Mavzu: Futbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati. Reja


Ya n g i d a v r d a f u t b o l o‘ y i n i


Download 0.94 Mb.
bet9/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1524755
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Futbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiya

3. Ya n g i d a v r d a f u t b o l o‘ y i n i
V aqt o‘tishi bilan o‘yin o‘zining sivilizatsiyalashgan (madaniyatlashti-rilgan) formasini egallagan. Ayrim pedagoglar esa futbolning nafaqat yoshlarning jismoniy rivojlanishi-ga, balki ularning jismoniy tayyorgarligiga ham g‘oyat foydasi bor ekanligini ta’kidlab berganlar. XIX asr boshlarida esa futbol Angliyaning imtiyozli o‘qish muassasalarida madaniyatlashtirildi. Bu esa nafaqat o‘yinga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdi, balki, o‘yinning o‘zini ham o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi futbol qoidalari ishlab chiqila boshlandi, lekin ular hozirgacha “erkin” va bir-biridan farq qiladigan tartib va qonunlar edi. SHu bilan birgalikda asosiy (prinsipial) muammo shunda ediki, futbol o‘yinida qo‘l bilan o‘ynashni ruxsat berish kerakmi yo yo‘qmi? Bundan tashqari, ko‘plab mutaxassislar tomonidan yagona qoida ishlab chiqishga urinishlar bo‘lgan. Misol uchun 1863-yil o‘tkazilgan har xil maktab va klublar vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda, “futbol va regbi” namoyondalari majlisida “regbi” mutaxassislari (o‘yinda qo‘l bilan o‘ynash mumkin) noroziliklarni bildirib, yig‘ilishda kamchilikni tashkil etganliklari uchun majlisni tark etishgani natijasida, “Oyoq futboli” tarafdorlari futbol o‘yinini tartibga soladigan birinchi qonun – qoidalarni ishlab chiqishgan. Oxir- oqibat esa futbol va regbi o‘yinlari sport turlarining ajralishi sodir bo‘lgan.
1863-yil esa rasmiy ravishda zamonaviy futbol an’anasi tug‘ilishi yili hisoblanadi. Tarixda birinchi futbol klubi “SHeffild YUnayted” hisoblanib, u 1855-yilda tashkil etilgan (tuzilgan). XIX asrning 70-yillarida esa Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tarixda futbol bo‘yicha birinchi rasmiy Assotsiatsiya kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu esa dunyodagi qadimiy umummilliy futbol turniri edi. Bu trafeyning birinchi sovrindori “Uanderers” klubi bo‘ldi. 17 yildan so‘ng proffessional futbol liga chempionati o‘tkazila boshlandi. Birinchi chempion unvonini “Preston Nors Endi” klubi qo‘lga kiritishadi.
1872-yil futbol bo‘yicha birinchi xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Angliya va SHotlandiya futbol terma jamoalari kurash olib bordi, uchrashuv 0:0 hisobida yakuniga etgan. Qiziqarlisi shundaki, shotlandiya-liklarning terma jamoa vakillari nomidan chiqmay, balki, mamlakatning eski klubi – “Kuins Park” Angliya terma jamoasiga qarshi bo‘lgan uchrashuvda qatnashgan. SHotlandiya Futbol Assotsiatsiyasi esa bu o‘yindan bir necha oydan keyin tashkil qilingan. Bunday Assotsiatsiya Uelsda 1875-yilda tashkil topadi, 1880-yilda esa Irlandiyada tashkil etiladi.
SHundan so‘ng juda yaqin vaqtda Angliyalik dengizchilar va savdo sotuvchilar harakati bilan futbol o‘yini dunyoning barcha joylarida (boshqa mamlakatlarda) tarqala boshladi. Birinchi navbatda Evropa va Lotin Amerikasi mamlakatlarida, asrning oxirigacha Daniya, Gollandiya, CHili, Argentina, Belgiya va boshqa davlatlarda futbol assotsiatsiyalari tashkil etila boshlanib, joylarda milliy birinchilik o‘yinlari o‘ynaldi.
Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling