Sarcodinalarda lokomatsiya, lobopodiya va filopodiya


Download 1.3 Mb.
Sana15.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1486244
Bog'liq
SARCODINALARDA LOKOMATSIYA, LOBOPODIYA VA FILOPODIYA 1

SARCODINALARDA LOKOMATSIYA, LOBOPODIYA VA FILOPODIYA


Reja:
Sarkodalilar
Sarkomastigoforalar
SARKOMASTIGOFORALAR, YA'NI SOXTAOYOQ (SARCOMASTIGOPHORA) TIPI
Bu tipga soxta oyoqlar yoki xivchinlardan iborat harakatlanish orga-noidlarga ega bo'lgan bir hujayralilar kiradi. Ayrirn hayvonlarda bu ikki xil harakatlanish organoidlari ham bo'lishi mumkin.
Sarkomastigoforlar nam tuproqlarda va suvda hayot kechiradi; odam va hayvonlar orga-nizmida parazitlik qilib yashaydi. Ayrim vakillari esa boshqa hayvonlar bilan simbioz munosabatda bo'ladi.
Tip 20000 ga yaqin turni o'z ichiga oladi; Sarkodalilar (soxta oyoqlilar) vnXivchinlilar sinflariga bo'linadi.

2-rasm. Soxtaoyoqlilar.

2-rasm. Soxtaoyoqlilar.

A - oddiy amyoba, В - ichburug'

amyobasi, D, E, F - har xil foraminiferalar

(D - qurn chig'anoqli, E - ohak chig'anoqli

kameralari bir qator joylashgan, F - ohak

chig'anoqli kameralari spiral bo'lib

joylashgan): 1 - ektoplazma, 2 -

endoplazma, 3 - hazm vakuollari, 4 -

yadro, 5 - soxta oyoqlar, 6 - qisqaruvchi

vakuol, 7 - sista ichida bo'lingan yadro, 8

- qamrab olingan eritrotsit.


Sarkodalilarning qattiq po'sti bo'lmaydi; hujayra sitoplazmasi faqat si-toplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi.
Qattiq po'st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas.
Sitoplaz-madan hosil bo 'lib turuvchi o'simtalar yordamida hayvon sekin-asta siljiy-di; shuning uchun bunday oyoqlar soxta, ya'nipsevdopodiylar deb atala-di.
SARKODALILAR, YA'NI SOXTAOYOQLILAR (SARCODINA) SINFI
Soxta oyoqlar parraksimon (lobopodiylar), ipsimon (filopodiylar), nursi-mon (askopodiylar) vato'rsimon (retikulopodiylar) shaklidabo'lishimumkin.
Soxta oyoqlar oziqni qamrab olish vazifasini ham bajaradi. Sarkodalilar hujayrasida bitta yoki bir necha yadrosi bor.
Chuchuk suvlarda va tuproqda yashovchi turlarida qisqaruvchi vakuoli bo'ladi. Ular barcha bir hujayralilarga o'xshash butun tana sirti orqali nafas oladi. Sarkodar ko'p mchaiga bo'toish, ba'zan kam taklanish orqali jinssiz ko'payadi.
Jinsiy ko'payishi xivchinli yoki amyobasimon (xivchinsiz) gametalarhosil qilish orqali sodir bo'ladi.
Bu sinfga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko'pchilik turlari chuchuk suvlarda, dengiz va okeanlarda hamda tuproqda erkin yashaydi.
Ayrim turlari parazit hisoblanadi. Sinf ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va akantariyalar kenja sinflarini o'z ichiga oladi.
Sarkodalilar — sarkomastigoforalar tipiga mansub bir hujayrali hayvonlar sinfi. Tanasi sirtdan sitoplazmatik membrana bilan qoplangan; hujayra qobigʻi boʻlmaydi.
Koʻpchilik turlari tanasi oqak yoki kremniy chigʻanoq ichida joylashgan; chigʻanoq teshiklaridan sitoplazmasi oʻsimtalari (soxta oyoklar) chiqib turadi.
Soxta oyoqlar (psevdopodiylar) harakatlanish va oziqni qamrab olish vazifasini bajaradi.
Soxta oyoklar yassi parraksimon, ipsimon yoki nursimon boʻladi. Yadrosi bitta yoki bir nechta.
Chuchuk suvda yashaydigan S.ning qisqaruvchi vakuolalari bor. Bakteriyalar, suvoʻtlar, shuningdek, bir hujayrali hayvonlar bilan oziqlanadi.
Koʻpchilik S noqulay sharoitda sista hosil qiladi. 2 ga yoki koʻp marta boʻlinish (shizogoniya) va kurtaklanish orqali jinssiz ham bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) yoki har xil tipdagi gametalar (anizogametalar) hosil qilish orqali jinsiy koʻpayadi.
4 ta kenja sinf (ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar, akantariyalar)ga boʻlinadi. 11000 dan ortiq turi maʼlum.
Koʻpchilik S. dengizlar va chuchuk suvlarda, bir qancha turlari tuprokda yoʻsinli botqoqliklar va oʻrmonlarda yashaydi. Ayrim turlari (mas, ichburugʻ amyobasi) parazit.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling