3- maruza. Sarcomastigoforalar tipi xivchinlilar sinflari (2 soat)


Download 36.69 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi36.69 Kb.
#1350664
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3Maruza

Hayvonsimon xivchinlilar (Zoomastigina) kenja sinfi. Hayvonsimon xivchinlilarning bir qancha turlari dengiz va chuchuk suvlarda uchraydi. Ulardan bir qismi osmotik yo’l bilan saprofit oziqlansa, boshqalari oziq zarralarini yutish xususiyatiga ega. Lekin juda ko’pchilik turlari odam va hayvonlar, ba′zan o’simliklarda parazitlik qiladi.
Yoqali xivchinlilar (Choanoflagellata) turkumi. Bir xivchinli erkin yashovchi yakka yoki colonial hayvonlar. Xivchini asosini sitoplazmatik yoqacha o’ rab turadi (9-rasm). Bakteriyalar va boshqa oziq zarralari xivchini harakati tufayli yoqacha ichiga tushadi. Ularni sitoplazma o’simtalari qamrab olib, hazm qiladi. Koloniyasi xilma-xil, ko’proq tuxumsimon sferik va daraxtsimon bo’ladi.
Ildiz xivchinlilar- Rhizomastigina turkumi sarkodalilar va xivchinlilar tuzilish xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Ularda 1-3 ta xivchin bilan birga psevdopodiylar bor. Bu turkumga mansub mastigamyoba - Mastigamoeba aspera kattaligi 100 mkmga yaqin, botqokdiklarda uchraydi (10-rasm).
Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) turkumi. Bu turkumga mansub hayvonlarda xivchin bilan bog’langan maxsus organ - kinetoplast bo’ladi. Ayrim turlari (Bodo) erkin yashaydi. Asosiy ko’ pchilik turlari parazit hayot kechiradi.
Bodolar 10-25 mkm kattalikdagi ikki xivchinli hayvonlar. Sitoplazmasining xivchinlar asosida joylashgan qismida pellikula bo’ lmaydi. Ular bu joy orqali bakteriyalarni yutib, oziqlanadi.
Parazit xivchinlilar. Kinetoplastidlar orasida odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit yashovchi tripanozomalar katta patologik ahamiyatga ega. Ularning tasmasimon yassi hujayrasi 20-70 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasi yoni bo’ ylab orqaga yo’ nalgan. Xivchin yupqa hilpirovchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi (kinetoplast) xivchin asosida endoplazmada joylashgan. Uyqu kasali tripanozomasi -Trypanozoma rhodesiense tropik Afrika xalqlarida og’ir uyqu kasalini keltirib chiqaradi. Parazit qon plazmasi va limfa suyuqligida yashaydi. Keyinroq orqa miya suyuqligiga o’tib oladi. Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanib, sekin-asta organizm og’ir xastalikka chalinadi. Kasal kishi ko’p uxlaydi; davolash choralari ko’rilmaganda juda ozib halok bo’ ladi. Uyqu kasali tripanozomasi tabiatda yovvoyi hayvonlardan antilopalar qonida uchraydi. Tripanozomani se-tse chivinlari (Glossina morsitans, G.palpalis) antilopalardan odamga yuqtiradi. Chivinlar ichagida parazit bo’linib ko’payadi; tana suyuqligi orqali dastlab chivin so’lak bezlariga, so’ngra uning xartumiga o’tib oladi. Odam qoniga o’tgan parazitlar plazmada yana jinssiz bo’linib ko’payadi. Parazit hayvonlarga ziyon keltirmaydi. Antilopalar kasallikning tabiiy manbasi, se- tse chivinlari esa kasallik qo’zg’atuvchining tarqatuvchisi hisoblanadi.
Tripanozomalarning bir qancha turlari uy hayvonlarida og’ir kasallik keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida qora mollarda parazit qiluvchi Trypanosoma brucei so’ nalar yordamida tarqaladi. Qozog’iston, Turkmaniston, O’zbekistonda va Ural oblasti cho’llarida tuyalar, otlar va eshaklarda og’ir "suv og’rig’i" kasalini Trypanosoma evansi keltirib chiqaradi. Bu tripanozoma ham so’nalar orqali tarqaladi. Otlarda kuyikish kasalini qo’zg’atuvchi Trypanosoma equiperdum bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali o’tadi.
Ayrim tripanozomalar o’simlik to’qimalarida yashashga moslashgan. Masalan, leptomonas (Leptomonas davidi) Janubiy Amerikada kofe daraxti bargini sarg’ayib to’kilishiga, ba’zan qurib qolishiga sabab bo’ladi.
Leyshmaniyalar (Leishmania) ham tripanasomalarga birmuncha o’xshash tuzilgan, lekin odam terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo’ladi. Uzunligi 4-7 mkm bo’lgan bu parazitlarning ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bor. Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qiladi. Tropik leyshmaniya (L. tropica) yuz, qo’l va oyoqlar terisida parazitlik qilib, surunkali pendinka yarasini paydo qiladi. Bu yara O’rta Osiyo xalklari o’rasida yomon yara yoki pashshaxo’rda nomi bilan ma’lum. Bunda dastlab terida kichikroq shish paydo bo’ladi. Shish yiriklashib, surunkali ochiq yaraga aylanadi. Yara 1,5-3 yildan keyin tuzalib, uning o’rni chandiq bo’lib qoladi. Tabiatda leyshmaniya kemiruvchilar (yumronqoziq, kalamushlar) va yirtqich sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Bu hayvonlar leyshmaniyaning tarqalish manbasi hisoblanadi. Kemiruvchilar inida yashaydigan iskabtoparlar (Phlebotomus pappatasii) hayvonlar qonini so’rganida leyshmaniyani o’ziga yuqtiradi. Iskabtoparlar ichagida leyshmaniya bo’linish orqali tez ko’payadi. Xivchini paydo bo’lganidan so’ng harakatlana boshlydi. Leyshmanioz Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubi-G’arbiy Osiyoning bir qancha mamlakatlarida, O’zbekistonning janubida tarqalgan. Cho’l mintaqasida uning tabiiy manbai asosan yumronqoziqlar ini bilan bog’liq. Leyshmaniyalar ham tripanosomalar singari tabiatda yovvoyi hayvonlar organizmida mavjud bo’lib, hasharotlar orqali yuqadi. Rus parazitologi YE. N. Pavlovskiy odamlar va hayvonlar o’rtasida bo’g’imoyoqlilar orqali aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb atagan.
Odam jigari, talog’i va limfa bezlarida parazitlik qiluvchi Leishmania donovani kala-azar og’ir ichki leyshmaniozni paydo qiladi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi. Kasallangan kishida kamqonlik paydo bo’lib, u ozib ketadi. Jigar va talog’i shishib halok bo’lishi mumkin. Kala-azarni qo’zg’atuvchi leyshmaniya paraziti tabiatda itlar qonida yashaydi. Kala-azar Janubiy va Shimoliy Osiyo va Italiyada, Turkmanistonning ayrim xududlarida uchraydi. Har ikkala leyshmanioz bilan asosan bolalar kasallanadi. Kasallikdan doimiy keyin immunitet hosil bo’ ladi. Shu sababdan odam leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi.

Download 36.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling