Mavzu: Futbol uyinining kelip chiqishi va rivojlanish tarixi Reja


Futbol o`yini va xalqaro federatsiyasi (FIFA) ning


Download 63 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi63 Kb.
#1484308
1   2   3   4
Bog'liq
1-лекция (1)

Futbol o`yini va xalqaro federatsiyasi (FIFA) ning
paydo bo`lishi va birinchi chiqarilgan qarorlar
Futbol qadim zamonlarda paydo bo`lgan. Qadimgi yunonlar to`p o`yinini shunchalik qadirlaganki, uni hatto gimnaziyalar maxsus maktablarining jismoniy mashqlar programmasiga kiritganlar. Ozgina bo`lsa ham futbolga o`xshash to`p o`yini 180 yilda tilga olinadi.
Poluksining yunoncha lug`atida o`ynovchilar ikki partiyaga (komandaga) bo`linganligi yozilgan. Har qaysi partiya to`pni raqib o`yin maydoni orqasiga o`tkazishga harakat qiladi. Xarakter jihatidan bu o`yin ko`proq hozirgi regbi o`yiniga o`xshab ketadi. Lekin u o`yinda qo`l bilan o`ynash taqiqlangan edi.
Qadimgi sport to`p o`yinlarining qaysi biridan hozirgi futbol kelib chiqqanini aniqlashning iloji yo`q. Biroq fizkul`tura va sport tarixi mutaxassislarining aksariyati futbol ko`proq «Garpastum» degan qadimgi Rim o`yinlaridan kelib chiqqan bo`lib, Britaniya, Galliya va “arbiy evropaning boshqa mamlakatlariga bu o`yinni Rim Ligonerlari olib kelganlar, deb taxmin qiladilar. Inglizlar oyoq to`pi o`yini Britaniya Orallarida IX asrda - yoq ma`lum bo`lgan deb davo qiladilar.
`Harbiy evropa davlatlarida bu singari o`yinlar shu asr o`rtalarida mustaqil tarzda ham, ayrim elementlarini bir - biridan o`rganish yo`li bilan ham rivojlana borgan, deb taxmin qilsa bo`ladi.
1313 yili ingliz podshosi Eduard II shahar ichkarisida futbol o`yini o`ynashini taqiqlaydi. Podshoning ana shu farmoyishi ingliz futbol ittifoqining arxivida saqlanib qolgan.
«Katta to`p kuvchandagi ur - yiqitish shaharlardi katta to`polon chiqarayotgan va yomon ta`sir ko`rsatayotgani uchun - deyiladi farmoyishida itoat etmaganlar qamoqqa tashlanishini ta`qidlab, bu o`yinni endilikda shaharlarda o`ynashni podshohlik nomidan taqid etaman». Bunday taqidlashlarning sababi, o`yin paytida tartibsizliklardagina emas, balki shaharliklarning qamon otishdan va hatto hunarmandchilik ishidan chalg`itishda ham edi.
Shu boisdan 1349 yili ingliz podshosi Eduard III ham Londonda futbol 6ynashni mang qiluvchi farmon chiqardi. Frantsuz podshosi Karl V esa undan ham o`tib tushdi – 1369 yili Xalq o`yinlarining hammasini man etdi. Italiyada futbol birinchi bor 1400 yilda tilga olinadi. Angliya bilan Frantsiyada oyoq to`pi o`yini xalqning ko`ngil ochar o`yini bo`lsa, Italiyada ko`proq Kibor doiralarining o`yini bo`lib qoladi.
XIX - asrda xususan, shu asr o`rtalariga kelib sport metodi jismoniy rivojlanishning samarali vositasi bo`lib qolgandan keyin futbol tarixidan yangi bosqich boshlandi. Oyoqda to`p o`ynash birinchi gal ingliz komtlari hamda universitetlarida yoyiladi.
XIX - asrning ikkinchi yarmida futbol o`yinida ochiq oydin ikki yo`nalish tarkib to`padi. Ulardan birini London hamda Kembrij kolledjlari qo`llab quvvatlar edi. Bular 1863 yili futbol assotsatsiyasini tuzadilar va yumoloq to`pni faqat oyoqda o`ynashni rasm qilishga qaror qiladilar. Regbi shahridagi universitet ikkinchi yo`nalish tarafdori bo`lib, u erda tuxumsimon, cho`zinchoq gardish shaklidagi to`pni ham qo`lda, ham oyoqda o`ynashga qaror beriladi. Kembrij futbol klubiga tegishlidir.
1848 yili bu qoidalar nashr etishga qaror qilinadi. Afsuski, ular bosmodan chiqmay, yo`qolib ketadi, shunga qaramay bu qoidalar ko`p ingliz kolledjlarida «Kembrij qoidalari» tarzida ma`lum. Bizga etib kelgan dastlabki qoidalar esa 1863 yili 8 dekabrda e`lon qilingan. Quyidagi usha qoidalar teksti «Futbol tarixzi o`yintirish texnika, trenirovka taktikasi» (Moskva, 1907 yil) kitobida qanday e`lon qilingan bo`lsa, xuddi ushanday keltiriladi.
1. Maydonning bo`yi 200 yard (183 sm) dan, eni 100 yard (91,5 sm) oshmaydi. Maydonning burchaklarida bayroqchalar o`rnatiladi. Ustiga to`sin etqizilmagan darvoza 8 yard (7 m 32) oraliqda o`rnatilgan bo`lib, ikkita ustindan iborat.
2. Kim qay tomonda o`ynash ur`a tashlab hal ilinadi. Qurada yutqazgan komanda maydon markaziga quyilgan to`pni tepib, o`yinni boshlab beradi. Ikkinchi komanda o`yinchilari o`p tepilganga qadar unga 10 yard (9,1 m) dan yaqin kela olmaydilar.
3. Darvozaga to`p urilgandan keyin, komandalar tomonlarini almashtiradilar.
4. To`p qo`lda uloqtirilmay, qo`lda zarba berilmay yoki qo`lda ko`tarib kirilmay, ikki ustin oralig`ida yoki ularning davomi oralig`idan o`tsa darvoza zabt etilgan hisoblanadi.
5. Agar to`p yon chiziqdan tashqariga chiqib ketsa, unga hammadan avval tega olgan o`yinchi to`p chiziqni kesib o`tgan joydan, chiziqqa nisbatan to`g`ri burchak hosil qiladigan yo`nalishdan to`pni qo`lda maydonga tashlab beradi. To`p erga tekkan zahotda o`yinga kirgan hisoblanadi.
6. O`yinchi zarba berayotgan paytda uning komandasining zarba beruvchidan ko`ra raqib darvozasiga yaqinroq turgan hamma o`yinchilari o`yindan tashqari holatda hisoblanadi va ular to`pga tega olmaydilar yoki raqiblarga halaqit bera olmaydilar.
7. To`p darvoza chizig`idan `tashqariga chiqib ketib, chiziqning nari tarifida himoyalanayotgan komanda o`yinchisi birinchi bo`lib unga tegsa, shu komanda darvoza chizig`ining o`yinchi to`pga tepkan joy ro`parasidagi nuqtasidan to`p tepish huquqini oladi` bordi - yu hujum qilayotgan komanda o`yinchisi to`pga birinchi bo`lib tegsa, unda shu komanda darvoza chizig`ining o`yinchi to`pga tegkan joy ro`parasidagi nuqtasidan 15 yard (13,6 m) maydon ichkarisidagi nuqtadan erkin to`p tepish huquqini oladi. Erkin to`p tepish paytida himoyadagi komanda - to to`p tepilganga qadar darvoza chizig`idan tashqarida turadi.
8. Agar o`yinchi bosha o`yinchi zarbasidan uchib kelayotgan to`pni bevosita qo`l bilan ilib olsa, shu holatda ro`y bergan joyni belgilab olib, usha joydan erkin tepish mumkin.
9. O`yinchilar to`pni qo`llariga olib yugura olmaydilar.
10. O`yinchilarni chalish va urish man etiladi, shuningdek o`yinchini qo`l bilan ushlab to`xtatib qolish yoki turtish man etiladi.
11. To`pni qo`l bilan uzatish man etiladi.
12. Maydon ichida to`pga qo`l tekkizish man etiladi.
13. Temir yoki guttaperchadan qilingan joylari turtib chiqqan poyabzalda o`ynash man etiladi. Ko`rinib turibdiki, 1863 - yilgi qoidalar hozirgi qoidalardan anchagina farq qilgan.
1866 yili «o`yindan chiqqanlik» qoidasi engillashtirildi. Endi raqiblar sirt chizig`i bilan o`zi o`rtasida qarshi tomon o`yinchilaridan uch kishi bor bo`lsa, bu o`yinchi «o`yindan chiqqan» bo`lmaydi. Yana shu yili darvoza ustunlarini gorizontal arqon tortib birlashtirishga qaror qilinib, arqonning erdan balandligi 5,5 m qilib b`elgilandi.
1871 - yildagina Golkiper (darvozabonga) qo`lda o`ynash ruxsat etildi. To`p himoyadagi o`yinchiga tegib sirt chiziqdan maydon tashqarisiga chiqib ketganda burgandan to`p tepish qoidasi 1873 - yilda kiritildi.
1785 – yili ustunlarni birlashtirib turgan arqon erdan 7 m 44 sm balandlikda etkizilgan to`singa almashildi. Usha yili darvozaga to`p kiritilganda, keyin tomonlar almashtirish qoidasi o`rniga o`yinchilar tanaffusdan keyingandan keyin almashish qoidasi joriy qilindi.
1882 yili to`rtta mustaqil futbol ittifoqi - Angliya, Shotlandiya, Uel`s va Irlandiya futbol ittifoqlari birlashdilar yagona qoidalar qabul qilinadi va futbol qoidalariga biron bir o`zgarish kiritish huquqiga ega bo`lgan Xalqaro kengash qabul qilinadi va tastiqlanadi.
Futbol maydonida sud`ya birinchi marta sud`ya 1880 – 1881 yillarda ishtirok etadigan bo`ladi. O`yinni belgilangan qoidalarga muvofiq o`tkazish, urilgan gollar nechta bo`lganini aniqlash va boshqalar, hatto o`sha vaqtlarda - yoq sud`yaning vazifasi edi. 1891 yildan sud`ya maydonga ikkita yordamchisi bilan chiqadigan bo`ldi.
1871 yilda Angliya mamlakat Kubogi uchun o`yin ta`sis etildi. Ingliz futbol klublari hozirgi vaqtda ham o`sha kubok uchun ko`rilib kelmoqdalar.
Xalqaro miqesidagi dastlabki futbol o`yini 1873 – yili Angliya bilan Shotlandiya futbol komandalari o`rtasida bo`lgan edi. Komandalardagi o`yinchilar soni 11 kishidan ko`p bo`lmasa da, vaqtdan boshacharoq bo`lgan. Angliya komandasida etti o`yinchi hujumda, bittasi yarim himoyada musobaqalashgan, ularda boshqa yana ikkita himoyachi va bitta darvozabon bo`lgan.
Shotlandiya komandasi olti hujumchi, ikki yarim himoyachi, ikki himoyachi va darvozabondan iborat edi. Keyingi yili ingliz futbol komandalari ham o`yinchilarni shotlandchasiga joylashtirishga o`tadi, chunki ana shunday joylashtirish o`zini oqlagan bo`lsa kerak. Qoidaga kirgan o`zgarish va takomillashuvlar, so`zsiz, o`yin texnikasi va taktikasiga ta`sir qilmay qolmas edi.
X8X – asrning 80 yillarida futbol o`yini kontinental evropa qit`asi mamlakatlariga ham tarqaldi.
Futbol 1875 yilda Gollandiyada, sal keyinroq Daniyada o`ynala boshladi. Daniya ko`p o`tmay qitada futbol bo`yicha etakchi o`ringa chiqib, birinchi jahon urishga qadal shu mavqiani saqlab keldi. Futbol 1882 – yildan Shveytsariyada, 1890 yildan Chexiyada, 1894 yildan Avstraliyada o`ynala boshladi.
1904 yili Xalqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA) tuzildi. Hozir uning sostavida 143 mamlakat bor. FIFA bilan bir qatorda 1954 yildan buyon evropa futbol ittifoqi UeFA ham ishlab turibdi, unga 334 mamlakat a`zo bo`lib kirgan.
1930 yildan buyon futbol bo`yicha har to`rt yilda Jahon Chempionati, 1958 yildan buyon esa evropa Chempionati o`tkazilib, ularda milliy terma jamoalar qatnashib kelmoqdalar.
1900 - yildan boshlab futbol sportning Olimpiya turlari qatoriga kirdi, biroq 1908 yildagina u r1smon Olimpiya o`yinlari dasturiga kiritildi. UeFA rahbarligida quyidagi Kubok o`yinlari o`tkazilib turadi` evropa Chemptonatlari Kubogi (1956 yildan buyon), Kubok egalari (1961 yildan buyon) va yarmarkalar Kubogi (1958 yildan buyon). Bular endilikda UeFA Kubogi deb yuritiladi.



Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling