Mavzu: G'arbiy Osiyo mamlakatlarida sayyohlarga xizmat ko'rsatish madaniyati Reja: Kirish


G'arbiy Osiyo mamlakatlarida sayyohlarga xizmat ko'rsatish madaniyati (Saudiya Arabistoni misolida)


Download 283.5 Kb.
bet3/8
Sana09.06.2023
Hajmi283.5 Kb.
#1466140
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'arbiy Osiyo mamlakatlarida sayyohlarga xizmat ko\'rsatish madaniyati

G'arbiy Osiyo mamlakatlarida sayyohlarga xizmat ko'rsatish madaniyati (Saudiya Arabistoni misolida)

Saudiya Arabistoni 2018-yilda 16 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgani bilan Yaqin Sharqdagi ikkinchi yirik sayyohlik yoʻnalishi hisoblanadi Saudiya Arabistonidagi aksariyat turizm hanuzgacha diniy ziyoratlarni oʻz ichiga olgan boʻlsa-da, dam olish turizmi sektorida ham oʻsish kuzatilmoqda. Soʻnggi paytlarda turizm sektori sezilarli darajada rivojlanganligi sababli, sektor Saudiya Arabistoni uchun „oq neft“ boʻlishi kutilmoqda. Bu taʼrif 2019-yilda turizm sektoridan 25 milliard dollar daromad kelganligi bilan isbotlangan Potensial sayyohlik hududlari orasiga Hijoz va Saravat togʻlariga sayr, Qizil dengizga shoʻngʻish va bir qator qadimiy xarobalarga tashrif buyurish kiradi.
Jahon sayohat va turizm kengashi (WTTC) maʼlumotlariga koʻra, 2018-yilda Saudiya Arabistonidagi sayohat va turizm qirollikning umumiy iqtisodiyotiga 9 foiz hissa qoʻshdi, bu esa 65,2 milliard dollarga tengdir.
2013-yil dekabr oyida Saudiya Arabistoni tarixida ilk bor sayyohlik vizalarini berishni boshlash niyati borligini maʼlum qildi. Vazirlar kengashi Saudiya Arabistonining Turizm va qadimiy ashyolar komissiyasiga ichki va tashqi ishlar vazirliklari tomonidan tasdiqlangan ayrim nizomlar asosida viza berishni topshirdi. 2019-yil 27-sentyabrda Saudiya Arabistoni 49 ta davlatdan tashrif buyuruvchilarga 80 dollarlik toʻlov evaziga turistik viza berilishini rasman eʼlon qildi. Vizani onlayn (eVisa) yoki kelganda olish mumkin edi[5]. Tezkor turistik vizalar joriy etilganidan 10 kun oʻtib Saudiya Arabistoniga 24 ming xorijlik tashrif buyurgan. Bu vaqtda mamlakatga eng koʻp tashrif buyuruvchilar soni boʻyicha reytingda Xitoy birinchi oʻrinni egalladi, Buyuk Britaniya va AQSh ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni band etdi.
Saudiya Arabistonida ziyorat qilinadigan mashhur joylar MakkaMadinaMadain Solih, Yanbu, Tabuk, Jidda va Ar-Riyoddir.
Saudiya Arabistoniga turli global aviakompaniyalar xizmat koʻrsatadigan 13 ta xalqaro aeroport orqali kelish mumkin. Shuningdek, mamlakat mintaqalari va shaharlarini bogʻlaydigan 15 ta mahalliy aeroportlar ham mavjud. Mamlakat ichida harakatlanish uchun Saudi Arabian Airlines va SaudiGulf Airlinesdan tashqari Flynas, Fyadeal, Nesma Airlines kabi byudjetli aviakompaniyalar mavjud.


Download 283.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling