3- maruza. Sarcomastigoforalar tipi xivchinlilar sinflari (2 soat)
Download 36.69 Kb.
|
3Maruza
3- MARUZA. SARCOMASTIGOFORALAR TIPI XIVCHINLILAR SINFLARI (2 SOAT)Mashgulot rejasi: Bir hujayralilarning umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi. Sarkomastogoralar tipining umumiy tavsifi. Xivchinlilar sinfining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi. Osimliksimon xivchinlilar, klassifikatsiyasi. Yashil evglena misolida oosimliksimon xivchinlilarning tuzilshi va hayot kechirishi. Hayvonsimon xivchinlilar, parasit yashovchi turlarining tarqalishi va ahamiyati. Tayanch iboralar: sitoplazma, ektoplazma, endoplazma, soxta oyoq, xivchin, qisqaruvchi vakuola, hazm vakuolasi, fagotsitoz, stigma, xromatofora, paramila, pellicula, avtotrpf, getereotrof, golozoy.makrogameta, mikrogameta, kinetoblast, evglena, volvoks, bodo, tripanosoma, leyshmaniY. Bir hujayralilar kenja dunyosining umumiy tavsifi. Bir hujayralilar kenja dunyosiga mansub hayvonlar tanasi yagona hujayradan yoki bir-biriga o’xshash bo’lgan hujayralar to’plamidan iborat. Bir hujayralilar ko’p hujayralilarga o’ xshash bo’lsa ham ulardan fiziologik jihatdan keskin farq qiladi. Chunki bir hujayratilar mustaqil hayot kechiradigan organizmlar bo’lib, ular modda almashinish, harakatlanish, ta’sirlanish, ko’payish va tirik organizmlar uchun xos bo’lgan boshqa barcha xususiyatlarga ega. Bunday funktsiyalarni hujayradagi maxsus organoidlar bajaradi. Lekin bir yhujayralilarning organoidlari hujayraning bir qismi bo’lishi bilan ko’p hujayralilar organlaridan farq qiladi. Ko’pchilik erkin yashovchi bir hujayralilar ozig’i hujayra ichida fagotsitoz usulda hazm bo’ladi. Bir hujayralilar soxta oyoqlar, maxsus kiprikchalar va xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ular tana yuzasi orqali nafas oliadi. Bir hujayralilarning 70000 dan ortiq turi ma’lum. Bir hujayralilar klassifikatsiyasi. Birhujayralilarnuing tiplarga bolinishida ular yadriosi va organoidlarining tuzilishi, kopayish xillari va hayotiy sikllari inobatga olinadi. Bir hujayralilar quyidagi 7 tipga ajratiladi: Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora) — 25 ming tur. Apikomplekslar (Apicomplexa), yani spora hosil qiluvchilar (Sporozoa)— 4800 tur. 3.Mikrosporalilar (Microspora) — 800 tur. 4.Miksosporidiyalar (Myxozoa) — 875 tur. 5.Infuzoriyalar (Infuzoria, yani Ciliophora) — 7500 tur. 6.Labirintulalar (Labyrinthomorpha) — 35 tur. 7.Atsitosporalilar (Ascetospora) — 30 tur. Download 36.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling