Mavzu: fvdt ning vazifalari, aholining fuqaro muhofazasidagi huquq va majburiyatlari


Download 51.11 Kb.
bet4/4
Sana02.06.2024
Hajmi51.11 Kb.
#1833304
1   2   3   4
Bog'liq
Ermakov Husan Mustaqil ish fuqaro muhofazasi

Mashg‘ulotga tayyorlanish. Kompleks mashg‘ulotni muvaffaqiyat-li о‘tkazish, kо‘p jihatdan unga qanchalik tayyorgarlik kо‘rilganligiga bog‘liq. Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rish obyekt FM rejasini hisobga olgan holda uni tashkiliy shtatlar tuzilishi, material ishlab chiqarish xususiyati, hududiy joylashganligi, FM holati va boshqa faktlarga amal qilgan holda olib boriladi. Mashg‘ulotni tayyorlash, tashkil etish va uni о‘tkazishga mashg‘ulot rahbari shaxsan javob beradi. Mashg‘ulotga oldindan va har taraflama tayyorlanish lozim. Mashg‘ulot rahbari mashg‘ulotning mavzusini, о‘quv maqsadini, о‘quv savollari va bosqichlarini, komanda-boshliq tarkiblarining sonlarini, tuzilmalar, jami mashg‘ulotga jalb etilganlarning soni, mashg‘ulot rejasini asosiy holatlarini ishlab chiqish, material, texnik jihozlar bilan ta’minlanganliklarini aniqlashlari lozim.
Imitatsiya rejasi о‘quv mashg‘uloti rahbarining yordamchisi tomonidan matn bо‘yicha chizma asosida ishlab chiqiladi. Unda odatda: imitatsiya joyi, vaqti va turlari kо‘rsatiladi, imitatsiya ishlariga ajratilgan kuchlar va vositalar, ma’sul kishilar, imitatsiyani boshqarish signallari (belgilari) va aloqa vositalari, imitatsiya о‘tkaziladigan joyni qо‘riqlash choralari va uning xavfsizligini ta’minlash kо‘rsatiladi. Chizmada imitatsiya о‘tkazadigan joy shartli belgilar bilan ifodalanadi. Imitatsiya rejasi о‘quv rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi obyektdagi FV oqibatlarni tezroq tugatishdir. U obyektda razvedkani tashkil qilish va olib borishdan boshlanadi. Olingan razvedka ma’lumoti va uning tahliliga asosan obyektdagi holat aniqlanadi, barcha tuzilmalarga FV oqibatlarini tugatish bо‘yicha qо‘shimcha vazifalar yuklatiladi. Hamma kо‘zda tutilgan о‘quv savollari о‘rganuvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar davomida bajarilgandan sо‘ng, mashg‘ulot rahbari kо‘rsatmasiga asosan tо‘xtatiladi.
Tahlil amaliy mashg‘ulotning yakuniy bosqichidir. Tahlilda о‘qitilganlar har tamonlama muhokama qilinadi, qо‘yilgan maqsadni qay tarzda amalga oshirilganligi, о‘quv savollarini qanday qilib ishlab chiqilganligi, rahbar va komanda-boshliq tarkibining, shtab xodimlari, tizimlar, har xil toifadagi о‘qiganlarning qanday tayyorlanganligi tahlil qilinadi. Tahlil avval rahbarlar bilan, sо‘ngra mashg‘ulotning hamma qatnashchilari bilan о‘tkaziladi. Tahlil oxirida mashg‘ulot rahbari mashg‘ulotlarda qatnalganlarning о‘quv maqsadlariga qay darajada erishilganligini aniqlaydi, о‘qiganlarning harakatlarini baholaydi va yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni tugatish tadbirlarini belgilaydi. Har taraflama о‘tkazilgan mashg‘ulotning natijalari tо‘g‘risida tuman FM shtabiga kerakli ma’lumot taqdim etiladi.
Fuqaro muhofazasi vazifadarini hal etishda FV kuchlaridan tashqari O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining qutqaruv tizimlari, qismlari ham jalb etilishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasining qo’shinlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qushinlarining harbiy davrdagi asosiy vazifalari quyidagalardan iborat:
• Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodda vaziyatlarniig oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallagan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta’minlash;
• Aholini, boshqaruv organlari boshliqlarini. FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
• Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
• Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
• Favqulodda vaziyatlardan zarar ko’rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
• Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan, ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish. FVDT hududiy va funktsional quyi tizimlardan iborat bo’lib, u respublika, mahalliy va ob’ektlar miqyosi darajasida bo’ladi. FVDTning hududiy quyi tizimlari o’z ma’muriy hududlari doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrida tuziladi hamda tegishli ravishda tumanlar, shaharlar, qishloqpar va ovullar miqyosida tashkil topadi. FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch va vositalari tarkibi, faoliyat ko’rsatish tartibi mahalliy geofizik va tabiiy, iqlim sharoitlarini, kuchli xavfli ob’ektlarning mavjudligini hisobga olib belgilanadi hamda FVV bilan kelishilgan holda qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, vshyuyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. FVDTning funktsional quyi tizimlari vazirliklar, davlat qo’mitalari, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va kompaniyalarda atrof muhitni, kuchli xavfli ob’ektlar xrlatini kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdek, ularga qarashli ob’ektlarda o’zlarining ishlab chiqarish faoliyati bilan borliqfavqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bartaraf etish uchun tashkil etiladi.
FVDT rahbar organlariga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolati ga davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari va ob’ektlar mas’uldir, jumladan, respublika darajasida O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi, xavfli ob’ektlar holatini kuzatishni nazorat qilish uchun vazirliklar, idoralar, mahalliy miqyosda hududiy hokimliklar, ob’ektlar miqyosida korxonalarning ma’muriyati mutasaddi hisoblanadi.
FVDT rahbar organlariga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolati ga davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari va ob’ektlar mas’uldir, jumladan, respublika darajasida O’zbekiston Res-publikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi, xavfli ob’ektlar holatini kuzatishni nazorat qilish uchun vazirliklar, idoralar, mahalliy miqyosda hududiy hokimliklar, ob’ektlar miqyosida korxonalarning ma’muriyati mutasaddi hisoblanadi.
Har bir korxonaning FM boshlig`i FMni tashkil etilishini, uning holatini, kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor holatda bo’lishligini nazorat etadi, hamda qutqaruv va qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi. Korxona FMning boshlig`i shu kor-xona joylashgan rayon FMga va shu korxonaning yuqori tashki-loti FMsiga bo’ysunadi. Qutqaruv otryadlarining tashkiliy tuzilishi quyidagicha bo’lishi mumkin: Har bir korxonaning FM boshlig`iga o’rinbosar tayinlanadi. Katta korxonalarda bir necha o’rinbosarlar tayinlanadi, jumladan:
a) Ishchi-xizmatchilarni joylashtirish (yoki evakuatsiya bo’yicha);
b) Muhandis-texnik ishlari bo’yicha;
v) Moddiy-texnika ta’minoti bo’yicha.
FMning ishchi-xizmatchilarni joylashtirish bo’yicha o’rinbosari joylashtirish rejalarini tashkil etadi, ularning oilalarini evakuatsiya etish, jamoat tartibini saqlash ishlariga boshchilik kdlish hamda ishchi xizmatchilarni bir joydan ikkinchi joyga tashish ishlarini tashkillashgirish vazifalarini bajaradi. FMning muhandis-texnik bo’limi o’rinbosari korxonaning bosh muxandisi hisoblanadi.Buning vazifasi ishlab chiqarishni alohida rejim asosida ishlash rejasini tuzish, tinchlik davrida ishlab chiqarishni muttasil ishlashini ta’minlash, ekstremal holatlarda avariya-texnika va yong`inga qarshi xizmatlarni, qutqarish ishlarini olib boradi. Bundan tashqari, tabiiy ofatlar, avariya, halokat bo’lganda qutqarish va avariyani to’sish hamda qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi. FMning moddiy-texnika ta’minoti bo’yicha o’rinbosari qilib korxona-ning ta’minot bo’yicha boshliq o’rinbosari tayinlanadi. Bu mansabdor shaxs maxsus jihozlarni, texnika, transport va muhofazaga taalluqpi jihozlar bilan ta’minlaydi va saqlaydi. Yana u boshpanadarni qurish va o’z qo’l ostidagi ishchi-xizmatchilarni evakuatsiya qilishni ta’minlaydi hamda inshootlarni ta’mirlash ishlarini bajaradi. Korxonada FMning shtabi tuziladi. Bu shtabda har xil buyruqlar, bajariladigan chora-tadbirlar va FMning yuqori tashki-lottalabnomalari, ish rejalari ishlab chiqiladi, uning bajarilish hisobotlari tuziladi.Korxona shtab boshlig`i etib, shu korxonaning FM boshlirining birinchi o’rinbosari tayinlanadi. FMning shtabi zimmasida ishchixizmatchilarni va korxona xodimlari oilalarini qirg`in qurollar ta’siridan, dushmanning bevaqg hujumidan o’z vaktida ogoh qilish vazifasi turadi.
FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:

  • Aloqa va tashviqot;

  • Meditsina;

  • Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta’siriga qarshi;

  • Jamoat tartibini saqlash;

  • Elektr ta’minoti;

  • Avariya-texnikani ta’mirlash;

  • Panada va qochoqpar maskanida xizmat ko’rsatish;

  • Transportda xizmat ko’rsatish;

  • Moddiy ta’minot va boshqa vazifalar.

FVDTning mablagi quydagilardan tarkib topgan:
• Davlat byudjetlari hisobidan.
• Mahalliy byudjet hisobidan.
• Vazirlik va uning bo’g`inlari hisobidan.
• Muassasa va tashkilotlarning shaxsiy mablag`lari xisobidan. «Qizil hoj» va «Qizil yarim oy» jamiyatining birlamchi zaxiralari hisobidan va boshqalardan.

[]



Download 51.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling