Genetikada ehtimolliklar
Ehtimollik qonunlarini diduragay chatishtirishda
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Extimollar nazaryasining genetik masalalariga tadbiqlari
Ehtimollik qonunlarini diduragay chatishtirishda
tatbiq qilish Bitta genning irsiylanishi masalalarida Pennet katakchasi qulaylik jihatidan ehtimolliklarni toʻgʻridan toʻgʻri hisoblash usuli bilan bir xil. (Ammo vizual usullarni afzal bilsangiz, toʻgʻridan toʻgʻri hisoblash sizga oson emas, aksincha, qiyin ham tuyulishi mumkin.) Lekin ikki yoki undan ortiq genlar haqida gap ketganda, ehtimolliklar Pennet katakchasidan koʻra birmuncha afzalroqdir. Misol uchun, BbCc genotipli ikkita itni oʻzaro chatishtirib koʻramiz. Bunda B allel qora yungni (b esa sariq) hamda C dominant allel tekis (c esa jingalak) yungni ifodalaydi. Ikkala gen oʻzaro mustaqil irsiylanib, jinsga birikmaganligini eʼtiborga olgan holda tugʻilgan avlodlar orasida BbCc genotipli kuchukchalar ulushini qanday topish mumkin? Buni topishning bir usuli 161616 katakli Pennet katakchasini chizish. Ikkita gen boʻyicha chatishtirish oʻtkazayotganimizda Pennet katakchasidan foydalanish maʼqul qarordir. Bunga muqobil ravishda toʻrt katakli Pennet katakchas i hamda ehtimolliklarni koʻpaytirish qoidasidan biroz foydalanib ham koʻzlangan maqsadga erishish mumkin. Bu holatda biz yuqorida berilgan savolni ikkita soddaroq savol koʻrinishida ifodalaymiz: 1. Bb genotipni olish ehtimoli qanday? 2. Cc genotipni olish ehtimoli qanday? Tugʻiladigan kuchukcha BbCc genotipga ega boʻlishi uchun yuqoridagi ikkita holat yuz berishi kerak: u Bb va Cc allellarni bir vaqtda qabul qilishi zarur. Bu ikkala hodisa bir- biridan mustaqil, chunki genlar oʻzaro mustaqil holatda irsiylanadi (bir- biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatmaydi). Bundan har bir genetik hodisaning ehtimolligini hisoblaymiz, bizni qiziqtirayotgan (BbCc) genotipni yuqoridagi ikkita allel ehtimolliklarini oʻzaro koʻpaytirib topish mumkin. Diduragay chatishtirishda 2X2 Pennet katakchasi hamda ehtimolliklarni koʻpaytirish qoidasidan foydalangan holda genotiplar ulushini qanday topish koʻrsatilgan diagramma. Yuqori panel: Savol: ikkita BbCc genotipli it oʻzaro chatishtirilganda BbCc genotipli avlodlar hosil boʻlishining ulushi qancha? Quyi panel: Yechim: BbCc ehtimolligi = (Bb ehtimolligi) x (Cc ehtimolligi) Yung rangi boʻyicha Pennet katakchasi: Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling