Mavzu: Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar Reja
Download 0.55 Mb.
|
Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar
Mavzu: Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar Reja Kirish ……………………………………………………………………….2 Futbolda harakatlanish (yugurish, sakrash, to‘xtash, burilish ) texnikasi……………………………………………………………..…..4 Maydon o‘yinchisining texnikasi ……………………………….….…8 Futbolda aldash harakat texnikalari……………………………………..23 Xulosa………………………………………………………………………28 Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………....29 Kirish Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida» 2021 yil 6 apreldagi PQ-5054-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek jismoniy tarbiya va sport boʼyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror xamda Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri А. Аripovning “Oʼzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga jismoniy tarbiya fani oʼqituvchilarini munosib ragʼbatlantirishni tashkil etish, oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi 2020 yil 20 fevral 106-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish boʼyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligini hamda yuqori mehnat samaradorligiga erishayotgan jismoniy tarbiya fani oʼqituvchilarini munosib ragʼbatlantirishni tashkil etish, oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, talabalarga jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʼullanish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish yuzasidan qator vazifalar amalga oshirilib kelmoqda. Shu boisdan ta’lim tizmini zamon talablari darajasida va erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali o‘sib kelayotgan Yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan har tomonlama sog‘lom, etuk va yuksak ma’naviyatli komil insonlar etib tarbiyalash davlatimizning ustivor yo‘nalishlaridan xisoblanadi. Bolalarning jamoatchilik, mehnatsevarlik va jamoat oldida o‘z burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalari hisoblanadi. Bola maktabga qadam qo‘ygan birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg‘otish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishini oxiriga etkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Hammamizga ma’lumki, kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘yinlari taqlid qilish tabiatida bo‘ladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni kuzatadi, undagi ba’zi narsalarni o‘yinga kiritadi va shu o‘yin vositasida o‘zini qurshab turgan olamni bilib oladi, shunday ekan, unda turmush xodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo‘ladi. Futbol bilan shug‘ullanishlar kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlik kabi jismoniy sifatlarini rivojlanishiga imkon yaratadi. Futbol yosh avlodni aqliy va irodaviy tarbiyalashda ahamiyatiga ega vositadir. Futbol mashg‘ulotlari va musobaqalarini to‘g‘ri tashkil qilish intizomlilik, tashkilotchilik, intiluvchanlik, irodalilik, quvnoqlik, ishchanlik va to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi sifatlarni tarbiyalashda ijobiy ta’sir qiladi. Bularni barchasini inobatga olib metodik qo‘llanmada mustaqil ta’lim tizimi, lektsiya kursi va amaliyot mashg‘ulotlaridan tashkil topgan, jumladan metodik vazifalarni individual tarzda mustaqil ishlashni ham o‘z ichiga oladi. Mazkur metodik qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarida jismoniy madaniyat nazariyasi bo‘limidagi futbolga oid talablar asosida yozilgan, amaliyot mashg‘ulotlari shuning jumlasidan, albatta bularning barchasi DTSga mos ravishda tayyorlangan. Mazkur metodik qo‘llanmaning yozishdan maqsad – talabalarga futbol nazariyasi asoslarini va amaliyotini o‘rgatishdir. Unda futbol tarixi, futbol mashqlaridan sog‘lik uchun foydali jihatlar mazmuni tashkillashtirish masalalari haqida ta’rif qilinadi. Mazkur metodik qo‘llanmani tayyorlashda manbaa sifatida futbol nazariyasi bo‘yicha yozilgan adabiyotlardan foydalanildi, jumladan jismoniy madaniyat va futbol sohasinnig etakchi olimlari ishlari o‘rganilgan holda tahlil qilindi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling