Mavzu: futbolchini tezkorligini tarbiyalash oddiy va murakkab reaksiyasi
Download 76.84 Kb.
|
FUTBOLCHILAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB.FUTBOLCHILAR TAYYORLASHDA TEZLIK-KUCH SIFATLARINING O‘RNI ....
- BOB.JISMONIY SIFATLAR TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA Тezkorlikni rivojlantirish xususiyatlari
MUNDARIJA: KIRISH. . BOB.JISMONIY SIFATLAR TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA .. 1.1Тezkorlikni rivojlantirish xususiyatlari .. 1.2Kuchni oshirish xususiyatlari ..... BOB.FUTBOLCHILAR TAYYORLASHDA TEZLIK-KUCH SIFATLARINING O‘RNI .... 2.1Futbolchilarda tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan vositalar .... XULOSA .... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .... KIRISH Respublikamizda futbolni rivojlantirishga qaratilgan qator Hukumat Qarorlari ushbu sport turini yuksak darajaga ko‘garish uchun barcha imtiyoz, moddiy- texnik va huquqiy imkoniyatlar yaratib qo‘yibdi. Ma’lumki, texnik-taktik mahoratni takomillapggirish samaradorligi tezlik-kuch sifatlarining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Umuman, yuqori qobiliyatli futbolchilarni tayyorlashda tezlik-kuch sifatlari o‘ta zarur rol o‘ynaydi. Lekin bu borada ham ko‘pgina murabbiylar shu sifatlarni rivojlantirishga oid mashqlarni shug‘ullanuvchi bolalarning yoshi, jismoniy va funksional. imkoniyatlaridan qat’iy nazar qo‘llaydilar. Tezlik-kuch sifatlari va ulariing rivojlanishi dinamikasi insonni yoshi, uning harakat faoliyati yoki qanday sport turi bilan shutullanishiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, ushbu sifatlarning rivojlanishi murakkab biologik qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Binobarin, sport trenirovkasi jarayonida jismoniy va texnik-taktik mashqlarni qo‘llash, jumladan, tezlik-kuch sifatlarini rivojlantirish shug‘ullanuvchilarning funksional imkoniyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Buning uchun har bir murabbiy jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikning fiziologik mohiyati haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi darkor. Barcha sifat va sport malakalari kabi, tezlik-kuch sifatlari ham o‘ziga xos fiziologik xususiyatlarga ega. Jumladan, tezlik sifati bu qo‘zg‘atgichlarga maksimalqisqa vaqt ichida aks ta’sir ko‘rsatish, harakat qilish yoki ish bajarish qobiliyatidir. Bunday tezkor harakat mushaklar tolalarining tez va kuchli qisqarish-bo‘shashish jarayoniga asoslanadi. O‘z navbatida bunday tezkor jarayon mushak tolalarining yo‘g‘onlashuvi (gipertrofiya)ga bog‘liq bo‘ladi. Tolalar yo‘g‘onlashuvi esa mashq qilishga va o‘z vaqtidan yuqori kaloriyali ozuqa moddalarining yetkazilishi evazigaro‘y beradi. Kuch yoki boshqacha aytganda, mushak kuchi ham aynan shunday fiziologik jarayon asosida shakllanadi. Bu sifatlarning rivojlanishi markaziy va vegetativ nervtizimlarining funksional faoliyatiga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017-yil jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir. O‘quv-trenirovka jarayonida murabbiy o‘z rahbarligi ostida shug‘ullanayotgan turli yoshga mansub guruh a’zolari tarkibidan qobiliyatli, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan bolalarni tanlab olishi va ularni o‘ziga faol yordamchi qilib tayyorlashi nafaqat mashg‘ulotlar samaradorligini oshiradi, balki sport intizomi, umuman ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga yordam beradi. Ushbu masalaning yana bir ahamiyatli joyi, ya’ni yordamchi faollar joyi shundaki, yordamchi faollar ommaviy voleybolni tashkil qilishda, iste’dodli bolalarni izlab topish, turarjoylarda – mahallalardagi bolalarni voleybolga jalb qilish, musobaqalar tashkil qilish, me’yoriy mashq- testlarini hamda «Alpomish» va «Barchinoy» testlarini qabul qilishda alohida o‘rin egallaydi. BOB.JISMONIY SIFATLAR TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA Тezkorlikni rivojlantirish xususiyatlari Shaxsning jismoniy madaniyatini shakllantirish jarayonida shug‘ullanuvchilar harakatlarni va ular bilan bog‘liq bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, o‘z jismoniy qobiliyatlarini ham rivojlantiradilar. Hozirgi vaqtda insonning harakat imkoniyatlarini tavsiflash uchun “jismoniy qobiliyatlar” va “jismoniy sifatlar” atamalaridan foydalaniladi. Bu tushunchalar ma’lum ma’noda o‘xshash bo‘lsalarda, lekin bir xil emaslar. Afsuski, adabiyotlarda mazkur tushunchalarning ta’rifi va o‘zaro aloqasi haqida birmuncha qarama – qarshi fikrlarni uchratish mumkin. Masalan, bir holatda jismoniy qobiliyatlar organizmning harakat faoliyatida ishtirok etayotgan hamda uning ta’sirini belgilaydigan funksional tizimlar layoqatining namoyon bo‘lish shakllari sifatida tushuniladi (G.G.Natalov,1977), boshqasida hayotda, ayniqsa, harakat faoliyatida amalga oshiriladigan va asosini jismoniy sifatlar tashkil etadigan insonga xos imko-niyatlar nazarda tutiladi (A.P.Matveev, 1991); uchinchisida qobi-liyatlar deganda, organizmning ruhiy – fiziologik va morfoligik xususiyatlariga asoslanuvchi rivojlangan tug‘ma qobiliyat nishona-lari tushuniladi (E.P.Ilin, B.V.Evstafev, 1987). Jismoniy qobiliyatlar – insonning u yoki bu mushak faoliyati talablariga javob beradigan va uning samarali bajarilishini ta’minlaydigan ruhiy – fiziologik hamda morfo-logik xususiyatlari majmuasidir. Inson harakat imkoniyatlarining alohida jihatlarini ifo-dalash uchun uzoq vaqt “jismoniy (harakatlantiruvchi) sifatlar” degan atama qo‘llanilgan. Hozir ayrim mualliflar uni “jismo-niy sifatlar” tushunchasining sodda formalastik mazmuni tufay-li ilmiy muomaladan chiqarib yuborishni va ularning o‘rniga faqat “jismoniy qobiliyatlar” atamasini qo‘llashni taklif qilmoq-dalar. Shunga qaramay, kundalik nutqda va ilmiy – usuliy adabiyolarda mazkur atama ancha keng tarqalgan. Shuninguchun, ehtimol, bu ikki tushuncha orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlash, ulardan foydalanish vaziyatlarini belgilab olish o‘rinlidir. Eng avvalo, qayd etib o‘tish kerakki, “sifat” tushunchasi har doim biron – bir narsaga nisbatan qo‘llanilib, uning boshqa nar-salardan farqlab turadigan,mohiyatiga xos belgisini ifodalay-di, xususan, buyum, xom ashyo, oziq – ovqat mahsuloti, hayot sifat-lari, shaxsning, bilimning sifati va hokazo haqida shunday gapi-riladi. Jismoniy tarbiya sohasida ham bu atamadan xuddi shu ma’noda foydalanish lozim. Demak, insonning jismoniy sifatlarini uning harakat im-koniyatlariga xos ba’zi xususiyatlar singari jismoniy qobiliyat-lar namoyon bo‘ladigan u yoki bu shakllarga nisbatan qo‘llab tekshi-rish, ya’ni ular to‘g‘risida amalga oshirib bo‘lingan qobiliyatlar asosida fikr yuritish mumkin. Inson sifat jihatidan bir- biridan farq qiluvchi turli-tuman qobiliyatlar egasi bo‘lishi mumkin. Aynan shu turli jismo-niy qobiliyatlarning sifatiy o‘ziga xosligi uning jismoniy sifatlari to‘g‘risida guvohlik beradi. Turmushda, jismoniy tar-biya va sportda inson qobiliyatlarining sifatiga xos xususiyatlar “kuchli”, “tezkor”, “chaqqon”, “egiluvchan”degan iboralarda o‘z aksi-ni topgan. Bu sifatlarning hayotdagi ahamiyati ularni ayirib ko‘r-satish mezoni hisoblangan. Aslida, jismoniysifatlar alohida jismoniy qobiliyatlarning erishilgan darajasi, ularning aniq-ligi, o‘ziga xosligi, ahamiyati ifodasi sanaladi. Masalan, inson-ning kuch qobiliyatlarini olaylik. Ular mushaklarning zo‘riqish darajasi yuqori, qisqarish tezligi esa nisbatanuncha katta bo‘lma-gan kuch mashqlarida namoyon bo‘ladi. Asli kuch qobiliyatlari “sust kuch”, “siquvchi kuch”, “statik kuch” kabi kuch sifatlarini tavsif-laydi. Tezlik – kuch qobiliyatlari mushaklarning jiddiy zo‘riqishi va ularning yuqori qisqarish tezligini talab etuvchi mashqlarda yuzaga chiqadi. Tezlik – kuch qobiliyatlarining rivojlanishi, eng avvalo “portlovchi” kuch deb ataladigan sifatda aks etadi. Yuqorida tilga olingan kuch sifatlari insonning kuch qobi-liyatlarini yaxlit tarzda aniqlash va farqlashga imkon beradi. Xuddi shunday boshqa jismoniy qobiliyatlarning ham sifat tafo-vutlarini ifodalash mumkin. Jismoniy qobiliyatlar vasifatlar orasida ko‘p ma’noli bog‘liqlik bor. Bir xil qobiliyat turli jis-moniy sifatlarni namoyon qilishi, turli qobiliyatlar esa ulardan faqat bittasini tavsiflashi mumkin. Masalan, «epchil» sifati asosida ko‘pgina qobiliyatlar: muvofiqlash, tezkorlik , kuch va bosh-qalar yotadi. Tezlik – kuch qobiliyatlari faqat «kuch» emas, «tezkorlik» sifatida ham o‘z aksini topadi. Shunday qilib, insonning jismoniy sifatlari jismoniy qobiliyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, turli harakatlar chog‘ida ularning namoyon bo‘lish xususiyatlari bilan belgilanadi, jis-moniy qobiliyatlarning rivojlanish va namoyon bo‘lish darajasiga bir tomondan atrof – muhit omillari (turmushning ijtimoiy –maishiy sharoitlari, iqlimiy va geografik sharoit mashg‘ulot o‘tkaziladigan joylarning moddiy ta’daqlanganligi, ularni rivojlantirish usuliyati va h.k.), ikkinchi tomondan esa organizm-ning turli tas’irlarga o‘ziga xos reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan irsiy omillar («motor» qobiliyat nishonalari) ta’sir o‘tkazadi, jismoniy qobiliyat nishonalari sifatida inson organizdaqing anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlari yuzaga chiqadi. Biror-bir faoliyatni bajarish jarayonida “motor nishonalar” organizm-ning moslashish o‘zgarishlari asosida takomillashib, tegishli jis-moniy qobiliyatlarga aylanadi. Ta’kidlash zarurki, “motor nishonalar” ko‘p funksiyali bo‘-lib, mushak faoliyati sharoitlariga qarab u yoki bu yo‘nalishda rivojlanishi va u yoki bu shakldagi jismoniy qobiliyatlar rivo-jini ta’minlashi mumkin. Professor Yu.V. Verxoshanskiyning fikricha, bunday shakllar harakat faoliyati turlari qancha bo‘lsa, shuncha ko‘p bo‘lishi mumkin, chunki ularning har biriga o‘ziga xos tuzilish, harakatlarning maqsadli yo‘naltirilganligi, mushaklar muvofiqlashi, organizm faoliyati rejimi hamda uning quvvat bilan ta’daqlanishi kabi xususiyatlar xosdir. Shu sababli ham organizmdan chidamlilik yoki harakatlar tezkorligini rivojlan-tirishga javobgar bo‘lgan qandaydir alohida mexanizmlarni izlash befoyda. Ularning takomillashuvi asosida inson organizdaqing morfofunksional ixtisoslashuviga olib keladigan moslashtiruvchi ta’sir, butun bir adaptiv reaksiya yotadi. Morfofunksio- nal qayta qurishlar organizmni to‘laligicha qamrab oladi. Biroq bu eng ko‘p darajada va birinchi navbatda asosiy ish yuklamasini ko‘taradigan mushak guruhlari hamda ularning ish qobiliyatini ta’minlovchi fiziologik tizimlarga taalluqlidir. Funksional ixtisoslashuvning bunday tanlash xususiyati, asosan, organizmning ma’lum faoliyatsharoitidagi ish rejimiga, uning yaqqol namoyon bo‘lish darajasi esa jismoniy yuklamalarning shiddati va hajmiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda jismoniy qobiliyatlarni besh asosiy turga ajiratish qabul qilingan: kuch, tezkorlik va muvofiqlash qobiliyatlari, chidamkorlik va egiluvchanlik. Ularning har biri harakat faoliyatining har xil turlarida xilma xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Download 76.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling