Mavzu: Gaz yoqilgʻilarning olinishi va tavsiflari Gazsimon yoqilg‘i turlari, tarkibi va umumiy tavsiflari


Download 122.46 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi122.46 Kb.
#1626167
  1   2   3
Bog'liq
Gaz yoqilgʻilarning olinishi va tavsiflari


Mavzu: Gaz yoqilgʻilarning olinishi va tavsiflari


Gazsimon yoqilg‘i turlari, tarkibi va umumiy tavsiflari.
So‘nggi yillarda umumiy yoqilg‘i balansida gaz yoqilg‘isi katta ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Energetika maqsadi uchun tabiiy gaz yoqilg‘isi hamda gaz yoqilg‘ilari (sun’iy gazlar) ishlatib kelinmoqda.
Gaz yoqilg‘isi eng samarali yoqilg‘i turi bo‘lib, uzining sifat ko‘rsatkichlari bilan boshqa yoqilg‘i turlaridan ustun turadi.
Gaz yoqilg‘ining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: kul va namlikning yo‘kligi; gazni dastlab isitib olib, yuqori yonish issikligini olish imkoni; kam ortiqcha havo bilan yonish samaradorligiga ega bo‘lish; yonish jarayonini boshqarish, uni to‘lik mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning osonligi; gaz qurilmalarining oddiyligi; istemolchilarga yetkazib berish qulayligi; o‘txona va pech qurilmalarini ishlatishda yaxshi sanitar-gigienik sharoitlarini yaratishdan iborat. Undan tashqari tabiiy gazlar yuqori yonish issiqligiga ega bo‘lib, uni qazib olish va tashishga sarflangan mablag‘lar eng kichik ko‘rsatkichlarga ega.
Gaz yoqilg‘ining afzalligi bir tarafdan boshqa tur yoqilg‘ilari bilan xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan, energetikada ham almashtirish texnika-iqtisodiy maqsadida qulaydir. Gaz yoqilg‘ilarining barcha turlari kelib chiqishiga kura ikkita guruhga bo‘lish mumkin: tabiiy va sun’iy gazlarga. Gaz yoqilg‘isi yonuvchi va yonmaydigan tarkibiy qismlarning mexanik aralashmasidan iborat.
Gaz yoqilg‘ilarni yonuvchan tarkibiy qismi gazsimon uglevodo- rodlar (metan, etan, propan, butan, pentan)dan, vodorod va uglerod (II) oksiddan tashkil topgan, yonmaydigan tarkibiy qismiga uglerod (IV) oksid, azot va kislorod kiradi. Yonmaydigan tarkibiy qismi gaz yoqilg‘ining ballasti hisoblanadi.
Qazilma va qayta ishlash yo‘li bilan olingan gaz yoqilg‘ilar tarkibida har doim ba’zi kerakmas qoldiqlar ham bo‘lishi mumkin. Ularga vodorod sulfid, vodorod sianid, ammiak, smolali moddalar, suv bug‘i, ko‘mir va mineral changlar kiradi. Ular gaz yoqilg‘ini tozalashda ajratib tashlanadi. Energetikada ishlatiladigan yonuvchi gazlarning eng muhim tavsifi bu ularning yonish issiqligi, zichligi, ushbu gazlarning havo bilan aralashmasi portlash miqdor chegarasidir.
Gaz yoqilg‘isining zichligi gaz omborxonalari (gazgolderlar) hajmini belgilaydigan ko‘rsatkichidir (berilgan hajmda energiyaning to‘plash miqdorini ma’lum bosimda belgilaydi).
Gaz va havoning zichlik nisbati xonalarda, quduq chuqurlarida va boshqa joylarda gaz aralashmasini ularning ustki va pastki qismlarida to‘planib qolishi mumkinligini belgilaydi. Malumki, metan va ayniqsa, vodorodning zichligi havonikiga qaraganda ancha past. Etilen, etan, uglerod (II) oksid va vodorod sulfid zichligi esa taxminan havoning zichligiga teng bo‘ladi; propan, n-butan, propilen, n-butilen, uglerod (IV) oksidlarining zichligi esa havoning zichligidan yuqori.
Gaz aralashmasining zichligi uning tashkil qiluvchi unsurlarini o‘rtacha ulchangan zichligi bilan additiv qonuniga binoan aniqlanadi:



1

gaz yoqilg‘ilarining havo bilan aralashmasi tashqi yondirish vositasi bilan ma’lum chegarada portlash mumkinligi portlash konsentratsiya chegarasi deb aytiladi.
Gaz yoqilg‘i unsurlarining tavsiflari.
1-jadval

Unsur

Ifoda

Zichlik kg/m3 (0,101 MPa va 273 Kda)

Zichlik havoga nisbatan

Portlash konsentratsiyasi chegarasi

1

2

3

4

5

Metan

CH4

0,72

0,54

5-15

Etan

C2H6

1,34

1,03

3-12

Propan

C3H8

1,97

1,51

2-10

n-butan

C4H10

2,60

2,00

2-8

Etilen

C2H4

1,25

0,96

2-32

Propilen

C3H6

1,88

1,45

2-11

n-butilen

C4H8

2,50

1,95

2-9

Vodorod

H2

0,09

0,07

4-66

Uglerod (II) oksidi

CO

1,25

0,96

12-75

Vodorod sulfid

H2S

1,52

1,17

4-45

Uglerod (IV) oksidi

CO2

Ballast
1,95

0,52




Azot

N2

1,25

0,97




Gaz yoqil‘isi unsurlari tavsiflari 1-jadvalda keltirilgan.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, eng yuqori portlash chegarasiga vodorod va uglerod (II) oksidi ega, uglevodorodlardan esa - etilen ega. (vodorod sulfidning ko‘rsatkichini inobatga ham olmasak bo‘ladi, chunki uning miqdori yoqilg‘ida juda ham kam). Qolgan uglevodorodlarga esa portlash konsentratsiya chegarasining orasiga yaQin.
Gazlar aralashmasi uchun portlashning past chegarasi quyidagi tenglamadan topiladi:



2

bunda – havodagi i komponentning konsentratsiyasi u portlashning past chegarasiga teng; x - xuddi shu aralashmaga tegishli.

Download 122.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling