Mavzu: Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish Reja


Download 89 Kb.
bet1/3
Sana08.11.2023
Hajmi89 Kb.
#1757238
  1   2   3
Bog'liq
Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish


Mavzu: Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish


Reja

Kirish
1.Futbolni qisqacha kelib chiqish tarixi.


2.Dastlabki futbol o‘yini va maydoni.
3.Xorijiy mamlakatlarda futbolni rivojlanishi.
4.Futbol o‘yini maqsadi va uning xususiyatlari.
Xulosa
Adabiyotlar


Kirish
Xurmatli talabalar biz bilamiz futbol «milionlar o‘yini» ekanligini. Futbol bu xalq sevgan va eng ko‘p ommalashgan o‘yindir. Futbol qadim zamonda paydo bo‘lgan, ozgina bo‘lsa ham futbolga o‘xshash to‘p o‘yini 1880 yilda tilga olingan. 1913 yilda Angliya podshosi Eduard 2 shahar ichkarisida futbol o‘yinini taqiqlagan. Italiyada futbol birinchi bor 1400 yilda tilga olingan. Futbol o‘ynash bo‘yicha birinchi galda ingliz kollejlari 1863 yili futbol assotsiyasi tuzadilar. Shunday qilib 1863 yilda futbol o‘yini vujudga keladi. Futbol so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib fut-oyoq, bol-to‘p degan ma’noni anglatadi. 1893 yilda dunyoda birinchi marta Angliya futbol federatsiyasi tashkil topgan va o‘yin qoidalarini ishlab chiqishgan. Shu sababli futbolni vatani Angliya xisoblanadi. Inglizlar asosan maydonning eni va uzunligi, darvozaning uzunligi va balandligi, o‘yinchilarning soni, o‘yinning bo‘limi va dam olish vaqtlarini ishlab chiqishgan. angliyada o‘yinda darvazabon va 10 ta o‘yinchi ishtirok etishlarni bitta jamoa deb ta’rif berishgan.
1904 yilda Xalqaro futbol federatsiyasi tashkil topdi. (F.I.F.A.) Futbol Olimpiya o‘yinlarga 1900 yilda kiritilgan. 1954 yildan Yevropa futbol Ittifoqi UYEFA ham ishlab turdi. 1960 yildan har 4 yilda milliy terma jamoalar turniri o‘tkaziladigan bo‘ldi. Har yili 18mart futbol bayrami kuni nishonlanadi. 1908 yilda olimpiyada o‘yinlari qatoriga kiritildi. 1872 yilda birinchi halqaro uchrashuv bo‘lib , bunda Angliya va Shotlandiya terma jamoalari 0:0 durang o‘ynashagan. Shundan keyin Yevropa mamlakatlarida jadal suratda rivojlana boshladi. Keyinchalik Aziya va Osiyo mamlakatlariga ham yetib keldi. 1897 yilda Rossiyaning Peterburg shahrida rivojlana boshladi. 1911 yili Rossiya futbol federatsiyasi tashkil topdi. Oradan bir yil o‘tib 1912 yili O‘zbekistonda ya’ni qo‘qon shahrida futbol o‘ynala boshladi. Darvoza uzunligi 7,32 sm, gorizontal va balandligi 2,44 sm ikkita vertikal ustunlardan iborat. Darvoza ustunlarining diametri 12 sm. Aslida futbol darvozalarinng ustuni birdaniga paydo bo‘lmagan. Avvallari to‘p balandligidan qatiy nazar ikki to‘sin o‘rtasidan o‘tsa gol hisoblangan. Biroq ayrim xolatlarda darvoza ishg‘ol etilganligi borasida o‘ziga xos mushkulliklar tug‘ilgan va natijada ikki ustunni birlashtiruvchi arqon tortilgan. Bunday darvozali uchrashuv ilk bor 1866 yili o‘tkazilgan 1875 yilda arqon o‘rnini ustun egallagan 1925 yilda «vne igro‘» ya’ni «o‘yindan tashqari holat»-qoidasi qo‘shimcha tarzda qo‘shildi. 1930 yilga kelib birinchi marta futbol bo‘yicha jaxon birinchiligi Urugvay mamlakatida o‘tkazilib unda Urugvay terma jamoasi jahon chempioni bo‘lishgan. 1934-1938 yillarda Italiya, 1950 Urugvay, 1954-FRG, 1958-1962-Braziliya, 1974-FRG, 1978-Argentina. 1960 yildan Yevropa birinchiligi o‘tkazilgan 1960-SSSR, 1964-Ispaniya, 1968-Italiya, 1972-FRG, 1976-Chexoslavakiya. 1955 yildan Kubok chempionlari, keyinchalik kubok egalarining kubogi musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda. 1924 yildan SSSR birinchiligi, 1936 yildan SSSR kubogi uchrashuvlari o‘tkazilindi va o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonda 1991 yildan birinchilik va kubok o‘yinlari o‘tkazilib kelmoqda. 1900 yilda birinchi bor olimpiyada futbol bo‘yicha uchta terma jamoa qatnashgan bular, Belgiya, Angliya, Fransiya bunda birinchi bor Angliya terma jamoasi g‘alaba qozongan. Futbol maydonining uzunligi 110x90 metrgacha, e’ni 75x45 metrgacha bo‘ladi. To‘pning aylanasi 68-71 sm, og‘irligi esa 410-450 gr, bosimi 0,6-1,1 atmosferadir.
Maydonning chiziqlari esa 12 sm qalinlikda chizilishi shartdir Futbol asosan yurish va yugurishlar bilan bir qatorda sakrovchi mashqlarni ham amalga oshiriladi. Inson yurganda a’zoyi badanidagi qariyib barcha muskullar ishlaydi, organizmdagi yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati kuchayadi, natijada modda almashinuvi ortadi. Yugurganda muskul gruppalarining deyarli hammasi ishga tushadi, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati kuchayadi. Yugurishda kishi irodasi mustaxkamlanadi, o‘z kuchini taqsimlay olish, to‘siqlardan o‘ta bilish, ochiq joyda mo‘ljal olish qobilyati xosil bo‘lib, bu futbol o‘yinida juda qo‘l keladi. Sakrashda qisqa vaqt ichida asab-muskul kuchiga maksimal zo‘r berish bilan harakterlidir. Sakrash oyoq va tana muskullarini kuchaytirish, sakrovchanligini oshirish, o‘z tanalarini iroda qila bilash kuchlarini yig‘a bilish qobilyatlarini takomillashtirish, kuch, tezlik, chaqqonlik, mardlik ortadi. Futbolda asosan talabaning ish qobiliyatini oshirish uchun qisqa vaqt ichida biror qarorga kelishi, kuchliligi, chaqqonligi epchilligi, jismonan baquvvatli bo‘lishi bilan harakterlanadi. Futbolchi doimo o‘z tani va to‘p vazni bilan ish tutadi, boshqacha qilib aytganda u asosan gavdasi va to‘pning inersiyasini bartaraf qilish uchun o‘z kuchidan foydalanadi. Harakatning boshlanishi, tezlashtirish, to‘xtash, harakatning yo‘nalishini o‘zgartirish, saqlash, to‘pga zarba berish-futbolchining kuchini namoyon qiladigan sifatlaridandir.
Futbolchining chaqqonligi avvalo futbol maydonida o‘zgarib turuvchi vaziyatda to‘pni olib yurgandan keyin to‘psiz qilgan harakatlaridan namoyon bo‘ladi. To‘p olib yurish kimga uzatishni tanlash va to‘p tepish o‘yinchidan juda keng koordinatsion imkoniyatlarini ko‘rsatishni talab etadi. Agar bunga futbolchining harakat va texnik faoliyati yakkama-yakka olishuvlar va turli dastlabki xolatlar asosida o‘tishni, o‘zidan to‘pni oshirib urish, dumalatib urish sakrab turib bosh bilan urish va o‘yin shart-sharoitlarini ya’ni yomg‘ir, qorli, issiq, o‘tli va yerli maydonlar, tabiiy va sun’iy maydonlarni xisobga olsak unda o‘yin faoliyatining samarali bo‘lishi uchun rivojlangan epchillik sifatlarining yuqori bo‘lishi futbolchi uchun qanchalik muxim ekanligi o‘z-o‘zidan tushunarlidir. Futbolchilar maydondagi egallagan o‘rniga qarab 5,5 kmdan 10,5 km gacha yo‘l bosib o‘tadi. Bunda shiddatli harakatlar tez yugurish tezlanishlar 5 minut vaqtni egallaydi. Bu vaqt oraligida o‘yinchilar 1500 dan 2500 metrgacha masofaga tez ammo qisqa-qisqa qilib uzunligi 7-15-24 metrdan yuguradilar shu orada sekinroq yugurishga 25 dan 35 minutgacha, qadamlab yugurish uchun 45 dan 57 minutgacha vaqt sarflanadi. Agar futbolchi faoliyati kuchli ruxiy xolat o‘tishini xisobga oladigan bo‘lsak, bunga ham ozmuncha kuch-quvvat sarflanmaydi. Biroq o‘yin faoliyatini taxlil qilish shuni ko‘rsatdiki kuchli harakat faoliyatidan keyin bo‘ladigan tanafuslarda umumiy dastlabki holatni tiklab olish uchun ularga yetarlicha vaqt bo‘lar ekan. Umumiy jismoniy tayyorgarlik, sportchining umumiy jismoniy rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, sport turiga xos bo‘lmagan xolda sportchi organizmning funksional qobilyatini oshiirish va atletik rivojlanishni ta’minlaydi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik sportchini turli xil harakat malakalari bilan boyitadi.
Tarixan mavjud bo`lgan jismoniy madaniyat tizimlariga insonning jismoniy (harakat) sifatlarini madaniyatlay olishiga qarab baxo berildi. Insonning organizmida turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana buginlari harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jismoniy sifatlar deb atash kabul qilingan. Inson organizmining shu sifatlarini qanday pamosp qila olishiga qaray kuchli, chaqqon, tezkor va \.k. deb qaray boshlaganlar, bu sifatlar ulchoviga ega, uning ko`rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik ko`rsatkichlari deb ataladi va ko`rsatkichlar orqali individning ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorligi aniqlandn. Masalan, individ 100 kg ogirlikdagi shtangani yelkaga olib faqat 3 marotaba utirib tura olsa, boshqasi shu vazn bilan 5 marotabadan ortik utirib tura olishi mumkin. Shu mashqni ikki marta ortik bajarganligi uchun ikkinchi urtokning kuch sifati rivojlangan deb qaraladi. Bu sifat organizmning suyak, muskul va boshqa organlarining tukimalari, xujayralari va xokazolarning rivojlanganliligigagina bog`liq bo`lmay, ma`naviy-ruxiy fazilatlariga ham bog`liq. Shuning uchun harakat sifatlarini madaniyatlash ma`naviy-ruxiy fazilatlarni madaniyatlash ishi bilan chambarchas bog`liq va madaniyatning shu yunali shiga vosita bo`lib xizmat qiladi.
Harakat sifatlarini madaniyatlashga intilish insoniyatning azaliy orzusi. Mehnat qurollari, harbiy anjom va aslaxa bilan muomala qilish ning samaradorligi tabiat insonga in`om etgan va uni madaniyat jarayonida rivojlantirish mumkin bo`lgan jismoniy fazilatlarga bog`liq. Ibti doiy odamning jismoniy sifatlarining rivojlanganligi past bo`lsa, yashash uchun ko`rasha olmagan. Keyinchalik abstrakt tafakko`rning shakl lanib rivojlanishi shaxsni jismoniy va har tomonlama garmonik (ak liy, axloqiy, ruxiy, estetik, mehnat va madaniyatlarining boshqa element lari) madaniyat lash lozimligi masalasini kundalang kuydi.
Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, e`tikodli, sadokat li, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har taraf lama ma`naviy yetuk, jismonan garmonik rivojlangan kishini madaniyatlash hozirgi kungacha davrimizning asosiy vazifalaridan biri deb xisoblanib kelindi. Hozir ham bu dastur o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. U mamlakatimizda amalga oshiralayotgan "sog`lom avlod uchun" dasturining o`zagini tashqil etadi.
Xulosa qilganda, jismoniy madaniyatni, xususan, jismoniy sifat larni rivojlantirnshni moxiyatining yuqoriligi va salmoqliligi ko`zga yakkol tashlaiib turibdi. Shuni qayd etish kerakki, jismoniy sifatlar ni rivojlantirishda ularning (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va xokazolarning) barchasini o`zaro o`zviy boglab olib borishni madaniyat ja rayoni takazo qiladi. Lekin sportning ma`lum bir turida muayyan fazilat kuchlirok shakllanadi, rivojlanadi va u yetakchi harakat sifati tarzida nomoyon bo`ladi. Boshqa sifatlar ham nisbatan ri vojlanadi, lekin ular yordamchi, kumakchi harakat sifati tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, sport uyinlaridan basketbolda ayeosan chaqqonlik sifati rivojlanadi deb xisoblansa, tezlik yordamchi sifati tarikasida rivojlanadi. Lekin basketbol chidamlilikni ham madaniyatlashda asosiy vositadir. Ogir atletikachilarda kuch jismoniy sifati yetakchi fa zilat sanaladi. "Siltab kutarish (rkvok)ni ko`p mashq qilish esa tezkorlikni rivojlantiradi. Amaliyotda bu mashqlar orqali chidamlilik va egiluvchanlik ham kumakchi jismoniy sifat tarzida rivojlanishini guvoximiz. Umuman, chaqqon lnkni rivojlantirish uchun ko`prok uyinlardan: voleybol, basketbol, futbol, tennis, stol tennisi, gandbol, xokkey, regbi va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aslida bu uyinlar uchun tezlikning ahamiyati ham ikkinchn darajali emas. Chakkonlikni rivojlantirish esa tez o`zgaruvchan uyin sharoitiga moslasha bilishni, ko`zatuvchanlikni, muljalga to`g`ri olishni, qisqa fursat ichida turli murakkab vaziyatda aniq, to`g`ri tuxtamga kelish, uni xis qilish va o`z harakatlarini shu vaziyatga moslay olishdek hayotiy-zaruriy amaliy harakat malakalarni shakllantiradi.
Velosiped, harakatli uyinlar ham chaqqonlikni rivojlantiradi. Kuchni rivojlantirish uchun biz, odatda akrobatika, gimnastika, ogir atletika, ko`rash, eshkak zshish, o`rta masofaga yugurish, regbi, kulturizm kabi sport turlaridan foydalanishimizga to`g`ri kelmoqda. Aslida shu sport turlarining ayrim mashqlaridan to`g`ri va samarali foyda lanish maqsadga muvofiqdir.
Biz yosh sportchilarda egiluvchanlikni rivojlantirish uchun, odatda, badiiy va sport gimnastikasi mashqlaridan, akrobatikadan, suvga sak rashdan, kulturizmdan va boshqa mashqlardan foydalanimiz. Chidamlilikni rivojlantirish uchun o`rta va uzoq masofalarga yurish, sport yurishi, changida yurish, eshkak eshish, velosipedda yurish va shu bilan birga, ayrim mashqlarni qaytarishlar sonini oshirish bilan erishish mumkin. 300 m. ga 3 marta emas, balki 4 yoki 5 marta so`zish, 30 m. 60 m. 100 m. 200m. 400 m. ga yugurish; shu masofalarga so`zish, velosipedda qisqa masofa ga poyga(git), sport uyinlari, shtangada "siltab kutarish" mashqlarni bajarish tezkorlikni rivojlantirishning asosiy vositasi xisoblanadi.
Tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, kuch, shu kabi jismoniy sifatlar xech qachon alohida ajratib rivojlantirilmaydi. Madaniyatning boshqa turlari - aqliy, axloqiy, ruxiy, mehnat, va boshqalarni tar biyalash jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish mashg`ulotlarida osonrok kuchadi va madaniyat jarayonining samaradorligini oshiradi. Har qanday harakat biror-bir konkrekt harakat vazifasi deb atala digan vazifani xal qilishga qaratiladi. Masalan, iloji boricha balandrok sakrash, tupni ilib olish, rakibni aldab utish, shtangani kutarish va xokazo. Harakat vazifasining murakkabligi, bir vaqtda va ketma-ket bajariladngan harakatlarning uygunligiga bo`lgan talablar, harakatlar koordinatsiyasi va boshqalar bilan belgilanadi.
Harakatlarning koordinatsiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi ulchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakter» stikala ri harakat vazifasiga mos bo`lsa, harakat yetarli darajada aniq bo`ladi, hara kat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi ulchovidir.
Hayotda va sportda duch kelishi mumkin bo`lgan barcha harakatlarni ikki guruxga ajratamiz.
1. Nisbatan stereotip harakatlar.
2. Nosteriotip harakatlar.
Engil atletika yulkasida, tyokiz joyda yugurishlar, uloktirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari, birinchi gurux harakatlarnga, sport uyinlari, yakkama-yakka olishuv, slalom, kross va shu kabilar ikkinchi gu ruxga kiritiladi. Stereotip harakatlardagi aniqlik, kishi bu harakat larni bajarishning qanchalik uzoq mashq qilganligiga, va uni tezxnikasini o`zlashtirganligiga bog`liq. Agar inson o`zi uchun yangi harakatlarni birdaniga bajara boshlasa, bu harakatni o`zlashtirib olishiga ko`ra vaqt ni turlicha sarflannshiga qarab chaqqonlikka ham baxo beriladi.
Bu ta`rifimizdan ko`rinib turibdiki, chaqqonlik - bu baxo lash uchun yagona ulchovga (kriteriyga) ega bo`lmagan murakkab kompleksli fazilatdir. Har bir muayyan xolda, sharoitga qarab u yoki bu kriteriyni tanlab oladilar. Chakkonlik anchagina xususiy fazilatdir. Sport uyin larida chaqqon bo`lib, gimnastikada unchalik chaqqonlik ko`rsata olmaslik mumkin. Chakkonlikning hayotiy muhim harakat sifati tarzida namoyon bo`lishi gavdaning nisbatan kam harakatda bo`lgani xolda, qo`llar bilan moxirona harakat qilishda kul chaqqonligini namoyon bo`lishi (ajratuvchi, slesarlik, uymakorlik, duradgorlik, stanokda ishlash, kosiblik va bosh kalarda) ko`zga tashlanadi. Har qanday harakat qanchalar yangi bo`lib tuyulmasin, doimo koordinatsiyaviy boglanishlar asosida bajariladi.
Sxematik tarzida har qanday individ yangidan-yangi harakatlarning barchasini oldindan o`zlashtirgan tajribalari zaxirasi asosida o`zlashti radi va mustaxkamlangan, goyat ko`p elementar koordinatsnyaviy bo`lakcha larning yiginini to`zadi. Kishida harakatlar koordinatsiyalarining zaxi rasi, harakat kunikmalari zamini qanchalik ko`p bo`lsa, u yapgi harakatlarni shuncha tez o`zlashtirib oladi. Unda chaqqonlik darajasi aytarli yuqori bo`ladi. Chakkonlikning namoyonlik darajasi analizatorlar faoliyatiga, jumladan, harakat analizatorlarining faoliyatiga bog`liqdir. Individning harakatlarni aniq taxlil etish qobiliyati qanchalik rivojlangan bo`lsa, yangi harakatlarni tez egallab, ularni qayta o`zlashtirish, yangilash imkoniyatlari shunchalik yuqori bo`ladi. Sport bilan endigina shug`ullana boshlagan kishilardi harakat tuygusi (kinesteziya) ko`rsatkich lari zaxirasiga tayanib urgatish (o`qitish) jarayoni yulga qo`yiladi. Bosh kacha qilib aytsak, shug`ullanayotganlarda o`z harakatlarini aniq sezish va idrok qilish qobiliyatlari qanchalik yaxshi bo`lsa, yangi harakatlarni ular shunchalik tez o`zlashtiradilar. Chakkonlik markaziy nerv sistemasi ning plastikligiga ham bog`liq va uning darajasi shu bilan aniqlanadi.
Chakkonlik, psixologiya nuktai nazaridan, o`z harakatlarini va tevarak-atrofidagi harakatni ijro etish, sharoitni idrok etish qobiliyati qanchalik ekanligiga, shuningdek, shug`ullanuvchining tashabbuskor ligiga bog`liq. Bu harakat sifati murakkab harakat reaksiya larining tezligi va aniqligini namoyon qilishda juda muhim rol uynaydi.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling