Oliy ta’lim kafedradan boshlanadi


Download 37.5 Kb.
Sana24.10.2020
Hajmi37.5 Kb.
#136493
Bog'liq
mart oyi hisoboti


JDPI rektori p.f.n Sharipov Shavkat Safarovich barcha I – II kurs magistrlar bilan Institutimizning Madaniyat saroyida uchrashuv o’tkazdilar. Ushbu uchrashuvda Magistratura bo’limining dekani Nizom Majidov ham ishtirok etdi. Uchrashuvda rektorimiz magistrlar bilan samimiy ochiq muloqotda bo’ldilar. Ushbu uchrashuvda quyidagi mavzular yuzasidan savol-javoblar bo’lib o’tdi:

  • Oliy ta’lim – kafedradan boshlanadi;

  • Magistraturaning bakalavrdan farqli jihatlari;

  • Magistr – ilmiy pedagogik kadr;

  • Nostrifikatsiya qilish;

  • Magistrlarning olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari;

  • Oliy ta’limda magistrlar dars berish huquqiga egami?

  • Kitob, adabiyotlar topishda yuzaga kelayotgan muammolar;

  • Til bilgan el biladi (magistr kamida rus va ingliz tillarni bilishi kerak);

  • Ilmiy maqola yozish va uni SCOPUS bazasidagi jurnalga chiqarish;

  • Tanlov asosida ishga qabul qilish;

  • Masofaviy ta’limning joriy etilishi;

  • Mediasentrlarni tashkil etish;

  • Kredit modul tizimi;

  • Ph.D va Dc.S darajasida ilmiy ish olib borish;

  • Magistrlarni qo’llab-quvvatlash.

Uchrashuv yakunida JDPI ning rektori Sh.S.Sharipov har bir magistrni ilmiy faoliyat olib borishida va chet davlatda ilmiy ish qilishini qo’llab-quvvatlashini, intelektual salohiyatli, jonkuyar magistrlarni ishga olib qolishni ta’kidladilar. Ushbu haftada I bosqich magistranti Mamarasulzoda Zulxumor Abulqosim qizi “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 56-Fsonli Farmoyishi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 13-fevral 116-sonli buyrug’i asosida A.Qodiriy nomidagi JDPIda quyidagi kafedralar tomonidan ushbu konferensiyalar mavzulari e’lon qilingan:



  1. Boshlang’ich ta’lim kafedrasi 2020-yil 3-4 aprel kunlari “Abay Qo’nanboyev va Sharq allomalarining pedagogik qarashlari”.

  2. Boshlang’ich ta’lim kafedrasi 2020-yil 17-18 aprel kunlari “Boshlang’ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar”.

  3. Tarix o’qitish metodikasi kafedrasi 2020-yil 20-aprel “Jizzax vohasi Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida”.

  4. Chet tillar (ingliz tili) kafedrasi 2020-yil 24-aprel “21 Century Skills for Language Teaching and Learning” (Tilni o’qitish va o’rganishda XXI asr ko’nikmalari).

Darsdan so’ng Institutimizning ARMga borib ilmiy tadqiqot ishi mavzusi yuzasidan mustaqil izlanaman. ARMda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. ARMga borsam albatta o’zim uchun juda ko’p yangilik olaman.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan KORONAVIRUS infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida barcha Oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida 2020-yil 16-martdan e’tiboran o’qish to’xtatilib, o’quvchi-talabalar 2 hafta muddatga(hozircha) ta’tilga chiqarildi va ta’lim muassasalarida KARANTIN joriy qilindi.



Biz oliaviy uydamiz va sizga ham “UYDA QOLING!” deymiz. Hozirda JDPI professor o’qituvchilari tomonidan tegishli kontent bilan to’ldirilmoqda va ta’lim masofaviy shaklda amalga oshirilmoqda. ONLINE shaklda ta’lim olayabman. Bo’sh vaqtimni mazmunli o’tkazish maqsadida online tashkil etilayotgan vebinarlarda, konferensiyalarda ishtirok etayabman. Hozirgi sharoitni hisobga olgan holda mustaqil izlanuvchi sfatida o’zimga kerakli bo’lgan barcha kitob manbalarini ijtimoiy tarmoqlardan to’plab bormoqdaman. Uyda barcha fanlardan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarmoqdaman. JDPIning t.me/jspiuz ijtimoiy tarmoq kanali orqali fanlarga oid joylashtirilib borilayotgan videodarslarni kuzatib bormoqdaman. Bundan tashqari Prep.uz saytida ham 2200dan ortiq videodarslar joylashtirilgan.

Magistr: S.Normatov
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling