Mavzu: gatda axborotni tashkil etish Geoaxborot tizimida datum tushunchasi


To‘g‘ri burchakli koordinata sistemasi


Download 240.23 Kb.
bet5/7
Sana19.10.2023
Hajmi240.23 Kb.
#1709858
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu 2

To‘g‘ri burchakli koordinata sistemasi. Kichik hududlarning planini olishda va katta aniqlik talab qilinmaydigan hisoblarda to‘g‘ri burchakli yassi koordinata hamda qutbiy koordinata sistemalaridan foydalaniladi.
To‘g‘ri burchakli yassi koordinata sistemasida nuqtalarning bir-biriga nisbatan o‘rni o‘zaro perpendikular ikki chiziqning kesishgan nuqtasiga nisbatan aniqlanadi. O‘zaro perpendikular ikki chiziqcha koordinata o‘qlari, ularning kesishgan nuqtasiga esa koordinata boshi deyiladi. Bu koordinata sistemasi dekart to‘g‘ri burchakli yassi koordinata sistemasi deyiladi.
Bu sistemada vertikal chiziq - ordinata (Y), gorizontal chiziq - abssissa (X), geodeziyada esa aksincha, vertikal chiziq - abssissa X, gorizontal chiziq - ordinata Y deb qabul qilingan. O - koordinata boshi, X o‘qi - abssissa shimolga yo‘nalgan, Y o‘qi - ordinata sharqqa yo‘nalgan.
Qutbiy koordinata sistemasi. Agar to‘g‘ri burchakli koordinata sistemasidagi o‘zaro perpendikular X va Y o‘qlar o‘rniga faqat X o‘qi va koordinata boshlanish nuqtasi O olinsa, qutbiy koordinata sistemasi hosil bo‘ladi.
Biror S nuqtaning qutbiy nuqtaga nisbatan o‘rnini aniqlash uchun bu nuqtani qutbiy nuqta bilan tutashtiruvchi chiziqning uzunligi OS va qutbiy o‘q OX bilan OS chiziq orasidagi burchak a o‘lchanadi. Bunda OS chiziq- radius vektor, a-oriyentirlash burchagi.

    1. O ‘ zbekistonda qo ‘ llaniladigan koordinata sistemalari

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bir qator tarmoqlari (O‘zyergeodezkadastr, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, qurilish va transport tashkilotlari hamda boshqalar) amaliy masalalarini yechishda geodezik kenglik, uzunlik va ortometrik balandlikdan iborat bodgan koordinata asosi zarur. Ammo hozirgi kunda respublikamizda yer sirtida joylashdan GNSS kosmik tizimi kabi global vaqt-koordinata hisoblash tizimi mavjud emas. Boshqa tomondan esa yer tayanch koordinatalar sistemasi bilan geoidning fizik sirti orasidagi bog‘liqlik yetarlicha aniqlik bilan topilmagan.
Mehnat unumdorligini oshirish va boshlang‘ich geodezik ma’lumotlarni to‘plash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish maqsadida geodezik asos bilan 49
ta’minlash usulini ishlab chiqish zarur. Dastavval, loyiha tadqiqot guruhi tomonidan ushbu muammoning birinchi qismi - Kitob-Toshkent tayanch bazisini yaratish masalasi yechilgan edi. Nuqtalarning aniqligini baholash maqsadida yaratilgan dasturiy ta’minot uchun davlat patenti olingan.
Hozirgi kunda Krasovskiy ellipsoidiga asoslangan tayanch geodezik tarmog‘ini topogeodezik va geofizik xizmatlar o‘z hisob-kitoblarida ishlatib kelmoqdalar. GNSS tizimi WGS-84 Xalqaro balandlik sistemasiga tayanadi, shuning uchun koordinata va balandlikni sun’iy yoddoshlar yordamida aniqlaydigan qabul qilgichlarning ommaviylashishi natijasida ikki xil koordinatalar sistemasi orasidagi farq muammosi kun tartibiga chiqdi. Boshqa tomondan olganda, O‘rta Osiyo mintaqasi ham gorizontal, ham vertikal harakatlar uchun faol deformatsiyaga ega hisoblanadi. Vertikal siljishlar esa nafaqat qatlamlararo deformatsiya, balki atmosfera bosimi va yer namligining ta’siri natijasidir.
Ortometrik balandliklarni aniqlash uchun ellipsoid koordinatalardan tashqari gravimetrik maydonning yuqori aniqlikka ega bo‘lgan ko‘pgarmonikalik matematik modellari ham kerak bo‘ladi. Bu usulni yanada rivojlantirish uchun loyihada Kitob va Toshkent stansiyalaridan klassik va sun ’iy yo‘ldoshlar (GNSS, DORIS) yordamida olingan koordinatalar o‘zgarishi vaqt qatorlaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Ionosferada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar litosferadagi jarayonlarning indikatori ekanligini hisobga olgan holda, loyihada VLF va Super SID asboblari - juda past chastotali elektromagnit to‘lqinlar qabul qilgichlari yordamida ionosfera holatini monitoring qilish ko‘zda tutilgan. Bu nafaqat punktlarning balandligini topish aniqligini yaxshilash, balki ionosferada sodir bo‘layotgan jarayonlar va mintaqamizning seysmik faolligi o‘rtasidagi korrelatsiyani tadqiq qilish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu loyiha doirasida Astronomiya institutining Maydanak observatoriyasida yana bir GNSS stansiya o‘rnatiladi va u kelajakda xalqaro geodinamik tarmoqqa kiritiladi. Qo‘yilgan masaladan kelib chiqqan holda, loyihaning bir necha asosiy bosqichini sanab o‘tish mumkin:

  • O‘zbekiston geodinamik tarmog‘ining nuqtalari balandlik o‘zgarishlarini ularning asriy va davriy fizik sabablarini hisobga olgan holda hisoblash usullarini ishlab chiqish.

  • O‘zbekiston hududi yuqorisidagi ionosferaning F va D qatlamlari holatini real vaqtda doimiy ko‘rsatib turuvchi axborot resurs yaratish.

  • O‘zbekiston geodezik balandlik koordinata sistemasining aniqligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

    1. Geoaxborot tizimida konversiyalash, georeferenslash va transformatsiyalash

Geografik o‘zgartishlar matematik jarayon bo‘lib, unda nuqtalar koordinatalarini bir koordinatalar sistemasidan boshqasiga o‘zgartirish amalga oshiriladi. Aniq geodezik ishlarni bajarishda geoidga nisbatan ellipsoidning aniq o‘rnini hisobga olish zarur. Ushbu bazaviy ma’lumot negizida o‘rin olgan turli ellipsoidlar koordinata sistemalari va kartografik proyeksiyalarning
o‘zgartirilishiga geografik o ‘zgartishlar (konversiyalash) deyiladi.
Geografik o‘zgartishning bir nechta usullari mavjud. Berilgan geografik koordinatalar (kenglik, uzoqlik va balandlik) boshlang‘ich nuqtasining geosentrik to‘g‘ri burchakli koordinatalar markazidan siljishi qiymatini hisobga olgan holda boshqa geografik koordinatalarga o‘tish eng sodda usul hisoblanadi. Bunda ikkala ellipsoid o‘qlari yo‘nalishlari parallel deb olinadi, bu esa ko‘p holatlarda haqiqiyga to‘g‘ri kelmaydi. Bu usul uncha katta bo‘lmagan hududlardagi ishlar uchun mos keladi, chunki o‘zgartirish jarayonida yuz beradigan xatoliklar berilgan boshlang‘ich qiymatlardan kichikdir.
Berilgan nuqtaning koordinatasi yoki biz GPS, geodezik asbob orqali topgan yer yuzi nuqtasining koordinatasi turli koordinata sistemalarida turli koordinata birliklariga ega bodishi mumkin. Hozirgi kunda O‘zbekiston uchun SK-42 (Система Красовского, 1942) koordinata sistemasi va WGS-84 sistemasi qo‘llaniladi. Bu ikki koordinata sistemalari orasidagi koordinatalar farqi yoki siljishi turli hududlar uchun turlicha bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston hududi uchun 50-70 metrni tashkil etsa, Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloyati uchun
bu ko‘rsatkich 140 metrni yoki Ural hududi uchun 100 metrni tashkil etadi. Bunga sabab, taqqoslash olib borilayotgan hududlarning turli joylarda joylashganligidir. Umumiy taqqoslash natijalariga ko‘ra, bu ikkala sistemalar orasi 0 dan 170 metrgacha farq qilishi isbotlangan. Maksimal darajadagi yaqinlik Markaziy Xitoy va Chilida aniqlangan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, mazkur hududlardagi SK42 va WGS84 datumlarining bir-biriga o‘zaro yaqinligidan darak beradi.
Agar SK42 va WGS84 larni o‘zaro taqqoslaydigan bo‘lsak, unda yer yuzasidagi ma’lum bir joydan nuqta tanlab olinadi va ikkala sistemada o‘zaro


Download 240.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling