Xarakatli 1p65. p65
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqHarakatli oyinlar va uni oqitish metodikasi
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI ORTA MAXSUS, KASB-HUNAR TALIMI MARKAZI Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent 2010 HARAKAÒLI OYINLAR VA UNI OQIÒISH MEÒODIKASI Kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma P. Xojayev, K.D. Rahimqulov, B.B. Nigmonov 2 © Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010 4306021900 77 X 2010 360(04) 2010 ISBN 978-9943-05-360-1 Oliy va orta maxsus kasb-hunar talimi oquv metodik birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan BBK 74.202.5 X 98 Òaqrizchilar: K. Mahkamjonov pedagogika fanlari nomzodi, professor R. Salomov pedagogika fanlari doktori, professor Harakatli oyinlar oquv qollanmasi jismoniy tarbiya dasturi talablariga mos ravishda kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlangan. Ushbu oquv qollanmada harkatli oyinlarni kelib chiqishi tarixi, oyin- larning tavsifi, harkatli oyinlarni orgatish metodikasi, shuningdek, har xil sport turlaridan berilgan yosh toifalariga mos ravishda qollash metodikasi keng yoritildi. Mazkur oquv qollanma kasb-hunar kollejlari uchun moljallangan bolib, undan maktabgacha talim, umumtalim maktablari, akademik litsey oquvc- lari va jismoniy tarbiya oqituvchilari ham foydalanishlari mumkin. 3 KIRISH Bolalarni jamoatchilik, mehnatsevarlik va jamoat oldida oz burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bola maktabga qadam qoygan birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uygotish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan, bolalarning sevimli oyinlaridan foydalanish ayni muddaodir. Oyinlar hayotdagi tosiqlarni yengish hamda har xil xislat va qobiliyatlarni royobga chiqarish bilan bogliq bolgan jismoniy mashqlarning turli majmuasini oz ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda, bolalar sevib oynaydigan, ularga baxt va quvonch baxsh etadigan musobaqa elementlari ham harakatli oyinlarga kiradi. Malumki, kichik maktab yoshidagi bolalarning oyinlari taqlid qilish tabiatida boladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni kuzatadi, undagi bazi narsalarni oyinga kiritadi va shu oyin vositasida ozini qurshab turgan olamni bilib oladi, shunday ekan, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo boladi. Ushbu oquv qollanma tortta bobdan iborat bolib, birinchisi harakatli oyinlarning kelib chiqishi tarixi, ikkinchisi harakatli oyinlar haqida asosiy tushuncha va pedagogik ahamiyati, uchinchisi harakatli oyinlarni tashkil qilish shakllari, jismoniy tarbiya darslarida harakatli oyinlarni otkazish metodikasi, tortinchisi sinfdan va maktabdan tashqari vaqtda harakatli oyinlarni otkazish metodikasi kiritilgan bolib, oyinlarni orgatish va otkazish metodikalari har tomonlama yoritilgan. 4 Kitobda bayon etiladigan oyinlar, chunonchi, yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish kabi mashqlar bola harakat- larini rivojlantirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega bo- ladi. Oquvchilarda harakatlarning takomillashishi bilan birga, jismoniy qobiliyat ham taraqqiy eta boradi, yurak va nafas olish sistemasining faoliyati yaxshilanadi. Ushbu oquv qollanma kelajakda jismoniy tarbiya oqituv- chilariga, talabalarga, tarbiyachilar va kollejlarning oquvchilari uchun ham foydali boladi. 5 I bob HARAKAÒLI OYINLARNING KELIB CHIQISHI ÒARIXI Òarixiy malumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik oyinlari muhim orin tutgan. Bazi manbalarda ular ovdan oldin otkazilishi yozilgan bolsa, boshqalarida ovdan songgi oyinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu malumotlarni chuqurroq tahlil etadigan bolsak, unda ovchilik oyinlari ovdan oldin ham, undan song ham otkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi oyinlar avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik) vazifasini otagan hamda jiddiy oziga xos kichik ibtidoiy odamlar oljani osongina qolga tushirish, unga yaqinlashishni orga- nishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga kirish, uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan. Aynan ana shunday oyinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga orga- tishgan. Shu boisdan ham u oziga xos maktab vazifasini otab, bir tomondan, ovchilar mahoratini ostirishga yordam bergan bolsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid sanatini shakllantirgan va rivojlantirgan. Ovdan songgi oyinlar ov muvaffaqiyatli tugagandagina uyush- tirilgan deb tahlil qilish mumkin. Chunki olja bilan qaytish, bu ziyofat, xursandchilik qilishga, butun jamoaning bayram qilishiga imkon yaratgan. Orta Osiyo hududida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik oyinlari bolgan. Paleolit davri Boysun togidagi Òeshiktosh goridan bundan yuz ming burungi pespertol (orta paleolit) odam suyagining topilishi, Samarqanddagi Omonqoton qishlogidagi gordan topilgan tosh qurollar, Surxondaryoning Zarkot kamarida alvon rangdagi suratlar, Xojakent qishlogidagi toshlarga chizilgan kiyik hamda hokiz tasviri va boshqa kopgina arxeologik topilmalar va ulardagi tasviriy sanatga oid elementlar, jumladan, bolalar folklor oyin- larining eng sodda shoxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning tugilishi bosqichlarini aniqlashga ham yordam 6 beradi. Mazkur suratlarda ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchiligi, hayvonot olami va tabiat bilan bogliq marosimlari aks etib, ov vaqtida jonivorlar terisidan niqob kiyib yurishlari, bir tomondan, ov jarayonida yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormaslikni kozlasa, ikkinchi jihatdan, ularning tushuncha va etiqodlarini etnografik hamda urf-odatlari, qadriyatlarini ham ifoda etadi. Fargonaning Saymalitosh togi gorlariga chizilgan rasmlar (eramizdan oldingi III asrlar) hayvon terisini yopinib, oyinga tushayotgan shikor marosimlaridan dalolat beradi. Hayvonlar todasiga yaqinlashish uchun ibtidoiy odam hayvon yoki qushlarga aynan taqlid qilish, buning uchun esa ularning oziga xos xususiyatlarini, yurish- turishlarini, ot-olanlar bilan oziqlanishlarini, bir-birlari bilan oli- shishlarini, hurkib qochishlarini, hatto tovushlarini ham organishga togri kelardi. Nihoyat, yovvoyi hayvonlarni ov qilish shart-sharoiti odamning chaqqon va abjir, jasur va toliqmas bolishini, buning uchun doim tinimsiz shugullana borishini talab qilardi. Bularning hammasini oz navbatida ibtidoiy odamda jismoniy-ritmik yoki tabiat hodisalariga taqlid qiluvchi pantomima harakat va oyinlar, qahramonlik raqslarining tugilishiga olib kelar edi. Òog qoyalari va gorlarda chizilgan suratlardagi oyin tasviri mazmun-mano va shakl-shamoyil jihatdan turli xarakterga ega. Ayrimlari ov va mehnat jarayonini, bazilari esa tabiat hodisalariga taqlid shaklida, boshqalari jangovarlikni, afsungarlikni, imo-ishora va pontomima sanatini eslatadi. Dastlabki paytlarda shovqinli betartib oyinlar bora-bora musiqaviy ohang pantomima hamda plastik harakatlar orqali amalga oshirila boshlangan keyingi davrlarda, bunday etnografik talqindagi oyinlar turli shakllarga kochib «Ayiq oyini», «Dev oyini», «May- mun oyini», songra «Pishiq oyin», «Ot oyini», «Yumronqoziq oyini», «Echki oyini», «Bori oyini», «Kaltak oyini», «Burgut oyini», «It oyini (irillatar oyini)», «Quyon oyini», «Òulki oyini», «Jak-jaku oyini» kabi kopgina oyinlar, pantomimalari avloddan- avlodga otib kelayotgani malum. Ular bevosita yoxud bilvosita bolalar folklor oyinlariga aloqadordir. Shu tariqa «oyin» sozi turkiy xalqlarning oynamoq sozi bilan bogliq holda (uy, aql, hikmat manolarini beradi). Aql fahmni, harakat va imo-ishoralar vositasida ifoda etmoqlik esa oyinlarning dunyoga kelishida muhimdir. Ozbek ananaviy bolalar folklor oyinlarining mavzu qamrovi va ijro uslublari juda keng. Ijtimoiy hayot, kishilar munosabatlarining 7 biron-bir jabhasi yoqki, ular oyinlar nazariga tushmagan bolsin. Xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bogdorchilik, polizchilik madaniyati deysizmi, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, axloqiy yoxud talim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi barchasi ananaviy oyinlarga mavzudir. Xu- susan, ozbek bolalar folklor oyinlari boshdan-oyoq manaviy, marifiy va axloqiy tushunchalar bilan yogrilgan. Xalqimizning ming-ming yillarda bosib otgan tarixiy yolida, tajriba-sinovlardan qayta-qayta otib, yaxlit va mukammal holga kelib, bizgacha yetib kelgan bolalar folklor oyinlarining mazmun yonalishiga qarab quyidagicha turlarga bolish mumkin: 1. Mavsumiy bolalar folklor oyinlari: ilk bahor, yoz, qish mavsumlarida oynaladigan folklor oyinlar. 2. Marosim bolalar folklor oyinlari: rasm-rusumlar, odatlar, marosimlar, ananaviy bayramlarda oynaladigan oyinlar. 3. Mehnat bilan bogliq bolalar folklor oyinlari: «Yerni tobiga keltirish, haydash», «Ekin ekish», «Qovun-qovun», «Orik qoqish», «Qovun sayli», «Yanchiq», «Xosh-xosh», «Churey-churey», «Sigir sogdi», «Òuya qaytarish», «Ot sugorish» va boshqalar. 4. Oilaviy-maishiy bolalar folklor oyinlari: «Mehmon-mehmon», «Kelin tushirish», «Kelin-kuyov», «Ona bola», «Ovqat pishirish», «Uy jihozlash», «qogirchoq oyini», «Non yopish», «Er-xotin», «Alla-alla», «Beshik bezash», «Beshikka belash» va boshqalar. 5. Jismoniy harakatli bolalar folklor oyinlari: «Quvlashmachoq», «Kes-kes», «Korpa yopildi», «Ziyrak», «Goz-goz», «Koptokni quvib yet», «Oq suyak», «Òop-tosh», «Sinish», «Chiqildo», «Chopish», «Zuv-zuv», «Oq terakmi-kok terak», «Eshak mindi», «Lanka», «Ot oyini», «Qiz quvdi» va boshqalar. 6. Mantiqiy bolalar folklor oyinlari: tez aytishlar, topishmoqni topish oyinlari, aytishuvlar, savol-javoblar, oylab top, xotirani tiklash oyinlari, chamalashlar va boshqalar. 7. Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bogliq bolalar folklor oyinlari. 8. Ermak bolalar folklor oyinlari. 9. Musiqa oyinlari. Xalq oyinlari, jumladan, bolalar folklor oyinlari, eng qadim zamonlardan boshlab xalq hayoti tarzini, manaviy-marifiy, jismoniy tayyorgarligini, estetik dunyoqarashini mujassamlashtirgan holda shu 8 kungacha rivojlanib, mazmun-maqsadiga kora teranlashib bizga yetib kelgandir. Boshqa sanat turlaridan farqli olaroq, oyinlarda xalq ruhiyati, psixologiyasi, koloriti va yosh avlod tarbiyasiga bolgan munosabatida yorqin aks etadi. Òarixiy manbalarga qaraganda, kechki paleolit davrida (taxminan miloddan 4041 ming yil ilgari) yer yuzining shimolida Òotemga oid «Ayiq bayramlari» bolgan. Òotem ayiqqa bagishlangan afsona- lardan bu bayram haqida bazi malumotlarni topish mumkin (ular- ning birida ayiq odamlarni ofatdan saqlab qoladi, buning evaziga qabilaning eng gozal qizini ayiqqa turmushga berishadi. Ular orta- sidagi toy tasviridagi «Ayiq bayrami»ga oid bazi elementlarini aniq- lash mumkin). Shuni eslab otish kerakki, «Ayiq bayramlarining variantlari va elementlari Sibir xalqlarining bazilarida XX asrning boshlarida ham saqlangan va bunday bayramlarda ayiq obrazidagi kishi bosh qahramon bolib, u ayiq xarakterini qilib, raqsga tushib yurgan. Orta Osiyoda esa «Ayiq oyini» (pantomimik raqs sifatida) keyingi vaqtlarda yetib kelgan. Hatto hozirgi kunda ham Ozbekiston Respublikasi hududida va shuningdek, Òurkiya, Hindiston va Kavkaz kabi joylarning kochalarida ayiq oynatib yurgan odamni, yani ayiqchini korish mumkin. Ular odamlar gavjum joylarda kichik to- mosha korsatib yurishadi. Balki bu qadimgi ayiq oyinidan bizgacha yetib kelgan elementlarning bir korinishi bolishi ham mumkin. Mehnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi odamlarning chorvachilik va dehqonchilikka otishi (bu jarayon orta Osiyoda miloddan oldingi III ming yillik oxiri II ming yillik boshlariga togri keladi) ana shu yangi sohaga oid odat, marosim va oyinlarni vujudga keltira boshladi. Malumki, dehqonlarning hayotida eng quvonchli voqea bu hosilni yigish va yangi noz-nematlarni totib korish jarayoni bolgan. Yil boyi kutilgan bunday jarayon, dehqonlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirgan. Bunday kotarinki kayfiyatni harakatlarda aks ettirish maqsadida kishilar oyinlar va marosimlarni tashkil qilishgan, «Mehnat oyinlari» yaxshi kayfiyat bilan keng manoda aytilganda bayram ruhiyatini vujudga keltirgan. Bronza davrlaridan boshlab otroq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning tez rivojlanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga kirishish, kuzda hosilning yigib olish yakuniga bagishlangan bayramlar va oyinlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar otishi bilan ananaga aylana boshlagan. 9 Demak, insonning «birinchi kasbi» ovchilik asosida «Ovchilik oyinlari» vujudga kelgan bolsa, uning dehqonchilikka otishi va u bilan shugullanishi natijasida «Mehnat oyinlari» shakllanib, yangi mehnat oyinlari va bayramlari uchun zamin yaratgan. Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgor- liklar» asari muhim rol oynaydi. Ayniqsa Navroz bayrami kunlarida har xil musobaqalar va oyinlar «Kopkari», «Kurash», «Ekin ekish», «Xorozlar jangi», poyga bayramning korki sanalgan. Shu bilan birga bedana, xoroz, qochqor urishtirish oyinlari ham otkazilgan. Shuning uchun xalq oyinlarining dastlabki namunalari insoniyat ongi va tafakkuri bilan bogliqdir. Uning paydo bolishida osha davr shart-sharoitlari, odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyo- qarashi, urf-odat va marosimlari asosiy rol oynagan. Avvalo oddiy ogzaki bayonning dastlabki namunalari paydo bolgan. Ular nihoyat- da sodda bolib, turli xildagi undov xitoblar va voqealarning bayoni- dan iborat bolgan. Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi. Eng qadimgi xalq oyinlari namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha ilgari paydo bolgan. Ilk xalq oyinlari asl holda, tolaligicha bizga yetib kelmagan. U otadan-bolaga, avloddan-avlodga otib, har bir oyin turli xil ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarni bosib otganligi sa- babli uning shakli va mazmunida yangi-yangi variantlari yuzaga kelgan. Xalq oyinlarining eng qadimgi namunalari bazi tarixiy yod- gorliklar, ilmiy asar va yodnomalar orqaligina bizgacha yetib kelgan. Eng qadimgi oyinlar jangnomalar, miflar, afsona va rivoyatlar, qahramonlik eposlari, sanoqlar va raqslardan tashkil topgan. Jahonga mashhur bolgan olim, tibbiyot ilmining buyuk no- moyandalaridan biri Abu Ali ibn Sino tibbiyotda jismoniy mashq- larning roli katta ekanligini ilmiy asoslab, osha vaqtlardayoq xalq milliy oyinlari va milliy kurash haqida qimmatli fikrlarni yozib qol- dirgan. Masalan, u quyidagi oyinlarni: «Yoydan oq otish», «Kichik qurollar bilan chovgon oyinlari», «Bir oyoqda sakrash», «Yuqori- dagi bir narsaga irgib osilish», «Nayza otish», «Òosh kotarish» va shunga oxshash oyinlarni yozib qoldirgan. Unga tevarak-atrofidagi shaxslar sen bilimdon va aqlli, ozing bolalarga har xil fanlardan bilim berasan-u, yana ular bilan oynaysan, deganlar, Ibn Sino bunday tanqidiy mulohazaga: «Inson hayotining har bir davri ozining gozal- ligiga ega. Bolalikning xususiyati esa oyin», deb javob bergan edi. 10 XI asrda yashab, ijod etgan Mahmud Koshgariy «Devonu lugotit turk», yani turkiy sozlar devonini tuzib chiqdi, unda xalq oyinlarining 150 ga yaqin turlari tilga olinadi va shundan 20 ga yaqin oyinlarga tarif beriladi. Olim oyin turlari, oyinlarning bola va kattalarning yosh xususiyatlariga nisbatan taqsimoti, mashgu- lot, musobaqa turlarini bayon qiladi. Mahmud Koshgariy bayonida oyinlar nafaqat jismoniy, balki aqliy mashgulotlarga ham bolinadiki, ular diqqat bilan organilishga loyiq. Hozirda biz «Sport musobaqalari» deb qollab yurgan ibora, Mahmud Koshgariy devonida «bahs» atamasi bilan berilgan. Bunday «bahslar»ning turlari kop bolgan. Masalan, merganlikda bahs qil- moq, oq-yoy otib, qush va hayvonlarni ovlamoq, shuningdek, arqon taxtali sopqonlarda tosh otmoq bahsi. Buni «Oltin qovoq» oyini deb ataganlar. Devonda bunday bahslarning qoida va shartlari, xillari, goliblarga beriladigan sovrinlar, asbob-anjomlarning nomlari bayon etilgan. Korish bahsi ham turlicha bolgan, chunonchi, bogdodi, chalish, yeng silkish, boyin qaytarish, baliq ovi, ovchilik bahslari shular jumlasidandir. Harakatli oyin haqida asosiy tushuncha Oyin tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil faoliyat turi, insonga xosdir. Oyin faoliyati juda ham turli-tumandir: oyinchoqlar bilan oynaladigan bolalar oyinlari, stol oyini, doira bolib oynaladigan oyin, harakatli oyinlar, sport oyinlari. Oyin oz-ozini bilish vositasi, oyin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bolishi mumkin. Oyin madaniyati elementi sifatida jamiyatning barcha madaniyati turlariva kishilarning har xil ehtiyojlari bilan rivojlanadi: oyin-kulgi, dam olishda, manaviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida katta orin egallaydi. Oyin faoliyati nafaqat madaniyatning bir elementi, balki bolalar va osmirlarni tarbiyalashda ham foydali vosita hisoblanadi. U har doim maqsadga yonaltirilgan va turli-tuman maqsadli yol- yoriq hamda asoslangan harakat bilan oziga xos xususiyatni kor- satib turadi. Oyin faoliyati ayniqsa bolalik davrida koproq meh- nat bilan umumiylikka ega boladi. Biroq oyin jarayonida hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun kishi moddiy boylikni yarata olmaydi. 11 Oyin juda ham quvnoq joshqin faoliyatdir, shuning uchun u yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda katta boylik kasb etadi. Oyinning turli-tumanligi katta-kichiklar orasida, ayniqsa osmirlar va bolalar ortasida eng keng tarqalgani bu harakatli oyin- lardir. Ular esa ushbu oquv qollanma fanining asosi hisoblanadi. Harakatli oyinlarning oziga xos xususiyati uning mazmuni harakatning rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, topni uzatish va ilib olish, qarshilik korsatish va boshqalar). Bu oyinlar harakatlanish va uning mazmunini (mavzu, goyasi) asoslab beradi. U oyinda qoyilgan maqsadga erishish yolida, turli-tuman qiyinchiliklarni, tosiqlarni yengib otishiga yonaltiriladi. Harakatli oyinlarning orasida haqiqatan ham (elementar) hara- katli oyinlar va sport oyinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham harakatli oyinlar oynovchilarning ozlarini ixtiyoriy ravishda or- natilgan, maqsadga shartli ravishda erishishga yonaltirilgan, ozida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan boladi. Oynovchilarning maqsadga erishishida faol harakatlantiruvchi hara- kat talab qiladi, uni bajarishi oynovchilarni ozlarining ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bogliqdir (nishonga tezda yugurib borish, nishonga tez otish, «raqibi»ga tez va epchillik bilan yetib olish yoki undan ozib ketish va hokazo). Harakatli oyinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport oyinlaridan farqli olaroq, harakatli oyinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan holda ozgartirish kiritish mumkin. Oyin qoidasi maqsadga erishish yolida oyindagi qiyinchiliklarni va tosiqlarning xarakterini aniqlaydi. Haqiqatan ham harakatli oyinlar oyin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun oyin qoidasi oyin qatnashchilari va rahbarlarning (oqituvchilar) ozlari otkazilayotgan oyinning sharoitiga qarab uni ozgartirib boradilar. Chunki unda oynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta- kichikligi belgilanmagan boladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham ozgartirib turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy top, kichik koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va hokazo). Sport oyinlari bu harakatli oyinlarning eng yuqori bosqichi- dir. Bunda oyin qoidasi qatiy belgilangan bolib, ularda maxsus maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport oyinining oziga xosligi 12 oyin jarayonida malum taktikada ozini tutishi va murakkab harakat texnikasi hisoblanadi. Bu esa oyin qatnachilaridan maxsus tayyor- garlik va mashqni talab qiladi. Har bir sport oyini belgilangan oyinchilarning soniga, maydon olchamlari va asbob anjomlariga ega boladi. Ayrim sport oyinlarida bazi oyinchilarda mutaxassisligi bolishi zarurdir (hujumga, himoyaga, darvozabon va b.q). Sport oyinlarining u yoki bu oyinida qatiy qoidaga mos ravishda maxsus hakamlik qilishni talab qladi. Ayrim sport oyinlarida oyin qatnashchilarining tarkibiga qarab bir necha marta (oquvchilar yoki kattalar, erkaklar yoki osmir qizlar) ozgartirilishi mumkin. Sport oyinlari sport turi hisoblanadi. Bular boyicha har xil darajadagi musobaqalar otkaziladi. Natijada sport oyinlari boyicha otkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi oyinchilarga sport razryad- lari va unvonlar beriladi. Ayrim harakatli oyinlar (masalan, «lapta», «voleybol» va hokazo) mashgulotning maqsadi, korsatmasi va uni tashkil qilish usullariga bogliq holda, ayrim holatlarda haqiqatan ham ozining xarakteriga qarab harakatli (elementlari) oyin deb yuritiladi, boshqalari esa sport oyinlari sifatida otkaziladi. Masalan, oyin qatnashchilari tasodifan yigilib qolganda (dam olish oyinlarida, sayllarda) ular haqiqatan ham harakatli oyin xarakteriga ega boladi. Harakatli oyinlardan yoshlar va bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida foydalaniladi, shuningdek, sport oyinla- riga va boshqa sport turlariga hamda «Alpomish» va «Barchinoy» test meyorlarini topshirishga tayyorlash vositasi bolib ham hisoblanadi. Harakatli oyinlar oziga xos bolishi mumkin (yakka tartibda), u hammadan koproq tez-tez bolalarning ozlari tomonidan (top oyini, argamchi bilan chambarakni aylantirish va boshqalar) tashkil etiladi. Ulardan tarbiyachi-pedagog va yetakchilar tomonidan bolalarning faol dam olishini tashkil qilish maqsadida foydalanish mumkin (tanaffusda, kuni uzaytirilgan guruhda va boshqa holatlarda). Jamoa bolib oynaladigan (guruh) harakatli oyinlar alohida pedagogik ahamiyatga ega boladi, chunki ularda oynovchi guruhlar, sinflar, zvenolar, bolimlar va sport seksiyasida shugullanuvchilar qatnashadilar. Jamoa bolib oynaladigan harakatli oyinlarda har doim musobaqalashish elementi oziga xos bolib (har bir kishi ozi uchun yoki har bir kishi oz jamoasi uchun), shuningdek, belgilangan 13 maqsadga erishishida, qiziqishni uygotishda bir-biriga yordam berish va ozaro yordamdan iborat boladi. Jamoa oyinlarining oziga xosligi shundan iboratki, oyinda hamma vaqt holatni ozgarib turishi, oyinchilardan tezlik reaksiyasi talab qilinadigan boladi. Shuning uchun oyin jarayonida ozaro munosabat har doim ozgarib turadi: har bir kishi ozi uchun yoki ozining jamoasi uchun «raqib- lari»ga nisbatan eng qulay holatni yaratishga intiladi. Harakatli oyinlar boyicha musobaqalar otkaziladi. Ular alohida oyinlar boyicha otkazilishi mumkin, oyinga qoyilgan vazifa taxminan bir xil sinflar bir xil yoshdagi oquvchilarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Biroq harakatli oyinlar majmuasi boyicha musobaqa otkazishning pedagogik ahamiyati shundaki, bunga har xil jismoniy sifat va malakalarni tarbiyalashga yordam beradigan turli-tuman oyinlar kiritiladi. Harakatli oyin majmuasi boyicha otkaziladigan musobaqada har xil yoshdagi bolalar, osmir- lar, yoshlar va kattalar qatnashishlari mumkin, biroq oyindagi vazifa har xil bolishi mumkin. Harakatli oyin boyicha otkaziladigan musobaqadagi bu juziy ozgarish sport oyinlari boyicha otkaziladigan musobaqalarga nis- batan bir oz farq qiladi, chunki sport oyinlari qatiy belgilangan sharoitda va qoida boyicha otkazilishi talab qilinadi. Har bir harakatli oyin ozining mazmuni shakli (tuzilishi) va metodik xususiyatiga egadir. Harakatli oyinlarning mazmuni quyida- gilardan iborat: mavzu yoki mazmun (ifodali yoki shartli oylab qoyilgan ish, oyin rejasi) maqsadga erishish uchun oyinga kiradigan harakat va qoidalar. Harakatli oyinlarning shakli qoyilgan maqsadga erishish usul- larini keng tanlash imkoniyatiga ega bolishi, oyin qatnashchilarining harakatini tashkil qilishdan iborat. Oyin qatnashchilari bir xil oyinlar- da ozining shaxsiy qiziqishlariga erishish uchun yakka yoki guruh bolib harakat qiladilar, boshqalarida esa ozlarining jamoalari qizi- qishlarini himoya qiladilar. Shuningdek, oyin uchun oynovchilar har xil tuzilishda yoki shaklda (sochilib yoki tarqalib, doirada, safda, qatorda) turadilar. Oyin shakli mazmuni bilan bogliq ravishda kelib chiqadi. Oyinning metodik jihatdan oziga xos xususiyati uning maz- muni va shakliga bogliqdir. Harakatli oyinlar metodik jihatdan oziga xos boladi: 14 a) jonliligi; b) chegaralangan qoida boyicha maqsadga erishishda mustaqil harakat qilish; d) qoidaga mos ravishda ijodiy tashabbuskorlik bilan harakat qilish; e) oyindagi alohida rollarni bajarish, uning mazmunia muvofiq- ligi, oyin qatnashchilarini jamoadagi malum darajadagi ozaro munosabati ornatiladi; f) tosatdan oyinda ozgarib qolish holati, bu esa oyinchi- lardan tashabbuskorlikni, tez reaksiyani talab qiladi; g) oyindagi musobaqa elementlari oyinda joshqinlikni (emotsio- nallik) oshiradi va kuchni toliq sarf qilishni talab qiladi; h) oyinda kelib chiqadigan «kelishmovchiliklar»ni hal etishda qarama-qarshi tomonlarning manfaatlarini bir-biriga zid qoymoq esa yuqori darajadagi joshqinlik tonusini yaratadi. Harakatli oyinlar nafaqat vosita, balki bolani jismoniy tarbiya metodi bolib ham hisoblanadi. Òarbiyada oyin metodining tushun- chasi oyin metodikasining oziga xos xususiyatini inkor qiladi, yani bu boshqa tarbiya jihozlaridan uning metodi munosabatda bolishida farqlanadi (musobaqa elementi, syujetning mavjudligi, maqsadga erishishning turli-tuman usullari, nisbatan mustaqil harakati). Oyin metodi ayniqsa murakkablashgan va ozgartirilgan sharoitda harakatni kompleks takomillashtirish uchun foydalaniladi. Harakatli oyinlar jismoniy tarbiya va oyin metodi vositasi sifatida jismoniy sifatlarni takomillashtirishga hamda tarbiyalashga yordam beradi. Bundan tashqari, harakatli oyinlarda gimnastika, yengil atletika, changi va boshqa sport turlari mashgulotlarida alohida malaka, konikma hamda tabiiy harakatlarni mustahkamlaydi va takomillashtiradi. Pedagogika amaliyotida harakatli oyinlarning ikkita asosiy turidan foydalaniladi: 1. Erkin, ijodiy yoki erkin oyinlar, bunda oyin qatnashchilari- ning ozlari oyin rejasini belgilashadi va belgilangan maqsadni ozlari amalga oshirishadi. Bu bolalarda godaklik, maktabgacha yoshda va kichik maktab yoshida ular hammadan kora tez-tez mazmunli boladi, chunki oyinning mazmuniga qarab rol taqsimlanadi, shu- ning uchun ularni psixologiyada gola shaklida oralgan, deb ataladi. Ular alohida yoki bir kishilik va guruh shaklida bolishi mumkin. 15 2. Belgilangan qoidaga asosan tashkil qilingan harakatli oyinlar unga katta yoshdagi bolalar-yetakchilarning ozlari rahbarlik qilishlari talab qilinadi. Oyin mazmuni va murakkabligi boyicha juda ham turli tumandir: A) Oddiy jamoasiz harakatli oyinlar, bunda har bir oyin qat- nashchisi, oyin qoidalariga rioya qilgan holda, bitta ozi uchun kurashadi. Oquvchilardagi barcha oyin faoliyati shaxsiy tako- millashtirishga, boshqalar ustidan epchillik, aniq nishonga tekkizishda, kuchda, tezkorlikda va boshqa sifatlar boyicha shaxsan ustunlikka erishishga yonaltirilgan. Bu oyinlarda eng asosiy ahamiyat shaxsiy tashabbuskorlikni va harakat imkoniyatini, ozining shaxsiy sifatlari- dan foydalanishini bilish maqsadga muvofiqdir. B) Koproq murakkab, jamoali oyinlarga otishga oid harakatli oyinlar, bunda oynovchilar birinchi navbatda ozlarining qiziqish- larini himoya qilishga, ayrim paytlarda shaxsiy imkoniyatlarini, ortoqlariga yordam berish, ularni qutqarib qolish boyicha ularni oyinda hujumchilardan qutqarib qolishga yordam beradilar («Pet- nachi, qolingni ber», «Yugurib otish»). Bazi vaqtlarda oyinchilar maqsadlariga erishish uchun boshqa oyinchilar bilan vaqtincha ham- korlikda ishlashga kirishishlari mumkin. Ayrim oyinlarda bunday hamkorlik qilish qoida boyicha nazarda tutilgan («Oq ayiqlar» va «Òovonbaliq va chortanbaliq»). D) Jamoali harakatli oyinlar bunda oynovchilar alohida- alohida jamoada-jamoalarni tashkil etadilar. Ular ozlarining shaxsiy qiziqishlarining jamoani qiziqishiga boysinish, umumiy maqsadga erishishga yonaltirganligi, jamoaning birgalikdagi foliyati bilan tariflanadi. Har bir oyinchining harakatidan jamoaning barcha muvaffaqiyati har bir oyinchining harakatiga bogliq boladi. Jamoa oyinlarida tez-tez harakatning ozaro mosligi va oyinga umumiy rahbarlik qilish uchun oynovchilar orasidan jamoaning sardorlarini ajratishga imkoniyat paydo boladi, barcha oyinchilarning sardorga boysinishlari majburiy hisoblanadi. Jamoali oyinlardan ayrimlari yarim sport xarakteriga ega boladi: ular koproq oyining texnikasi, harakat texnikasi boyicha murakkab bolib, malum qoida boyicha otkaziladi. Bazi bir oyinlarda maxsus rollar talab qilinadi. Ayrim toplamlarda bunday oyinlar yarim sport oyinlari, deb ataladi («Òop kapitaniga», «Lapta»). 16 Harakatli oyinlarni guruhlarga bolish (oddiy tasnifi) Pedagog harakatli oyinlarning keng qollanilishini ish sharoitini hisobga olish bilan har xil pedagogik vazifalarni hal etish uchun oyinni maxsus tanlab olishi talab qilinadi.Buning uchun malum belgilar boyicha oxshash bolgan oyinning ishchi guruhi tashkil etiladi. Oyinlar quyidagicha taqsimlanadi: 1. Ularni mazmuniga kora murakkablik darajasi boyicha. Oddiy oyinlardan to murakkab oyinlargacha (yarim sportga). 2. Bolalarning yoshi boyicha oziga xos xususiyatlarini hisobga olish (79, 1012,1315 yoshli bolalar uchun oyinlar). Bu belgilar umumiy talim maktablari uchun jismoniy tarbiya dasturida foydala- nilgan (14, 59-sinflar uchun). 3. Oyinlarda koproq keladigan harakat turlari boyicha (umum- rivojlantiruvchi mashq elementlari bilan oynaladigan oyinlar, yugurish, balandlikka sakrash bilan oynash, turgan joyda yugurib oynash, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan nishonga uloqtirish bilan oynash, koptokni oshirish va ilib olish bilan oynash). 4. Oyinda koproq namoyon qilinadigan jismoniy sifatlar (kuch, chidamlilik, epchillik, tezlik, egiluvchanlikni koproq tarbiyalashga yordam beradigan oyinlar). Hammasi bolib, bu sifatni tez-tez birga qoshib bajarilganda namoyon boladi. Oyinni harakat turlari va jismoniy sifatlari boyicha taqsimlashni asosan jismoniy tarbiya boyicha mashgulotlarning barcha shakllarida foydalaniladi. 5. Alohida sport turlariga tayyorlaydigan oinlar u yoki bu sport turlariga zarur bolgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashda, ayrim texnika va taktika elementlarini mustahkamlash va takomillashtirishda foyda- laniladigan harakatli oyinlar. 6. Oynovchilarni ozaro munosabatiga bogliq bolgan oyinlar: a) oyinchilar togridan-togri «raqibi» bilan bir-biriga tegmasdan oynaladigan oyinlar; b) «raqibi» bilan bir-biriga tegish chegaralangan oyinlar; d) «raqib» bilan togridan-togri kurashadigan oyinchilar, ayrim pedagoglar oynovchilarni ozaro munosabati boyicha oyin- larni taqsimlab, uni «oddiy»ga boladilar, bunda har bir maqsad ketidan yurib boshqalarga nisbatan munosabatsiz boladi va «mu- rakkab» oynovchilarni guruhlarga, jamoalarga, bolimlarga bolinish 17 2 Xojayev, P. bilan oynaladigan, bunda har bir oyinchi ozlarining jamoalariga etibor beradi. Òurli-tuman ish holatida uni koproq togri tanlashga yordam beradigan boshqa har xil belgilar vaboyicha guruhlarga ajratila- digan oyinlar: a) mashgulotni tashkil qilish shakli boyicha (darsda, tanaffusda, yigilishlarda, bayramlarda otkaziladigan oyinlar); b) motor zichligi xususiyati boyicha (katta, ortacha harakatchanlik va kam harakatli oyinlar); d) ish joylarini va mavsumlarni hisobga olish bilan (yozda, qishda, bino ichida, ochiq havoda) oynaladigan oyinlar. Har xil ish sharoitida qoyilgan pedagogik vazifani yechish maqsadida oyinlar koproq batafsil taqsimlash uchun bir vaqtning ozida toliq bir qator belgilari hisobga olinadi, uning eng asosiylari: bolalarning tayyorgarligi va yoshi, osmirlar, oyinga kiruvchi, harakat turlarini ushbu oyinlar u yoki boshqa axloqiy-irodaviy va jismoniy sifatlarni koproq namoyon qilish, oyinda oynovchilarni ozaro munosabat prinsiplaridir. Professor V.G. Yakovlev oyinlarning alohida guruhlarini bir- lashtirib, oyin qatnashchilarining ozaro harakati va ozaro muno- sabati prinsiplaridan kelib chiqib, jamoa bolib oynaladigan hara- katli oyinlarning pedagogik tasnifini taklif qildi. Ushbu tasnif pedagogni bolalarda jamoaning qiziqishini tarbiya- lashga yonaltiradi. Bunday oyin materiallarini taqsimlanishi metodik ketma-ketlikni yoki izchillik ornatishni yengilashtiradi va oyinni mazmuni va shakli boyicha murakkablik darajasini aniqlashga yordam beradi. 1.1. HARAKAÒLI OYINLARNING PEDAGOGIK AHAMIYAÒI Bizning mamlakatimizda osib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash amaliyoti shunga guvohlik beradiki, bolalarda va osmirlarda yuqori axloqiy hamda jismoniy sifatlarni shakllantirishning eng muhim vositalardan biri bolib hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasida juda katta orin egallaydi, chunki ular salomatlikni saqlash va mustahkamlashda, jismoniy rivojlanishni normal bolishiga, harakat malakalarini kompleks takomillashtirishga qulaylik tugdiradi. 18 JAMOA BOLIB OYNALADIGAN HARAKAÒLI OYINLARNING PEDAGOGIK ÒASNIFI Jamoaga oid harakatli oyinlar Guruhlarga bolinmaydigan (guruhlar) Jamoali oyinlarga otish Guruhlarga bolinish bilan (jamoalar) Oyinboshisiz Oyinboshi bilan «Raqib» bilan bir-biriga tegib oyin qatnashchilarini kirishishmasligi «Raqib» bilan bir-biriga tegib oyin qatnashchilarini kirishishi Jamoa harakatida umumiy tartibga va oz orni uchun kurashish Oyinbo- shiga qarshi yakkama- yakka olishuv Ozaro yordam va ozaro qollab quvatlashib oyinboshiga qarshi kurashish Òaqlid qilish, ijodiy ritmik harakatlarini bajarish bilan bogliq harakat Oz jamoasida yakkama- yakka olishuv Ozaro yordam, ozaro qollab- quvvatlashib, oz jamoasiga qarshi kurashish Oz jamoasida yakkama- yakka olishuv Ozaro yordam va ozaro qollab- quvvatlashib yakkama-yakka olishuvni birga qoshib oz jamoasiga kurashish Epchillik va tezlik bilan chopib, boshqa joyga otib olishga bogliq harakat Òop tayoqcha boshqa buyumlar bilan epchil va tezlik bilan harakatlanish Kuch qarshiligi va tosiqdan sakrab oshib otish bilan bogliq harakat Eshitish, kuzatuvchanlik, moljal olish vazifasi bilan bogliq harakat malakalarini qollashni talab qiladigan harakat 19 1.2. HARAKAÒLI OYINLARNING GIGIYENIK VA SOGLOMLASHÒIRISH AHAMIYAÒI Harakatli oyinlarning eng asosiy mazmuni oynovchilarning harakatlanishi va turli-tuman harakati hisoblanadi. Uni togri bosh- qarib borilganda ular organizmning boshqa sistemalari va nafas olish, mushak, yurak-qon tomirlariga samarali tasir korsatadi. Harakatli oyinlarning funksional faoliyatini oshiradi, tanadagi har xil yirik va mayda mushaklarga xilma-xil dinamik ishlarni jalb qiladi, bogin- lardagi harakatchanlikni oshiradi. Ayniqsa oyinchilarning soglomlashtirish nuqtai nazaridan aha- miyati shundan iboratki, harakatli oyinlarni ochiq havoda barcha fasllarda otkazilishi maqsadga muvofiqdir. Oyinda qollaniladigan jismoniy mashqlar tasiri ostida moddalar almashuvi har tomonlama faollashadi (uglevod, oqsil, yog va mine- rallar). Mushak ishi ichki sekretsiya bezlarining vazifalarini kuchay- tiradi. Shugullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xu- susiyatlarini hisobga olish bilan faqatgina mashgulot togri qoyil- gandagina ana shunday harakatli oyinlar yordam beradigan gigiyenik va soglomlashtirish ahamiyatiga ega bolish mumkin. Shuni hisobga olish kerakki, yani harakatli oyinlarda yuklamani aniq taqsimlash imkoniyati chegaralangan, chunki har bir oyin qatnashchisining tayyorgarligini oldindan bilish imkoniyati yoq. Oyinda doimiy ravishda ozgarib turuvchi holat, yuqori joshqin- likdagi ozaro harakatning ayrim oyin qatnashchilaridan mashqning mazmunini dasturga kiritilmasa yuklamaning olchami hamda yona- lishini aniq tartibga solishga imkon bermaydi. Shuning uchun jismoniy yuklama optimal bolishi uchun uni kuzatib borish zarur. Oyin bilan muntazam shugullanishda shiddat bilan yuklamani qollashi mumkin, chunki bolalar organizmi unga sekin-asta moslashib borishi kerak. Shugullanuvchilarning asab sistemasiga oyin samarali tasir korsatib borishi kerak. Bunga optimal yuklama berish yoli orqali erishiladi, shuningdek, oyinni shunday tashkil qilinishi, oynov- chilarda ijobiy ruhiy kechinmalarni keltirib chiqaradi, oyinni yomon tashkil qilinishi, salbiy ruhiy kechinmalariga olib keladi, asab jarayon- larining normal ishlashi buziladi, stresslar (qattiq hayajonlanish) paydo boladi, bu esa salomatlikka zarar yetkazadi. 20 Harakatli oyinlarning qoidasi oyin qatnashchilarining ozaro harakatini tartibga soladi va ortiqcha hayajonlanishlarini yoqotadi. Oyin qoidasi boyicha aniq xolisona hakamlik qilish oyinchilarda ijobiy ruhiy kechinmalarni keltirib chiqaradi. Harakatli oyinlarni muntazam ravishda qollanilishi asab ja- rayonlarida dinamik stereotipni ishlab chiqishga yordam beradi, bu esa harakatni bajarishni yengillashtiradi. Oyinning ayniqsa yoz va qish fasllarida ochiq havoda ot- kazilishi (ob-havoni hisobga olish bilan) bolalarning chiniqishlariga yordam beradi. Hozirgi vaqtda axborot oqimini kuchayib borishi, oquv mash- gulotlari vaqtining ortishi, harakatni namoyishi, mushakni zor berishni talab qilinishi, harakatning faolligining pasayishi sababli osib kelayotgan yosh avlodda gipodinamiya oshib borishi kuzatiladi. Harakatli oyinni keng miqiyosda foydalanilishi gipodinamiyani pasaytirishga yordam beradi, chunki bu harakat faoliyatini yetish- masligi ornini toldiradi. Harakatli oyinda oyinchilar uzoq davom etgan aqliy faoliya- tdan keyin faol dam olishlari mumkin. Uni maktabda tanaffus vaqtida, dars tugagandan keyin maydonchada sayr qilish vaqtida (kuni uzaytirilgan guruhda), maktabdan qaytib kelgandan keyin uyda va darsni tayyorlab bolgandan song shunday maqsadda qollaniladi. Harakatli oyinlar maktabda kichik sinflarda iloji boricha dars vaqtida vaqtli jismoniy tarbiya (fizkultpauza) korinishida otkazilishi kerak, chunki 78 yoshli bolalar 45 daqiqa davomida zoriqadi, ayniqsa oquv kunining oxirgi darslarida juda ham qiyin boladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling