Genetikada ehtimolliklar
Ehtimolliklarni koʻpaytirish qoidasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Extimollar nazaryasining genetik masalalariga tadbiqlari
Ehtimolliklarni koʻpaytirish qoidasi
Genetikada keng qoʻllanuvchi ehtimollik qonunlaridan biri ehtimolliklarni koʻpaytirish qoidasidir. Ushbu qoidaga koʻra, oʻzaro mustaqil ikki yoki undan ortiq hodisalarning birgalikda sodir boʻlish ehtimoli har bir hodisa ehtimolliklarining koʻpaytmasiga teng. Masalan, olti tomonli narda toshini bir marta tashlaganda 6 raqami tushishi ehtimoli 1/61/61, slash, 6 ga teng. Agar ikkita nardani birdaniga tashlasangiz, ikkita 6 tushish ehtimoli esa (birinchi nardada olti tushish ehtimoli) x (ikkinchi nardada olti tushish ehtimoli) = (1/6) \cdot (1/6) = 1/36(1/6) ⋅(1/6)=1/36left parenthesis, 1, slash, 6, right parenthesis, dot, left parenthesis, 1, slash, 6, right parenthesis, equals, 1, slash, 36 ga teng boʻladi. Umuman olganda, ehtimolliklarni koʻpaytirish qoidasiga “va” qoidasi deb ham qarash mumkin: agar X va Y hodisalari maʼlum bir natija hosil boʻlishi uchun yuz berishi kerak boʻlsa va ular bir-biridan toʻla mustaqil boʻlsa (yaʼni bir- biriga taʼsir qilmasa), X va Y ehtimolliklarni koʻpaytirish orqali natija ehtimolligini ushbu qoidadan foydalangan holda hisoblab chiqishingiz mumkin. Ehtimolliklarni koʻpaytirish qoidasini urugʻlanish jarayoni hodisalarining ehtimolligini topish uchun qoʻllashimiz mumkin. Masalan, ikkita geterozigota (Aa) organizmni chatishtiraylik. Bunda aa genotipli organizm hosil boʻlishining ehtimoli qanday? aa genotipli organizm olishning yagona yoʻli onadagi a gameta bilan otadagi xuddi shunday a gametani oʻzaro birlashtirishdir. Har bir ota-onada a gametaning hosil boʻlish ehtimoli 1/21/21, slash, 2 ga teng. Bundan aa genotipli organizm olish ehtimoli: (onadagi a gameta ehtimoli) x (otadagi a ehtimoli) = (1/2) \cdot (1/2) = 1/4(1/2) ⋅(1/2)=1/4left parenthesis, 1, slash, 2, right parenthesis, dot, left parenthesis, 1, slash, 2, right parenthesis, equals, 1, slash, 4 ga tengdir. Pennet katakchasi ehtimolliklarning koʻpaytirish qoidasini qanday namoyon etishi koʻrsatilgan rasm. Pennet katakchasi: Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling