Genetikada ehtimolliklar


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1541996
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Extimollar nazaryasining genetik masalalariga tadbiqlari



Genetikada ehtimolliklar 
Google sinfxona
 
Umumiy qoidalar va mahsulot qoidalari. Ushbu qoidalarni 
koʻplab genlarni oʻz ichiga olgan genetik 
muammolarni hal qilish uchun 
qoʻllash.
Kirish 
Pennet katakchasi
 genetikada juda asqatsa-da, lekin u hamma genetik 
masalaga ham toʻgʻri kelavermaydi. Masalan, 
sizdan Aa x Aa yoki AaBb x AaBb emas, 
balki AaBbCcDdEe x AaBbCcDdEe chatishtirishda retsessiv belgili 
organizmlarning uchrash ehtimolini topish soʻralgan boʻlsin. Agar siz ushbu 
muammoni Pennet katakchasi orqali hal qilmoqchi 
boʻlsangiz, 102410241024 ta katakchali Pennet katakchasini toʻldirib 
chiqishingizga toʻgʻri keladi. Bu sizga yordam bersa ham, imtihon yoki 
boshqa shunga oʻxshash paytda buni bajarish juda mushkuldir! 
Agar siz Pennet katakchasi ehtimolliklarni aniqlash masalalarini 
ifodalashning bor-
yoʻgʻi vizual usuli ekanini tushunib yetsangiz, yuqorida 
berilgan besh genli organizmlar oʻrtasidagi chatishtirish masalasi sizni 
deyarli qoʻrqitmay qoʻyadi. Bir yoki ikkita gen bilan bogʻliq masalalarni 
Pennet katakchasida ifodalash oson boʻlsa-da, raqamlar ortgan sari masala 
yechimini topish sekinlashib, birmuncha qiyinlashib boradi. Xuddi shu 
vaqtda eskicha Pennet katakchasini vizual ifodalamasdan turib, ehtimollikni 
topish uchun hisoblashlarni oʻzingiz oson va loʻnda bajarishingiz mumkin. 
Barcha hola
tlarda ham ehtimollikni Pennet katakchasida yoki oʻzingiz 
hisoblab topsangiz ham bir xil natijaga ega boʻlasiz, ammo ikkala usulni 
bilish har doim ham foydadan xoli boʻlmaydi. 
Ushbu maqolada biz ehtimollik nazariyasining asosiy tushunchalari haqida 
biroz t
oʻxtalib oʻtamiz. Yaʼni ikkita bir-biriga bogʻliq boʻlmagan, mustaqil 
(X va Y) yoki bir-biriga oʻzaro bogʻliq (X yoki Y) hodisalarning uchrash 
ehtimolini hisoblashni koʻrib chiqamiz. Keyin esa bu hisoblashlar genetik 
masalalarda qanday qoʻllanishini, ayniqsa, koʻp sonli genlarga aloqador 
masalalarni yechishda qanday qoʻl kelishini koʻrib chiqamiz. 


[Besh genli organizmlarni chatishtirish masalasini yechish]
 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling