Mavzu: Gaz sanoati va gaz taminoti tuzilishi va uskunalari


Download 189.39 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi189.39 Kb.
#1488093
Bog'liq
Madi(bino)


Toshkent arxitektura qurilish instituti
Qurulishni boshqarish fakulteti
Mustaqil ishi
Mavzu:Gaz sanoati va gaz taminoti tuzilishi va uskunalari
Tayyorladi:Mustafayeva M
Tekshirdi:Abbasova A
Toshkent-2023
Reja:
Gaz sanoati
Gazning hisobiy sarflarini aniqlash
Gaz tannoqlarining tuziIish va jihoziari
gaz sanoati va gaz taminoti tuzilishi va uskunalari
Yer bagʻridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilgʻilardan sunʼiy gaz olish, aholi va sanoat taʼminoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning asosiy turi yer bagrining 200–7000 m chuqurlikdagi gʻovak jinslarida boʻladigan yonuvchi tabiiy gazdir. Uning tarkibi metan (SN4)dan iborat. 1 m3 tabiiy gaz 8000—8500 kkal issiqlik beradi. Neft tarkibidan ajralgan gazlar ham boʻladi, ular neft konlaridan neft bilan birga chiqadi. Bunday gazlardan 10000 kkal/m3 gacha issiqlik ajraladi. Sunʼiy gazlar qattiq va suyuq yoqilgʻini termik yoʻl bilan qayta ishlash hamda koʻmirni yer ostida gazga aylantirish natijasida hosil qilinadi.
Generator gazi, koks gazi kabilar sunʼiy gazlar hisoblanadi. Generator gazining 1 m3 1000—1050 kkal issiqlik beradi. Gaz yoqilgʻisi isteʼmolchilarga magistral gaz quvurlari, gazni maʼlum bosimda uzatadigan murakkab kompressor st-yalari va yer osti gaz omborlari vositasida yetkaziladi.
Gazning yillik sarti shahar yoqilg'i tizimini belgilaydi. Gaz tarmoqlari va inshootlarini hisoblashda bu sarfdan foydalanilmaydi. Hisob uchun asos qilib gaz iste'mol obyektlarining ishjarayoniga bog'liq bo'lgan soat sarti olinadi. Soat sarti iste'molchilaming yillik sarflarini maksimal soat koeffisiyenti hisobga olingandagi ulushi deb quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bu yerda k, - maksimal soat koeffisiyenti. Maishiy iste'molchilar uchun maksimal soat koeffisiyenti gazdan foydalanuvchi yashovchilar soniga bog'liq bo'ladi. Kommunal-maishiy va boshqa korxonalarning soat sarflari shu korxonalarning maksimal so at koeffisiyentlarini hisobga olib aniqlanadi.
Shahar gaz quvurlari - murakkab muhandislik inshootlari bo'lib iste'molchilami gaz bilan xavfsiz va uzluksiz ta'minlashga xizmat qiladilar. Gazlashtirish tizimlarining ishonchli ishlashi loyihalash davrida qabul qilingan gaz taqsimlash chizmasining konstruktiv to'g'ri hal qilinganligiga hamda bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifatiga bog'liqdir. Shaharlarda gaz quvurlari asosan yer osti usuli bo'yicha o'tkaziladi.
Gazni berkitish uskunalari. Gazni yopish uskunalari iste'mo1chilami gaz quvurining ma'lum bo'laklarini hamda gaz asboblarini berkitish uchun qo’llaniladi. Bunda kranlar, zadvijkalar (yopqichlar), hamda gidrozatvorlar (gidravlik yopqichlar) qo’llaniladi. Gidravlik yopkichlar yer osti past bosim gaz quvurlarida ishlatiladi. Ular ayrim iste'mo1chilami yopish uchun ishlatiladi
Kranlar va yopqichlar (zadvijkalar). Kichik diametrdagi gaz quvurlaridagi iste'molchilami va gaz asbobini berkitish uchun kranlar ishlatiladi. Kranlar gyermetizatsiya-zichlashtirish usuli bo'yicha ular tortiluvchan hamda salnikli kranlar bo'ladi. Tortiluvchan kranlar past bosimda, salnikli kranlar esa, asosan, kommunal va sanoat korxonasida past va o'rta bosim quvurlarida ishlatiladi.
Gazni yopish uskunalari quyidagi joylarda o'matiladi:
  • mikrotuman yoki gaz quvurining ayrim bo 'limlarini berkitish uchun;
  • taqsimlash gaz quvurlaridan ajralgan tarmoqlarda;
  • GRP larga kirish va chiqishda qo 'yiladi; bunda zadvijkalar GRP dan kamida 5 m dan narida bo ‘lishi va 100 m dan uzoq bo 'lmasligi kerak;
  • sanoat korxonasiga kirish joyida devordan 2 m uzoqlikda bo ‘lishi kerak.

Kompensatorlar. Kompensatorlar linzali yoki salnikli bo'lishi mumkin. Gazlashtirish tizimida asosan linza kompensatorlar ishlatiladi. Ular zadvijkalarni montaj qilishni osonlashtiradi va gaz quvurida hosil bo'ladigan haroratli kuchlanishlami o'ziga qabul qilib, quvur va zadvijkalarni yorilishidan saqlaydi.
Nazorat naychasi. Er osti gaz quvurlaridan gaz chiqayotganini miqlash uchun gaz quvurlarining burilish joylarida, payvand choklari ustiga hamda eski gaz quvuriga yangi gaz quvuri o'langan joyda nazorat naychalari o'matiladi. Ular, quvur ustiga o'rnatilgan quvurning yarim bo'lagidan (segment) hamda unga ulangan naychadan iborat. Naychaning ikkinchi uchi rezbali tiqin bilan berkitiladi va kovyer tagiga yer sathigacha chiqariladi.
Ye, osti go: quvurlaridagi uskunalami ko’rsafuvchi belgilar. Ko'rsatkich belgilar yer osti gaz quvurlari uskunalarining turi va ungacha bo'lgan masofani ko'rsatadi. Odatda ular bino devorlariga yerdan tahminan 1,7 m balandlikda sariq bo'yoq bilan chizib qo'yiladi. VIar kerak bo'lgan vaqtda gaz quvuri uskunalarini tez va aniq topishga yordam beradilar.
Download 189.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling