Biologiya fanidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun tayyorlangan testlar to’plami


Download 124.5 Kb.
Sana30.04.2020
Hajmi124.5 Kb.
#102415
Bog'liq
biologiya


Biologiya fanidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun tayyorlangan testlar to’plami


1. Sanchuvchi meva qaysi o`simlik turi uchun xos?

A) beda B) qariqiz C) temirtikan D) aylant

2. "Qarmoqli savatcha" qaysi o`simlik turi uchun xos?

A) beda B) qariqizC) temirtikan D) aylant

3. Zaharli ayiqtovon turi qayerda tarqalgan?

A) cho`lda B) dala, o`tloqlarda

C) sernam joylarda D) botqoqlikda

4. Sudraluvchi ayiqtovon turi qayerda tarqalgan?

A) cho`lda B) dala, o`tloqlarda

C) sernam joylarda D) botqoqlikda

5. Achishtiruvchi ayiqtovon turi qayerda tarqalgan?

A) cho`lda B) dala, o`tloqlarda

C) sernam joylarda D) botqoqlikda

6. Kalamushning ikkita qiyofadosh turining chatisha olmasligi sababi qaysi mezon yordamida aniqlangan?

A) fiziologik B) ekologikC) geografik D) genetik

7. Ogohlantiruvchi rangga ega bo`lgan hayvonni belgilang.

A) nina baliq B) kuropatka

C) suvarak D) tukli ari

8. "Zoofitlar" tushunchasini taklif qilgan olimni aniqlang.

A) Empedokl B) Aristotel C) Abu Rayhon Beruniy

D) Abu Nasr Farobiy

9. Abu Nasr Farobiy fikrlarini aniqlang.

a) inson organizmi yaxlit sistema; b) inson hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan;

c) yer yuzasida doimo o`zgarishlar sodir bo`ladi; d) tirik mavjudotlar orasida yashash uchun kurash boradi; e) tabiiy va sun’iy tanlashni e’tirof etgan;

f) kasalliklar oziqlanish tartibiga bog`liq; j) yer yuzining o`zgarishi o`simlik va hayvonlarning o`zgarishiga olib keladi; k) odamlarning rangi va qiyofasi faqat irsiyatga bog`liq emas.

A) a, b, e, f B) c, d, j, k C) a, b, c, d D) e, f, j, k

10. Abu Rayhon Beruniy fikrlarini aniqlang.

a) inson organizmi yaxlit sistema; b) inson hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan; c) yer yuzasida doimo o`zgarishlar sodir bo`ladi; d) tirik mavjudotlar orasida yashash uchun kurash boradi; e) tabiiy va sun’iy tanlashni e’tirof etgan; f) kasalliklar oziqlanish tartibiga bog`liq; j) yer yuzining o`zgarishi o`simlik va hayvonlarning o`zgarishiga olib keladi; k) odamlarning rangi va qiyofasi faqat irsiyatga bog`liq emas.A) a, b, e, f B) c, d, j, k

C) a, b, c, d D) e, f, j, k

11. Teofrast fikrini aniqlang.

A) qonli hayvonlarning ichki organlari o`zaro o`xshash va bir xil joylashgan

B) tirik mavjudotlar orasida yashash uchun kurash boradi

C) o`simliklar rivojlanishning quyi bosqichida, hayvonlar - o`rta bosqichida, odam - eng yuqori bosqichida turadi

D) bir o`simlik turi boshqa turga aylanishi mumkin

12. Markaziy Osiyo olimlarining qaysi biri tabiiy tanlashni e’tirof etganlar?

a) Ahmad Jayhoniy; b) Abu Nasr Farobiy; c) Abu Rayhon Beruniy; d) Zahiriddin Bobur A) b, c B) a, b C) c, d D) b, d

13. K.Linneyning ijobiy (1) va salbiy (2) g`oyalarini aniqlang.

a) sistematik guruhlarni taklif qilgan; b) sun’iy sistema tuzgan; c) o`simliklarni changdonlari soniga va changi iplarining uzun-qisqaligiga qarab birlashtirgan; d) turlar o`zgarmaydi degan; e) turlar o`zgaradi degan;

f) sodda hayvonlar o`z-o`zidan anorganik tabiatdan paydo bo`ladi; j) turlar tabiatda real emas; k) birinchi evolyutsion ta’limotni yaratdi; l) binar nomenklatura taklif qildi; m) o`zgarish soddadan murakkablashish tomonga boradi.

A) 1 a, l; 2 b, c, d B) 1 e, k, m; 2 f, j

C) 1 b, c, d; 2 a, l D) 1 f, j; 2 e, k, m

14. J.B.Lamarkning ijobiy (1) va salbiy (2) g`oyalarini aniqlang. a) sistematik guruhlarni taklif qilgan; b) sun’iy sistema tuzgan;

c) o`simliklarni changdonlari soniga va changi iplarining uzun-qisqaligiga qarab birlashtirgan; d) turlar o`zgarmaydi degan; e) turlar o`zgaradi degan; f) sodda hayvonlar o`z-o`zidan anorganik tabiatdan paydo bo`ladi;

j) turlar tabiatda real emas; k) birinchi evolyutsion ta’limotni yaratdi; l) binar nomenklatura taklif qildi; m) o`zgarish soddadan murakkablashish tomonga boradi.

A) 1 a, l; 2 b, c, d B) 1 e, k, m; 2 f, j

C) 1 b, c, d; 2 a, l D) 1 f, j; 2 e, k, m

15. Qaysi hodisalar tur ichidagi kurashga misol bo`ladi?

a) bo`ri, tulki, quyon orasidagi munosabat;

b) hasharotlar bilan gulli o`simliklar orasidagi munosabat;

c) chigirtkalar bilan tuyoqlilar orasidagi munosabat;

d) zich ekilgan o`simlik maysalarining nimjon o`sishi;

e) qushlarda erkak organizmlar o`rtasida urog`ochi bilan qo`shilish uchun kurash; f) suv usti qalin muz bilan qoplanishi natijasida baliqlarning halok bo`lishi;

j) namlik yetishmasligi oqibatida cho`l o`simliklarining ko`plab nobud bo`lishi.

A) a, b, c B) d, e C) f, j D) a, c, f

16. Qaysi hodisalar turlararo kurashga misol bo`ladi?

a) bo`ri, tulki, quyon orasidagi munosabat;

b) hasharotlar bilan gulli o`simliklar orasidagi munosabat;

c) chigirtkalar bilan tuyoqlilar orasidagi munosabat;

d) zich ekilgan o`simlik maysalarining nimjon o`sishi;

e) qushlarda erkak organizmlar o`rtasida urog`ochi bilan qo`shilish uchun kurash;

f) suv usti qalin muz bilan qoplanishi natijasida baliqlarning halok bo`lishi; j) namlik yetishmasligi oqibatida cho`l o`simliklarining ko`plab nobud bo`lishi.

A) a, b, c B) d, e C) f, j D) a, c, f

17. Qaysi hodisalar organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurashga misol bo`ladi? a) bo`ri, tulki, quyon orasidagi munosabat;

b) hasharotlar bilan gulli o`simliklar orasidagi munosabat;

c) chigirtkalar bilan tuyoqlilar orasidagi munosabat;

d) zich ekilgan o`simlik maysalarining nimjon o`sishi;

e) qushlarda erkak organizmlar o`rtasida urog`ochi bilan qo`shilish uchun kurash;

f) suv usti qalin muz bilan qoplanishi natijasida baliqlarning halok bo`lishi;

j) namlik yetishmasligi oqibatida cho`l o`simliklarining ko`plab nobud bo`lishi.

A) a, b, s B) d, e C) f, j D) a, c, f

18. Shaxsiy o`zgaruvchanlik qanday ko`rinishda namoyon bo`ladi?

A) foydali, ziyon (salbiy) B) befarq, ziyon

C) foydali, befarq D) ziyon, foydali, befarq

19. 45 ta xromasomali homila ona qornida 2-3 oydan keyin tabiiy abortga uchrashi tabiiy tanlanishning qaysi turiga misol bo`ladi?

A) dizruptiv B) stabillashtiruvchi

C) harakatlantiruvchi D) divergent

20. O`zgargan muhitda organizmlarning yangi belgi xossalarini hosil bo`lishi va rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy tanlanish qanday nomlanadi?

A) dizruptiv B) stabillashtiruvchi

C) harakatlantiruvchi D) divergent

21. Muayyan joyda tarqalgan bir turga mansub organizmlar orasida bir-biridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq organizmlar guruhining uchrashi qaysi tabiiy tanlanish natijasidir?

A) dizruptiv B) stabillashtiruvchi

C) harakatlantiruvchi D) divergent

22. Yevropaning o`rta mintaqasida yashovchi tulki, tovushqon, kuropatka qishda bir, yozda ikkinchi xil rangda bo`lishi moslanishning qaysi turiga misol bo`ladi?

A) himoya rang B) maskirovka

C) ogohlantiruvchi rang D) mimikriya

23. "Maskirovka" moslanish turiga xos misolni belgilang.

A) ninachilarning yashil barglari orasida yashashi

B) baqachanoqlarning daraxt kurtaklariga o`xshashligi

C) korall aspidiga Amerika suviloni rangining o`xshashligi

D) zaharli gelekonius kapalagi

24. "Ogohlantiruvchi" moslanish turiga xos misolni belgilang.

A) ninachilarning yashil barglari orasida yashashi

B) baqachanoqlarning daraxt kurtaklariga o`xshashligi

C) korall aspidiga Amerika suviloni rangining o`xshashligi

D) zaharli gelekonius kapalagi

25. Moslanishning "mimikriya" turiga xos misolni belgilang.

A) ninachilarning yashil barglari orasida yashashi

B) baqachanoqlarning daraxt kurtaklariga o`xshashligi

C) korall aspidiga Amerika suviloni rangining o`xshashligi

D) zaharli gelekonius kapalagi

26. Evolutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari - yashash uchun kurash (a) va tabiiy tanlanish (b) qaysi olimlar tomonidan Ch. Darvingacha e’tirof etilgan?

1) Ahmad ibn Nasr Jayhoniy; 2) Abu Nasr Farobiy; 3) Abu Rayhon Beruniy; 4) Abu Ali ibn Sino; 5) Zahiriddin Muhammad Bobur

A) a - 1, 2; b – 2 B) a - 2; b - 5

C) a - 2; b – 4 D) a - 3; b - 2, 3

27. Liven zoti qaysi hayvonlar uchun xos?

A) tovuq B) kaptar C) qo`y D) qoramol

28. Odam DNK molekulasining tuzilishi ho`kiz (1), losos balig`i (2) va kalamush (3) DNK tuzilishiga necha foiz o`xshashligi aniqlangan?

a) 2; b) 8; c) 66; d) 28; e) 17

A) 1 c, 2 a, 3 d B) 1 b, 2 a, 3 e

C) 1 d, 2 b, 3 e D) 1 a, 2 c, 3 b

29. Yevropa zubri (1), Sibir bug`usi maral (2), Yevropa mufloni (3) qaysi hayvonlarga o`xshashligini aniqlang. a) Shimoliy Amerikadagi bizonga; b) Amerika vapitasiga; c) Amerika tog` qo`yiga.

A) 1 a; 2 b; 3 c B) 1 b; 2 a; 3 c

C) 1 a; 2 c; 3 b D) 1 c; 2 a; 3 b

30. Qaysi biogeografik viloyatlarda daraxtda yashovchi ilonlar (1), chala maymunlar - tupaylar (2), lemur (3) oq va qora ikki shoxli nosoroglar (4) uchraydi. a) Hindomalay; b) Neotropik; c) Habashiston; d) Neoarktik.

A) 1 b; 2 a; 3 c; 4 c B) 1 b; 2 a; 3 c; 4 d

C) 1 c; 2 a; 3 d; 4 b D) 1 a; 2 c; 3 c; 4 d

31. Qaysi olim qanday yo`l bilan laboratoriya sharoitida adenin sintezladi?

A) D.Oro; metan, ammiak va suv aralashmasidan ionlashtiruvchi nurlarni ta’sir etib B) S.Miller; qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug`lariga elektr uchquni ta’sir etib

C) D.Oro; vodorod sianid, ammiak va suvni qizdirib

D) S.Foks; aminokislotalar aralashmasini qizdirib

32. Qaysi olim qanday yo`l bilan laboratoriya sharoitida riboza va dezoksiriboza sintezladi?

A) D.Oro; metan, ammiak va suv aralashmasidan ionlashtiruvchi nurlar ta’sir etib

B) S.Miller; qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug`lariga elektr uchquni ta’sir etib

C) D.Oro; vodorod sianid, ammiak va suvni qizdirib

D) S.Foks; aminokislotalar aralashmasini qizdirib

33. Qaysi olim qanday yo`l bilan laboratoriya sharoitida glitsin, glutamin aminokislotalarini sintezladi?

A) D.Oro; metan, ammiak va suv aralashmasidan ionlashtiruvchi nurlar ta’sir etib

B) S.Miller; qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug`lariga elektr uchquni ta’sir etib

C) D.Oro; vodorod, sianid, ammiak va suvni qizdirib

D) S.Foks; aminokislotalar aralashmasini qizdirib

34. Qaysi olim qanday yo`l bilan laboratoriya sharoitida protenoidlarni sintezladi?

A) D.Oro; metan, ammiak va suv aralashmasidan ionlashtiruvchi nurlar ta’sir etib

B) S.Miller; qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug`lariga elektr uchquni ta’sir etib

C) D.Oro; vodorod, sianid, ammiak va suvni qizdirib

D) S.Foks; aminokislotalar aralashmasini qizdirib

35. Qaysi erada aerob organizmlar (1), kovakichlilar (2), qalqondor baliqlar (3) suvda va quriqlikda yashovchilarning dastlabki turlari (4), sutemizuvchilarning haltali va yo`ldoshli kenja sinf vakillari (5) paydo bo`lgan?

a) arxey; b) paleozoy; c) proterozoy; d) mezozoy; e) kaynozoy.

A) 1 c, 2 c, 3 b, 4 b, 5 d B) 1 a, 2 b, 3 c, 4 d, 5 e

C) 1 a, 2 c, 3 b, 4 c, 5 e D) 1 c, 2 a, 3 b, 4 b, 5 e

36. Qaysi davrlarda ochiq urug`li o`simliklar paydo bo`lgan (1), hukmronlik qilgan (2) va kamaygan? a) bo`r; b) yura; c) trias; d) toshko`mir; e) perm.

A) 1 d, 2 c, b 3 a B) 1 e, 2 c, b 3 a

C) 1 a, 2 b 3 c, e D) 1 c, 2 d, 3 a, e

37. Qaysi era va davrda qalin yungli karkidonlar, mastodontlar va dengiz sigirlari qirib yuborilgan?A) mezozoy, trias B) mezozoy, yura

C) kaynozoy, uchlamchi D) kaynozoy, to`rtlamchi

38. Zaharsiz Amerika suv iloni tashqi ko`rinishidan zaharli korall aspidiga o`xshaydi. Mazkur holat moslanishning qaysi turiga misol bo`ladi?

A) mimikriya B) adaptatsiya

C) niqoblanish D) ogohlantiruvchi rang

39. Habashiston biogeografik viloyatining sutemizuvchi hayvonlarini belgilang.

A) mindano, vapita B) qiloyoq, kanna

C) kafr buyvoli, maral D) malla revun, shinshilla

40. Panja qanotli baliqlar, arxeopteriks, teropsid - bular ...

A) qadimgi sudralib yuruvchilar

B) mezozoy erasi hayvonlari

C) qadimgi yirtqichlar

D) oraliq formalar

41. Mutalizm (1), kommensalizm (2) ga mos keladigan misollarni aniqlang.

a) mayda baliqlarning yirik baliqlarga yopishib yashashi;

b) baliqlar o`zining tuxumlarini baqachanoqning mantiya bo`shlig`iga qo`yishi;

c) chumolilarning ichagida xivchinlilarning yashashi;

d) lishayniklarning tallomi;

e) odam og`iz bo`shlig`ida og`iz amyobasining yashashi.

A) 1 c, d; 2 a, e B) 1 c, d; 2 b, e

C) 1 a, e; 2 c, d D) 1 a, b, c; 2 d, e

42. Topografik omillarni aniqlang.

a) balandlik; b) iqlim; c) tirik organizmlar; d) qiyalikning joylashishi; e) vaqt; f) qiyalikning tikligi; j) fotoperiodizm.A) a, b, c B) d, e, f

C) a, d, f D) e, f, j

43. Turning yaxlitligi individlar orasidagi qanday xususiyatga bog`liq?

A) sun’iy urchishga B) panmiksiyaga

C) migratsiyaga D) sun’iy urchishga va migratsiyaga

44. Turning yaxlitligi saqlovchi mexanizmni aniqlang.

A) migratsiya B) sun’iy urchish

C) fotoperiodizm D) alohidalanish

45. Tasodifiy o`zgarishlar qaysi populyatsiyalarga kuchli ta’sir ko`rsatmaydi?

A) kam sonli B) ko`p sonli

C) gomozigatali D) panmiksiya kuzatilmaydigan

46. Populyatsiya dinamikasiga nima katta ta’sir ko`rsatadi?

a) bir turga kiruvchi har xil populyatsiyalar orasidagi raqobat shakllari;

b) har xil turlarga kiruvchi populyatsiyalar orasidagi raqobat shakllari;

c) bir turga kiruvchi har xil populyatsiyalar orasidagi moslanish turi.

A) a, b, c B) b, c C) a, c D) a, b

47. Tabiiy sharoitlarda qaysi populyatsiyalar ko`proq saqlanib qoladi?

A) raqobatga chiday olmagan B) kam sonli

C) raqobatga chiday oladigan D) gomozigotali

48. Xalqaro "Qizil kitob"ga (a) va O`zbekiston "Qizil kitob"iga (b) nechta sudralib yuruvchilar kiritilgan?

A) a - 141; b - 5 B) a - 41; b - 5

C) a - 5; b - 5 D) a - 141; b - 41

49. O`zbekiston "Qizil kitob"ining hayvonlarga (1) va o`simliklarga (2) bag`ishlangan ikkinchi jildiga nechta tur kiritilgan?

a) 163; b) 301; c) 63; d) 184

A) 1 d, 2 a B) 1 d, 2 b C) 1 c, 2 d D) 1 a, 2 b

50. Agroekosistemaning tabiiy ekosistemadan farqini aniqlang.

a) turlar soni ko`p; b) turlar soni kam; c) o`z-o`zini idora qila olmaydi;

d) turg`unligi mustahkam emas; e) turg`unligi mustahkam;

f) energiya manbai quyosh energiyasi va inson tomonidan sarflanadigan energiya.

A) a, c, e, f B) b, c, e C) b, c, d, f D) a, c, d, f

51.Qaysi adaptiv tiplarning ko`krak qafasi tor (1) va keng (2) bo`lishi aniqlangan?

a) tog`; b) o`rta iqlim; c) arktik; d) tropik.

A) 1 d, 2 a B) 1 b, 2 a C) 1 a, 2 d D) 1 c, 2 b

52. Xalqaro "Qizil kitob"ga nechta sutemizuvchilar (1), qushlar (2), sudralib yuruvchilar (3) turi kiritilgan?

a) 321; b) 485; c) 141; d) 41; e) 194

A) 1 a, 2 b, 3 c B) 1 a, 2 d, 3 e C) 1 b, 2 c, 3 d D) 1 c, 2 d, 3 e

53. Xalqaro "Qizil kitob"ga nechta suvda va quruqlikda yashovchilar (1), baliqlar (2) turi kiritilgan? a) 141; b) 41; c) 194

A) 1 a, 2 b B) 1 b, 2 c C) 1 c, 2 b D) 1 a, 2 c

54. Yopiq qon aylanish sistemasiga ega bo`lgan hayvonlar:

A) yomg`ir chuvalchangi, qandala B) qizil chuvalchang, tridakna

C) bitiniya, qoraqurt D) echkemar, kolibri

55. Baliq (1), uy pashshasi (2) va yashil bronza qo`ng`izining (3) ta’m bilish hujayralari qayerda joylashgan?

a) oldingi oyoqlari panjasidagi tukchalarda; b) og`iz bo`shlig`ida; c) paypaslagichlarda; d) halqumda; e) tana yuzasida; f) mo`ylovida; j) yostiqchasimon xartumchada

A) 1 b, d, e; 2 a; 3 c B) 1 b, d, e; 2 a, c; 3 f

C) 1 b, d; 2 e, f; 3 c D) 1 b, d, e; 2 c, j; 3 a, f

56. Baliqlar turi bilan ularning nasliga g`amxo`rlik qilish instinktini juftlab bering.

1. tilyapiya; 2. tikan baliq; 3. amerika som balig`i; 4. dengiz otchasi; 5. treska

a) erkagi uya yasaydi; b) erkagi tuxumlarni qorniga yopishtirib oladi; c) g`amxo`rlik qilmaydi; d) erkagi tuxumlarni xaltasida olib yuradi; e) erkagi tuxumlarni og`zida olib yuradi

A) 1c, 2d, 3b, 4a, 5e B) 1d, 2b, 3c, 4e, 5a

C) 1e, 2a, 3c, 4d, 5b D) 1e, 2a, 3b, 4d, 5c

57. Tikanli (1), gigant (2), va kit (3) akulasining uzunligini toping. a) 18 m; b) 15 m; c) 180 sm; d) 40 - 45 sm; e) 4 - 4,5 m

A) 1d, 2b, 3c B) 1e, 2b, 3a

C) 1c, 2e, 3aD) 1d, 2b, 3a

58. Tog`ayli baliqlarga xos bo`lmagan belgilarni aniqlang.

a) jabra qopqog`i bo`lmaydi; b) suzgich pufagi bo`lmaydi;

c) jabra qopqog`i va suzgich pufagi bo`ladi;

d) tirik tug`adi; e) skeleti suyakdan iborat;

f) faqat tuxum qo`yib ko`payadi

A) a, b, d B) c, e, f C) c, d, e D) c, d

59. Baliqlarning jabralari ... (1) qismlardan iborat bo`lib, gaz almashinuvi ... (2) qismida sodir bo`ladi.

a) jabra ravoqlari; b) jabra varaqlari; c) jabra qilchalari; d) jabra qopqog`i; e) jabra varaqlaridagi kapillarlar; f) jabra qilchalaridagi kapillarlar

A) 1 - a, b, c, d; 2 - e B) 1 - a, d, e; 2 - e, f

C) 1 - a, b, c, d; 2 - a, f D) 1 - a, b, d; 2 - c, f

60.Chuchuk suv (a) va dengizlarda (b) yashovchi formalarni juftlab ko`rsating.

1) soxta kurakburun; 2) keta; 3) qora baliq; 4) gulmoy; 5) osminog; 6) nereida; 7) qizil chuvalchang; 8) oq planariya; 9) aktiniya; 10) foramenifera; 11) nursimonlar; 12) baqachanoq A) a - 1, 2, 3, 4, 5, 6; b - 7, 8, 9, 10, 11, 12

B) a - 1, 3, 4, 7, 8, 12; b - 2, 5, 6, 9, 10, 11

C) a - 1, 2, 4, 7, 8, 12; b - 3, 5, 6, 9, 10, 11

D) a - 2, 3, 4, 7, 9, 12; b - 1, 5, 6, 8, 10, 11

61. Ikkita qon aylanish doirasi va uch kamerali yurakka ega bo`lgan organizmlarni ko`rsating. 1) itbaliq; 2) triton; 3) alligator; 4) gavial; 5) kojan; 6) kaputsin; 7) gekkon

A) 1, 2, 6, 7 B) 3, 4, 5, 7 C) 2, 7 D) 3, 4, 5, 6

62. O`troq (a) va ko`chib yuruvchi (b) qushlarni ko`rsating.

1) qorayaloq; 2) mayna; 3) kaklik; 4) zog`cha; 5) musicha; 6) chittak

A) a - 1, 2, 3; b - 4, 5, 6 B) a - 1, 4; b - 2, 3, 5, 6

C) a - 2, 3, 5, 6; b - 1, 4 D) a - 2, 3, 6; b - 1, 4, 5

63. Madaniy g`o`zalar shaxsiy rivojlanishida qaysi yovvoyi g`o`za turlarining barg shaklini takrorlaydi?

A) xirzutum, raymondiy B) barbadenze, klotsianum

C) raymondiy, klotsianum D) xerbatsium, xirzutum

64. Biogenetik qonun (1), filembriogenez nazariyasi (2), korrelatsiya qonuni (3) ni kashf etgan olimlarni aniqlang. a) A.Seversev; b) E.Gekkel; c) J.Kyuvye; d) F.Myuller; e) K.Ber

A) 1 b, d; 2 a; 3 c B) 1 a, b; 2 d; 3 c

C) 1 b, d; 2 a; 3 e D) 1 b, d; 2 e; 3 a

65. No`xat gajaklari, zirk, kaktus tikanlari qaysi organlarga misol bo`ladi?

A) analogik B) rudiment

C) gomologik D) atavizm

66. Bosh oyoqli molluskalar ko`zi bilan umurtaqali hayvonlarning ko`zi qaysi organlarga misol bo`ladi?

A) analogik B) rudiment

C) gomologik D) atavizm

67. Rudiment organlarni aniqlang.

a) paporotniklarning ildizpoyasidagi qobiqlar;

b) kitning dumg`aza va oyoq suyaklari;

c) toychalar zebrasimon bo`lishi;

d) pashshalarning bir juft kichik qanotlari;

e) to`riq otlarning orasida xira yo`l chiziqlarni paydo bo`lishi

A) c, e B) a, b, d C) a, b e D) c, d, e

68. Atavizm hodisasiga misol keltiring.

a) paporotniklarning ildizpoyasidagi qobiqlar; b) kitning dumg`aza va oyoq suyaklari; c) toychalar zebrasimon bo`lishi; d) pashshalarning bir juft kichik qanotlari; e) to`riq otning orasida xira yo`l chiziqlari paydo bo`lishi

A) c, e B) a, b, d C) a, b e D) c, d, e

69. Ixtiozavrlar qaysi erada yashagan va qaysi sinf vakili hisoblanadi?

A) paleozoy; qushlar B) mezozoy; baliqlar

C) kaynozoy; qushlar D) mezozoy; sudralib yuruvchilar

70. Kapachi qushlar, lira qushi, janubiy qora qayinlar qaysi biogeografik viloyatiga xos?

A) Avstraliya B) Neotropik

C) Hindomalay D) Paleoarktik

71. Qaysi viloyatlarning hayvonot va o`simlik olami ko`p jihatdan o`xshash?

A) Avstraliya, Paleoarktik B) Neotropik, Hindomalay

C) Paleoarktik, Neoarktik D) Habashiston, Avstraliya

72. Pashshaning lichinkalari chirigan go`shtda o`z-o`zidan paydo bo`lmasligini isbotlagan olimni aniqlang.

A) L.Paster B) Aristofel C) F.Krik D) F.Redi

73. Hayotning har xil shakllarining o`z-o`zidan paydo bo`lmasligini isbotlagan olimlarni aniqlang.

A) L.Paster, F.Krik B) F.Krik, S.Arrenius

C) L.Paster, F.Redi D) V.Vernadskiy, A.Oparin

74. A.Oparin oqsilning kolloid gidrofil kompleksini qanday nomlagan?

A) protobiont B) birlamchi hujayra

C) koatservat D) protenoidlar

75. Qaysi evolutsiya yo`nalishida organizmlarda faqat xususiy moslanishlar paydo bo`ladi?

A) aromorfoz B) idioadaptatsiya

C) umumiy degeneratsiya D) biologik progress

76. Biologik progressni amalga oshirish usullarini aniqlang.

a) organizmlar hayot faoliyati uchun nihoyatda muhim bo`lgan organlar sistemalarini takomillashishi;

b) organizmlar hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali organlar sistemasi o`zgarishi;

c) organizmlar tuzilishini murakkablashmagan holda, muhitga moslashishi;

d) organizmlar tuzilishini murakkabdan soddaga o`zgarishi.

A) a, b B) a, b, c, d C) c, d D) a, b, d

77. Aristotel tomonidan qaysi tip vakillari "zoofitlar" deb atalgan?

A) bo`shliqichlilar

B) sodda hayvonlar

C) yassi chuvalchanglar

D) to`garak chuvalchanglar

78. Quyidagi fikr qaysi olimga tegishli?

"Organlar alohida-alohida paydo bo`lgan. Organlarning muvofiq qo`shilishidan normal organizmlar, nomuvofiq qo`shilishidan anormal organizmlar vujudga kelgan." A) Fales B) Teofrast

C) Empedokl D) Aristotel

79. Ko`lbuqa qaysi sinf vakili hisoblanadi?

A) baliqlar B) suvda va quruqlikda yashovchilar

C) qushlar D) sutemizuvchilar

80. Har xil turga kiruvchi populyatsiyalar bir-biridan nima bilan farqlanadi?

A) faqat biologik alohidalanish turi

B) egallagan areali hajmi

C) harakatlanishining bir xilligi

D) genlarning bir xil o`zgarishi

81. Mikroevolutsiya (1) va makroevolyutsining (2) farqini aniqlang.

a) tur doirasida sodir bo`ladi; b) turdan yuqori sistematik guruhlarda ro`y beradi;

c) qisqa muddatda amalga oshadi; d) million yillar davomida amalga oshadi;

e) to`g`ridan to`g`ri o`rganish mumkin; f) bevosita kuzatib bo`lmaydi.

A) 1 a, c, e; 2 b, d, f B) 1 b, d, f; 2 a, c, e

C) 1 a, d, f; 2 b, c, e D) 1 b, c, e; 2 a, d, f

82. Nima sababdan makroevolutsiya mikroevolutsiyaning uzviy davomi sanaladi?

a) mutatsion o`zgaruvchanlik kuzatiladi; b) kombinativ o`zgaruvchanlik kuzatiladi; c) populyatsiyaning genetik va ekologik jihatidan xilma xil bo`lishi kuzatiladi; d) genlar dreyfi, populyatsiya to`lqini ham o`z ta’sirini ko`rsatadi;

e) alohidalanish o`z ta’sirini ko`rsatadi; f) evolutsiyaning boshlang`ich omillari o`z ta’sirini ko`rsatmaydi; j) populyatsiya bilan bog`liq emas.

A) a, b, c, d, e B) a, b, f, j

C) a, b, d, e, j D) b, c, d, e, j

83. Gemoglobin oqsilining α (1) va β (2) zanjirining farqi (I) va o`xshashligi (II) ni aniqlang. a) 141 aminokislotadan iborat; b) tarkibida 145 aminokislota bo`ladi; c) tarkibida 145 nukleotid bo`ladi; d) tarkibida 141 nukleotid bo`ladi; e) aminokislotalarning izchilligi o`xshash; f) aminokislotalarning izchilligi bilan farq qiladi.

A) I 1 a 2 b; II e B) I 1 c 2 d; II f

C) I 1 a, f 2 b, e; II f D) I 1 b 2 d; II e

84. Yakobin zoti qaysi hayvonlar uchun xos?

A) tovuq B) kaptar

C) qo`y D) qoramol

85. Quyidagi o`simlik turlaridan qaysi biri relikt forma hisoblanadi?

A) ajdar daraxti B) sekvoyyadendron

C) sfagnum yo`sini D) gingko biloba

86. Relikt (A) va oraliq (b) formalarni juftlab ko`rsating.

1) urug`li paporotnik; 2) gingko biloba; 3) psilofit; 4) opossum; 5) yirtqich tishli kaltakesak; 6) gatteriya

A) a - 1, 2, 3; b - 4, 5, 6 B) a - 2, 4, 6; b - 1, 3, 5

C) a - 2, 5, 6; b - 1, 3, 4 D) a - 1, 3, 5; b - 2, 4, 6

87. Yangi nav yoki zot chiqarishda asosiy omil nima hisoblanadi?

A) irsiy o`zgaruvchanlik va tabiiy tanlash

B) irsiy o`zgaruvchanlik va sun’iy tanlash

C) yashash uchun kurash va tabiiy tanlash

D) yashash uchun kurash va irsiy o`zgaruvchanlik

88. Ongsiz tanlash yo`li bilan nav, zotlarni yaratish mumkinmi?

A) mumkin emas

B) ha, lekin uzoq muddat talab etadi

C) ha, lekin qisqa muddat talab etadi

D) navlar, zotlar faqat tabiiy tanlashda yaratiladi

89. Yashash uchun kurashni qaysi xili shiddatli bo`ladi?

A) turlararo B) anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi

C) tur ichidagi D) turlararo va tur ichidagi

90. Nima sababdan tur ichidagi kurash shiddatli bo`ladi?

a) yashash areali o`xshash; b) oziqlanishi o`xshash; c) yashash areali farqlanadi; d) dushmanlari o`xshash; e) urchish davri o`xshash; f) urchish davri farqlanadi.

A) a, b, d, e B) b, c, d, e

C) a, b, d, f D) c, b, d, f

91. Moslanishning "himoya rangi" turiga xos misolni belgilang.

A) ninachilarning yashil barglari orasida yashashi

B) baqachanoqlarning daraxt kurtaklariga o`xshashligi

C) korall aspidiga Amerika suviloni rangining o`xshashligi

D) zaharli gelekonius kapalagi

92. Organizmlarning muhit sharoitiga moslanishi nima ta’sirida paydo bo`lgan?

A) sun’iy tanlash B) yalpi tanlash

C) yakka tanlash D) tabiiy tanlash

93. Organizmlardagi moslanishlar qanday xarakterga ega?

A) mutlaq B) doimiy

C) nisbiy D) azaliy

94. O`tloqzorlarda - zaharli ayiqtovon, sernam yerlarda - sudraluvchi ayiqtovon, botqoqliklarda - achishtiradigan ayiqtovon turlari uchrashishi qanday mezonga mansub?

A) ekologik B) genetic C) morfologik D) fiziologik

95. Tur belgilarining tarqalishi (ajralishi) qanday nomlanadi?

A) konvergensiya B) regeneratsiya

C) divergensiya D) reduplikatsiya

96.Populyatsiyalarning geografik alohidalanishi tur egallangan arealning qaysi qismida ko`proq sodir bo`ladi?

A) chetki B) o`rta

C) markaziy D) faqat markaziy va o`rta

97. Sirdaryo va Amudaryoda yashovchi soxtakurakburunga yaqin bo`lgan baliq turlari qayerda yashaydi (uchraydi)?

A) Shimoliy Amerikaning Missisipi daryosida

B) Baykal ko`lida

C) Atlantika okeanining Sargass dengizida

D) Shimoliy Afrikaning suv havzalarida

98. G`o`za avlodining turlari qaysi alohidalanish natijasidir?

A) ekologik B) simpatrik

C) geografik D) etologik

99. Populyatsiya genofondidagi genlarning tasodifiy o`zgarishi, bu - ...

A) alohidalanish

B) populyatsiya to`lqini

C) genlar dreyfi

D) divergensiya

100. Populyatsiya tarkibidagi organizmlarning son jihatidan ortib ketishi yoki kamayib ketishi, bu - ... A) alohidalanish B) populyatsiya to`lqini

C) genlar dreyfi D) divergensiya

101. Evolutsiyaning boshlang`ich omillarining tabiiy tanlanishdan farqini aniqlang.

A) ma’lum yo`nalishga ega bo`ladi

B) faqat populyatsiya doirasida sodir bo`ladi

C) ma’lum yo`nalishga ega bo`lmaydi

D) moslashgan organizmlar hosil bo`ladi

102. Gemoglobinning 2 ta, tuzilishi bir-biriga yaqin bo`lgan zanjirlardan tashkil topganligi sababini aniqlang.

A) 2 xil polipeptid zanjirlarning konvergensiyasi natijasi

B) bitta polipeptid zanjirning konvergensiyasi natijasi

C) bitta polipeptid zanjirning divergensiyasi natijasi

D) sun’iy tanlash va kombinativ o`zgaruvchanlik natijasi

103. Odamning gemoglobin oqsili tarkibidagi aminokislotalar izchilligi qaysi hayvonlarnikiga deyarli o`xshash?

A) quyon B) echki

C) ot D) odamsimon maymunlar


104.Populyatsiyaning boshlang`ich birligi (1), boshlang`ich omillari (2), boshlang`ich materiali (3) berilgan javobni aniqlang. a) populyatsiya to`lqini; b) mutatsion o`zgaruvchanlik; c) populyatsiya; d) genlar dreyfi; e) kombinativ o`zgaruvchanlik; f) alohidalanish; j) gala, podalar.

A) 1 c; 2 b, e; 3 a, d, f B) 1 c; 2 a, d, f; 3 b, e



C) 1 b, e; 2 a, f, c; 3 d, j D) 1 c, j; 2 a, d, f; 3 b, e



Javoblaringizni va o`zingiz haqingizdagi ma`lumotlarni

botirovg@yandex.ru elektron pochtasiga juntashingizni

so`raymiz.


Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling