Mavzu: G'arbiy Osiyo mamlakatlarida sayyohlarga xizmat ko'rsatish madaniyati Reja: Kirish


G'arbiy Osiyo mamlakatlari turizmini takomillashtirish


Download 283.5 Kb.
bet7/8
Sana09.06.2023
Hajmi283.5 Kb.
#1466140
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'arbiy Osiyo mamlakatlarida sayyohlarga xizmat ko\'rsatish madaniyati

4. G'arbiy Osiyo mamlakatlari turizmini takomillashtirish
Saudiya Arabistoni hukumati mamlakatdagi ilk sayyohlik yo‘nalishi – tabiiy va madaniy yodgorlik Al-Ula haqida e'lon qildi. Ushbu yodgorlik Al-Madina viloyatida joylashgan. 
Hudud YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, unda Madain-Solih sag‘anasi va qoya shaklidagi quyosh soatlari joylashgan. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon qirollikning ilk sayyohlik mintaqasini rivojlantirish strategiyasini taqdim qildi. Unga ko‘ra, 2023 yilgacha mintaqaga 230 ming, 2035 yilgacha ega 1,5-2 mln sayyohni jalb qilish rejalashtirilgan. Al-Ula hududida milliy qo‘riqxona tashkil etiladi.
Avval Saudiya Arabistoniga asosan Haj va Umra ziyoratlarini amalga oshiruvchilar tashrif buyurardilar.
Saudiyalik ishbilarmonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda yozuvchilar qatnashgan ushbu tadbirda Bosh konsulxona tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, xorijiy investorlar uchun mamlakatimizda yaratilgan qulayliklar, respublikadagi investitsion va turistik muhitning jozibadorligi, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijalari hamda respublikadagi erkin iqtisodiy hududlar faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, respublikada mehmonxona xo‘jaligini takomillashtirish doirasida xorijiy investorlarga yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar haqida ham so‘zlab berildi.
Anjuman doirasida Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybiy ikki tomonlama munosabatlar haqida o‘z fikrlarini bayon qildi. Diplomatning taʼkidlashicha, Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihning O‘zbekistonga 2021 yil yanvar oyidagi tashrifidan so‘ng o‘zaro hamkorlik munosabatlari rivoji yana-da faollashdi.
Podshohlikning yirik kompaniyasi bo‘lmish “Acwa Power” ham O‘zbekiston hududlarida elektrostansiyalarni barpo etish uchun 2,4 milliard AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalar kiritmoqda. Shuningdek, ikki davlat kompaniyalari o‘rtasida farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi sohalarida ham hamkorlik o‘rnatilmoqda.
Yusuf al-Utaybining so‘zlariga ko‘ra, islom olami rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ulamolar, xususan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Mahmud Zamaxshariy kabi mutaffakkir olimlar O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqanini inobatga olib, ushbu ilmiy merosni o‘rganish yuzasidan ikki davlat oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mustahkamlanib bormoqda.
Saudiya Arabistoni birinchi marta sayyohlik vizasini berishni boshlaydi. Uni 49 davlat fuqarolari olishlari mumkin, deb yozadi BBC.
Eʼlon qilingan roʻyxatga Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozogʻiston kirgan, shuningdek, Rossiya va Boltiqboʻyi davlatlari ham bor.
AQSH, Buyuk Britaniya, Shengen hududiga kiruvchi davlatlar, Avstraliya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Singapur fuqarolari ham endilikda Saudiyaga turist sifatida safar qila oladilar.
Bunga qadar Saudiya, asosan, Haj va Umra ziyoratini ado etishni istagan musulmonlar uchun ziyorat vizasi va shuningdek, tadbirkorlar uchun ishchi vizalarini berib kelgan.
27-sentyabrdan boshlab Saudiya Arabistoni diplomatik vakolatxonalari podshohlikka sayyoh sifatida borishni istaganlardan arizalar qabul qilishni boshlashi aytilgan.
Saudiya Turizm vaziri Ahmad Xatib sayyohlik vizasi berishning boshlanishini “tarixiy lahza“ deb atagan.
Ar-Riyod mamlakatni xorijiy sayyohlarga ochish bilan 2030-yilga kelib, yalpi ichki mahsulotda turizm ulushini hozirgi 3 foizdan 10 foizga oshirmoqchi.
“Mamlakatga keladigan sayyohlar bu yerdagi xazinalarni koʻrib, hayratga tushadilar - YUNESKO Butunujahon Merosiga kirgan beshta obida, oʻziga xos boy madaniyat, bagʻoyat goʻzal tabiat“, - deb aytgan Ahmad Xatib.
Xabar qilinishicha, sayyohlarga podshohlikda amal qiladigan dress-kod masalasida maʼlum yengilliklar beriladi.
Saudiya hukumati, jumladan, xorijiy ayol sayyohlardan abaya (arab ayollari kiyadigan, badanni toʻla yopadigan qora rangdagi uzun anʼanaviy koʻylak) kiyishlarini talab qilmaydi.
Ayni paytda Saudiya rasmiylarining aytishlaricha, ayollar odmi yoki kamtarona kiyinishlari kerak boʻladi.
“Umid qilamizki, doʻstlarimiz va mehmonlarimiz bizning madaniyatimizga hurmat bilan munosabatda boʻladilar“, deb aytgan Turizm vaziri.
Ar-Riyod, shuningdek, ayol sayyohlarga erkak yaqinlari hamrohlik qilishini talab qilmaydi.
Islom dinida boʻlmagan sayyohlarning musulmonlar uchun muqaddas Makka va Madina shaharlariga tashrif buyurishlariga, avvalgidek ruxsat berilmaydi.
Xulosa
G’arbiy Osiyo mamlakatlari turizm sohasi oʻzaro foydali hamkorlik va doʻstona aloqalarni qoʻllab-quvvatlash, tenglik, oʻzaro hurmat tamoyillariga asoslanlanadi. Men ushbu kurs ishini yozar ekanman quyidagi xulosa va takliflarni berib o’tmoqchiman:
– oʻzaro turistlar oqimini 100 mln kishiga yetkazish;
– turistlarni jalb etish uchun oʻzaro madaniy, sivilizatsion va tarixiy merosdan foydalanishga targʻib etish;
– mavjud turistik yoʻnalishlarni yanada rivojlantirish va yangi turistik yoʻnalishlarni ochish boʻyicha oʻzaro kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, guruh va individual turizmning har xil turlarini kengaytirish;
– tabiiy resurslar va madaniy boyliklarni turistik diqqatga sazovor joylar sifatida saqlash;
– mehmonxona, turistik kurortlar va turistlarni joylashtirish obyektlarini ularning samaradorligini tekshirish mexanizmlarini faollashtirish bilan boshqarish;
– turistik tadbirlar va safarlar tashkillashtirish;
– turizmni rivojlantirish uchun investitsiyalar kiritish;
– kichik va oʻrta turistik tashkilotlarni, turistik saytlarni rivojlantirish.
Shuningdek, hujjatga koʻra tomonlar OAVda chop etilgan maqolalar, filmlar va turistik eksponatlarni oʻzaro almashadilar. Ekspertlar va turizmga ixtisoslashgan OAV vakillari uchun oʻzaro sayohatlar tashkillashtiriladi.
G’arbiy Osiyo mamlakatlari turizm sohasida qoʻshma turistik faoliyatni tashkil etish, barcha davlatda tashkil etiladigan koʻrgazma, konferensiya va simpoziumlarda qatnashish ham koʻzda tutilgan.
Qolaversa, quyidagi jabhalarda ham izchil hamkorlik yoʻlga qoʻyish :
– turizmga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarini tashkil etish;
– turizm sohasida oʻzaro mutaxassislar almashish;
– turizmga oid xalqaro forumlarda oʻzaro hamkorlik qilish va bir-birini qoʻllab-quvvatlash.
Eslatib oʻtaman, G’arbiy Osiyo mamlakatlari tomonidan bundan avval Turkmaniston, Ozarbayjon, Isroil, Tojikiston va boshqa davlatlar bilan ham turizm sohasida turli kelishuvlar imzolangan.
Ushbu kurs ishidan shunday xulosaga kelindiki, davlatlar turizm rivoji uchun katta ahamiyatga molik quyidagi muammolarni yechishda yordam berishlari zarur:
- turistik rasmiyatchilikni tartibga solish va turistlar xavfsizligini oshirish;
- turizm infratuzilmasi, shu jumladan transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish;
- turistik tashkilotlar rahbarlari va xizmatchilarini o’qitish uchun sharoitlar yaratish;
- turistik ob’ektlar va safar manzillarida ekologik normalarga rioya qilishni ta’minlash;
- turistlar huquqlarini himoya qilish;
- turistik firmalar uchun imtiyozli soliq tizimini ta’minlash;
- turizmda qabul qilingan xalqaro mezonlar va normalar asosida ob’ektiv statistika hisoboti va nazoratini amalga oshirish imkoniyatini beradigan iqtisodiy va statistik mexanizmlardan foydalanish;
- turizm uchun foydali bo’lgan mamlakat timsolini shakllantirish yo’li bilan milliy turmahsulotlarni chet-el bozorlariga olib kirish.
quyidagilar bir qator xorijiy mamlakatlarda turizm rivojini qo’llab-quvvatlashning iqtisodiy va ma’muriy mexanizmlari bo’lib xizmat qiladi40:
- soliq imtiyozlari, subsidiya va dotatsiyalar;
- turizm rivojini va turistik xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni qo’llab-quvvatlovchi milliy qonunchilik va normativ hujjatlari;
- mamlakatga kirish va undan chiqish paytida pasport va viza cheklashlarini kamaytirish;
- narxlarni qisqartirish va boshqa turli xil imtiyozlar berish yo’li bilan nomavsumiy turizmni rag’batlantirish;
- ijtimoiy turizmni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash;
- turistlar xavfsizligiga qo’yiladigan talablarni kuchaytirish;
- davlat tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy va tarixiy merosni asrab-avaylash bo’yicha va boshqa chora-tadbirlarni kuchaytirish.


Download 283.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling