3- maruza. Sarcomastigoforalar tipi xivchinlilar sinflari (2 soat)


O’simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina)


Download 36.69 Kb.
bet3/6
Sana13.04.2023
Hajmi36.69 Kb.
#1350664
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3Maruza

O’simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) kenja sinfi. Bu kenja sinfga yashil rangli, yorug’lik ta’sirida fotosintez qiladigan xivchinlilar kiradi.
Tuzilishi. Yashil xivchinlilar hujayrasi duksimon, silindrsimon, sharsimon yoki boshqa shaklda bo’lib, sirtdan kletchatka yoki unga o’xshash pellikula bilan qoplangan. Usimliksimon xivchinlilar xivchinlari 1-2 tadan bir necha yuz, hatto minggacha bo’lishi mumkin. Tananing xivchin joylashgan tomoni oldingi qutb hisoblanadi. Xivchinlar uzunligi ham har xil, ba’zan tanadan ham uzun bo’lishi mumkin. Xivchinlar suyuq muhitga parmaga o’xshab buralib kirishi natijasida hayvon oldingi tomoni bilan suzadi. Ko’pchilik turlarida yorug’likni sezishga yordam beradigan qizil dog’ ko’zchasi - stigma ham bor.
Oziqlanishi. Xivchinlilarning xlorofill saqlovchi xromatoforlari plastinka yoki donachaga o’xshash bo’lib, har bir hujayrada ularning soni 1-2 ta yoki juda ko’p bo’lishi mumkin. Ular ham o’simliklar singari muhitdan karbonat angidrid va suv bilan birga mineral tuzlar, xususan, azot va fosforni o’zlashtirish hisobiga organik moddalar sintezlaydi. Ayrim avtotrof xivchinlilar qorong’ida yoki muhitda erigan organik moddalar ko’p bo’lganida yashil rangini yo’qotib, saprofit oziqlanishga o’tadi. Ba’zi evglenasimonlar bir vaqtning o’zida avtotrof va geterotrof oziqlanishi mumkin. Bu xildagi aralash oziqlanish miksotrof deyiladi. Yashil xivchinlilar hujayrasida kraxmal yoki unga o’xshash uglevodlar, masalan, paramila to’planadi. Chuchuk suv xivchinlilarida osmoregulyatsiya va ayirish fuynksiyasini qisqaruvchi vakuollar bajaradi. Dengizlarda yashovchi va parazit turlarida qisqaruvchi vakuollar bo’lmaydi.
Ko’payishi. Ko’ pchilik xivchinlilar faqat ikkiga bo’linish orqali jinssiz ko’payadi. Bunda dastlab yadro mitoz bo’linadi, so’ngra hujayrasi oldingi tomondan orqaga asta-sekin bo’linadi. Xivchini yosh hujayralardan biriga o’tadi, ikkinchisida esa yangidan hosil bo’ladi. Boshqa hollarda bo’linayotgan hujayraning xivchini tushib ketib, yosh hujayralarda yangidan hosil bo’ladi. Ba′zi xivchinlilar sista davrida ham ko’payadi. Bunda ular xivchinini tashlab, yumaloqdanadi; hujayrasi sirtiga pishiq qobiq ishlab chiqarib, sistaga aylanadi. Sista ichida tanasi ketma-ket bo’lina boshlaydi. Hujaraning yiriklashmasdan bo’lingani - palintomiya tufayli juda kichik hujayralar hosil bo’ladi. Palintomiya ko’p hujayralilar tuxum hujayralarining maydalanishiga o’xshab ketadi.
Koloniyali yashil xivchinlilar. O’simliksimon xivchinlilar orasida bir qancha turlari koloniya bo’lib yashaydi. Koloniya bo’linishdan keyin hosil bo’lgan hujayralarni ajralib ketmasdan o’zaro bog’langan holda qolishi natijasida kelib chiqqan. Chuchuk suvlarda tarqalgan yashil plastinkaga o’xshash gonium (Gonium pektorale) koloniyasi 16 ta yashil ikki xivchinli hujayralardan iborat. Hujayralar quyuq shilimshiq modda orqali o’zaro bog’langan. Gonium xivchinlarning eshkakka o’xshab tebranishi tufayli suzib yuradi.
Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan evdorina (Eudorina elegans) koloniyasi esa ko’pincha 32 (ba’zan 8 yoki 16) yashil hujayradan tashkil topgan, shar shaklda bo’ladi. Koloniya diametri 50 mkm dan 20 mkm gasha yetadi. Gonium va evdorinaning har bir hujayrasi mustaqil bo’ linib ko’payadi. Koloniyadagi hamma hujayralar bir vaqtning o’zida ko’ payishga kirishadi. Hujayralar 3 yoki 4 marta ketma-ket bo’linishdan keyin koloniya ichiga tushadi. Yosh koloniyadagi hujayralar soni ona hujayralari soniga teng bo’ladi. Keyinchalik ona koloniya yemirilib, yosh koloniyalar mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Chuchuk suv havzalarida tarqalgan Volvox aureus sharsimon koloniyasi 500-1000, V.globatorniki 20 mingga yaqin hujayralardan iborat (8-rasm). Volvokslar koloniyasining asosiy qismini quyuq massa tashkil etadi. Bu massa koloniya chetida tig’iz po’st hosil qiladi. Hujayralar koloniyaning chetida bir qator joylashgan. Koloniya bo’shlig’i quyuq massa bilan to’lgan. Koloniyadagi hujayralar bir xil tuzilgan. Har bir hujayrada stigma (qizil dog’ ko’zcha) va ikkita xivchin bor. Hujayralar sitoplazmatik ipchalar yordamida o’zaro tutashgan. Volvoksda faqat koloniyaning ostki tomonida joylashgan 4-10 ta hujayralar) bo’linish xususiyatiga ega. Ular vegetativ hujayralar deyiladi. Hujayralar ketma-ket bir necha marta bo’linib, bir necha yosh koloniyalarni hosil qiladi. Yosh koloniyalar yiriklashib, ona koloniyani yorib tashqariga chiqadi. Ko’pchilik yashil xivchinlilar faqat jinssiz ko’payadi. Jinsiy ko’payish asosan koloniya bo’lib yashovchi va ayrim yakka xivchinlilar uchun xos. Yakka yashovchi xivchinlilar jinsiy hujayralari bir xil kattalikda bo’lib izogametalar deyiladi. Jinsiy ko’payishning bu xili izogamiya, ya’ni teng gametalik deyiladi.
Volvoks koloniyasidagi minglab hujayralardan faqat 25-30 hujayra bo’linmasdan tuxum hujayra
- makrogametalarga aylanadi, 5-10 ta hujayralar urug’ hujayralarni hosil qiladi. Makrogametalar hujayralarning bo’linmasdan yiriklashuvi, mikrogametalar esa har qaysi hujayraning palintomik usulda 256 bo’lakka bo’linishi natijasida hosil bo’ladi. Harakatsiz mikrogameta tuxum hujayra, ikki xivchinli harakatchan mikrogametalar esa urug’ hujayraga mos keladi. Mikrogametalar faol harakatlanib, makrogametalarni topib urug’lantiradi. Urug’langan makrogameta (zigota) qalin po’stga o’ralib, qishlab qoladi. Qulay sharoit zigota palintomiya orqali yangi koloniyani hosil qiladi.

Download 36.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling