MAVZU: Futbol o‘yinida to’pni to’xtashish va uzatish mahoratini oshirish.
REJA:
To‘pni uzatish.
To’pni to'xtatish texnikasini o'rgatish.
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar: "zarbalar", "to'xtashlar", "olib yurish", "fintlar", "egallab olish", "yugurish", "sakrash", "to'xtash", "burilish".
Talabalarga to‘p bilan harakatlanish texnikasi takomillashtirish
Dastlabki faza - yugurib kelish. Bunda dastlabki faza yugurishdagi qadamlarning kattaligi, uning tezligi o'yinchilarning individual xususiyatlari va taktik vazifalariga qarab belgilanadi. Yugurib kelish zarba tezligining dastlabki o'sishiga va uni kuchli bo‘lishiga yordam beradi.
Tayyorgarlik fazasi – zarba beruvchi oyoqini ko‘tarish va tayanch oyoqni qo‘yishdan iborat. So‘nggi yugurish qadamida zarba beruvchi oyoq ko‘tariladi. Oyoqning son qismini orqaga-yuqoriga ko‘tarilishi va tizzaning deyarli maksimal bukilishi kerakli kuch bilan zarbani amalga oshirishga imkon beradi, chunki oyoqning harakatlanish yo'li oshib boradi va oyoq sonining old yuzasidagi mushaklar cho'ziladi. Bularning barchasi harakat so‘ngida yuqori tezlikni rivojlantirishga imkon beradi.
Zarba beruvchi oyoqni orqaga-yuqoriga ko‘tarilishini to'g'ri bajarish uchun yugurib kelishning so‘nggi qadamini uzaytirish kerak. Odatda u qolgan qadamlardan 35-45% kattaroq va 2 metrdan 2,5 metrgacha bo‘ladi.
Asosiy fazasi- zarba harakati. Zarba berish harakati tayanch oyoqni qo‘yish va zarba beruvchi oyoq sonini faol bukishdan boshlanadi. Zarba tizza va oyoq to‘pig‘ining keskin harakati bilan amalga oshiriladi.
Zarba berish paytida oyoq to'pig‘i va tizza bo'g'imlari mahkam ushlanadi. Oyoqning "qattiq tutqich" zarba bosqichining massasini oshirishga imkon beradi.
Zarba beruvchi oyoq to'p bilan birday harakatlanadi (o'tkazgich), bu esa to'pning tezligini oshirishga imkon beradi. Bu harakat asosan to'p yo'nalishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |