
g) ham yaqinda turgan, ham uzoqdagi sheriklar bilan hamkorlik qilish;
d) hujum rivojlanishida to‘pni qanotdan tez oshirish va bo‘shagan zonaga tez ochilib chiqish yordamida tasodifiylikni yuzaga keltirish.
Mudofaada o‘rta qator o‘yinchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar:
a) maydonning butun bo‘yi va eni bo‘ylab to‘g‘ri taqsimlanib turish, joylashish hisobiga raqibning javob atakasi tez rivoj topishiga to‘sqinlik qilish;
b) o‘zi turgan zonadagi eng yaqin raqib o‘yinchisini yoki shaxsan birkitib qo‘yilgan raqibni kuzatib borish;
v) to‘p uzatilishi va darvozaga to‘p tepilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
g) sheriklarni straxovka qilish va ular bilan hamkorlik qilish:
Jamoaning o‘rta qatori ko‘pincha turli taktik rejada harakat qiluvchi futbolchilardan tuzilib, yarim hujumchi, dispet­cher va yarim himoyachidan iborat bo‘ladi.
Yarim hujumchi asosan hujum qiluvchi o‘yinchi vazifasini bajaradi. Goho u hujumning boshida harakat qiladi va harakatni faol yakunlayt.Dispetcher hujumda gurux va jamoa harakatlarini uyushtiradi Hamda ularni ikkinchi eshelondagi harakatlar bilan birga qo‘shib olib boradi. Yarim himoyachi birinchi galda o‘z darvozasi mudofaasini tashkil etishga yordam berib, ba’zi-ba’zidagina jamoasining hujum qatorlariga yorib kirib boradi. O‘rta qatorni tuzayotganda o‘yinchilar bir-birini to‘ldirib, umuman shu o‘yin ixtisosi uchun nazarda tutilgan vazifalarning hammasini bajarilishini to‘liq va ishonchli ta’minlaydigan qilib tanlanadi. Biroq yarim himoyachilar o‘yin taktikasi rivojlanishidagi asosiy tendenstiya ular jamoaning yakunlovchi hujum harakatlarida bevosita ishtirok etishlaridan iborat,
Hujumga moyil bo‘lgan o‘yinchi (uni yarim hujumchi desa ham bo‘ladi) oldingi marraga o‘tadi va zarba berish joyiga chiqish imkoniyatini oladi, chunki uning manevri maydonning ichkarisidan yuqori tezlikda boshlanadida, uni qo‘riqlashni nihoyatda qiyinlashtirib yuboradi. O‘rta qator o‘yinchilari hujumning ol­dingi safiga muntazam ravishda qo‘shilib turadilar. Bunda ular raqibini chalkashtirib yuborish maqsadida manevrlari yo‘nalishini o‘zgartirib turishga harakat qiladilar. Bu esa jamoadagi sheriklari o‘rta qator o‘yinchisining yaxshi ko‘rgan harakat zonalarini yaxshi bilishlari va u qulay joyga chiqqani zahoti unga darhol to‘p oshirib berishlari kerak degan so‘z. Bunday fut­bolchi raqiblardan kimgadir yoki konkret zonaga bevosita javobgar bo‘lmasa ham, hujum bo‘g‘ilib qolgan paytlarda mudofaada ishtirok etish kerak. Bunday hollarda u vaziyatga qarab ish tutadi.Asosiy vazifasi jamoaning hujum harakatlarini uyushtirishdan iborat bo‘lgan o‘yinchini dispetcher deb atashadi. To‘p jamoaga o‘tgani zahoti dispetcher maydon o‘rtasidagi uchastkalaridan biriga ochilib chiqadi. To‘pni olganidan keyin u darhol hujumni qanday usulda (tez yoki tadrijiy) uyushtirish haqida karorga keladi. U hujumni boshlab, o‘zi odatda ikkinchi eshelonda xarakat qiladi va epizodik tarzdagina hujumning old qismiga yorib chiqib turadi. Hujumni muvaffaqiyatli yakunlash uchun dis­petcher qattiq va yaxshigina tepa oladigan bo‘lishi kerak, chunki u ko‘pincha 18—25 m masofadan tup tepishi kerak bo‘ladi. Asosiy vazifasi mudofaa harakatlarida qatnashishdan iborat bo‘lgan (ko‘pincha ma’lum raqib o‘yinchisiga o‘yin bermaslik — uni neytrallashdek shaxsiy vazifasi bo‘ladigan) maydon o‘rtasi o‘yinchisining atakada ishtirok etishi odatda ikkinchi eshelonda harakat qilish bilan cheklanadi. Bu hujumning oldingi saflariga o‘tish uning uchun mumkin emas degan ma’noni anglatmaydi, albat­ta. O‘yin sharoiti tavsiya etgan ayrim epizodlarda bunday uyin­chi hujumning oldingi marrasida to‘satdan paydo bo‘lishi va yakunlovchi zarba berish uchun to‘p olishi mumkin. Maydon o‘rtasi o‘yinchilarining umumiy vazifalari to‘p jamoada bo‘lganida tashabbusni uzoq vaqt saqlab turishga yordamlashish, maydon o‘rtasini nazorat qilish, hujum oldingi qatorlariga qo‘shilish, ya’ni tadrijiy hujum qilayotganda ko‘p o‘yinchilarni qatnashtirib eshelonlarga (tabaqalangan) hujum uyushtirishni yoki tez hujum qilayotganda o‘yinni keskinlashtiradigan qilib to‘p uzatib berishni ta’minlashdan iborat. Hujumni jamoa bo‘lib uyushtirish birinchi galda jamoa o‘rta qatorining turli ixtisosdagi o‘yinchilarya qanchalik to‘g‘ri tanlangani va ularning mahoratiga bog‘liq.
Qanot hujumchilari
Qanotdagi harakatlar yo to‘pni bbshqarayotgan qanot himoyachisi yoki maydon o‘rtasi o‘yinchisi bilan hamkorlik qilish uchun orqaga qaytib, yoki olg‘a tomon faol ilgarilab (sherigining himoyachilar ortidagi bo‘sh joyga uzoqdan to‘p uzatib berishiga sharoit yaratish maqsadida «o‘yindan chiqqan» holat chegarasiga yaqin borib) bajarilishi mumkin. Maydonning eni bo‘ylab harakatlanishlar to‘pni boshqarayotgan maydon o‘rtasi o‘yinchisi bilan hamkorlik qilish uchun orqaga qaytish bilan yoki hujumning oldingi marrasiga tez ilgarilab chiqish bilan birga qo‘shib bajarilishi mumkin. Qanot hujumchisi to‘p olgandan keyin o‘zini yakka yoki sherigi bilan birgalikda qo‘riqlayotgan o‘yinchidan o‘tib ketishga qariyib raqib darvozasi chizig‘igacha etib borish va to‘pni jarima maydonidagi sheriklariga g‘izillatib yoki uzatib berishga harakat qiladi. Sheriklaridan birontasi to‘p olish uchun ochiq turgan bo‘lsa yoki hujumchilar himoyachilarga qarshi havoda muvaffaqiyat bilan kurashayotgan bo‘lsa, bunday hollarda to‘pni yuqorilatib uzatgan samaralidir. G‘izillatib uzatishlar esa hamma hollarda ham maqsadga muvofiqdir. Bunda g‘izillab kelayotgan o‘nga hujumchilardan birontasi chiqib kelishi mumkin bo‘lgan uchungina emas, balki vaqt nihoyatda ziq sharoitda qolganidan, buning ustiga goho o‘z vazifasini ko‘ngildagiday bajarolmay koladigan himoyachilarning oyog‘idan «rikoshet» bo‘lishi mumkinligidan ham mudofaadagilarning harakati murakkablashib ketadi. Bunday holda qarshi tomon qanot hujumchisi darvozaning uzoqdagi ustuni yaqinigacha etib boradi.
Qanot hujumchisi raqib himoyachilari orasini maksimal dara­jada uzaytirib ketish uchun yon chizig‘iga yaqin joyda o‘ynaydi. Markaziy hujumchi yon chiziq yaqiniga o‘tib, maydon markazi bo‘shab qolgan hollarda esa qanot hujumchisi bo‘shab qolgan zonaga katta tezlikda yorib kiradi. Ayrim o‘yin epizodlarida qanot hujumchilari o‘rin almashadilar. Maydonning eni bo‘ylab bunday manevr qilish mudofaa uyushtirishni qiyinlashtiradi va qanot himoyachilarining biror xujumchi harakat xususiyatlariga moslashib olishiga halaqit beradi. Goh u, goh bu qanotda uzoq vaqt qolib ketish muvaffaqiyat qozonishga yordam bersa ham, lekin hujum rivojlanishi mobaynida o‘rin almashish ayniqsa samarali chiqadi. Qanot hujumchisi doimo tezkor manevr qilishga tayyor turishi va shuning bilan birga yakkama-yakka kurashning hamda zarba be­rishning xilma-xil usullarini a’lo darajada bilishi kerak.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling