Mavzu: gazdar molekulyar-kinetik nazariyaning asoslari
Download 207.5 Kb.
|
gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI Elektr Energetika FAKULTETI GazLarning molekulyar-kinetik nazariyasi Mavzu bо‘yicha Referat Bajardi: EE -124 talabasi: Rustamov Soxib. qabul qildi: Fizika kafedrasi o‘qituvchisi: To’xliev.M.M. Mavzu: GazLarning molekulyar-kinetik nazariyasi Reja: 1.Sistema holatini xarakterlovchi parametrlar (hajm, temperatura bosim, modda miqdori) 2.Ideal gaz bosimi uchun molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. 3.Izojarayonlar. Ideal gaz qonunlari 4.Absolyut temperatura. 5.Ideal gaz holat tenglamasi. KIRISH Molekulyar fizikada ko'p zarralar ta'sirida sodir bo'ladigan hodisalar o'rganiladi. Molekulyar fizika qonunlarini mexanika qonunlariga keltirib bo'lmaydi. Makrosistemadagi molekulyar hodisalarga baho berish uchun sistema tarkibidagi mikrozarralar orasidagi jarayonlarni o'rganish kerak. Molekulyar fizikadagi hodisalar molekulyar kinetik (stalistik) usul va termodinamik (energiya almanishuvi tarzi) usuli yordamida o'rganiladi. Jismlar nihoyat kap mikrozarralar (atom va molekulalar) yig'indisidan tashkil topgan. Molekulyar-fizikada jism mikrozarralar sistemasi yoki oddiygina qilib sistema deyiladi. Sistema xossalarini o'rganish uchun tegishli fizik kattaliklarni kiritishimiz kerak. Bu kattaliklar sistema parametrlari deb ataladi. Ular: hajm; temperatura; bosim va modda miqdori bo'lib hisoblanadi. Hajm. Qattiq va suyuq holatlarda moddani tashkil etgan molekulalarning tortilishi ancha kuchli bo'ladi. Shu sababli bu jismlar o'zining hajmini va qattiq jismlar o’z shaklini ham saqlaydi. Gazsimon holatlarda esa modda molekulalari orasidagi tortishish kuchlari ancha zaif bo'ladi. Shuning uchun gazlar shaklga ega emas va qanday idishga solinsa o’sha idish shaklini va hajmini to'liq egallaydi. Shunday qilib, sistema hajmi deganda gaz solingan idishning hajmini tushinishimiz kerak. SI sistemasida hajm birligi qilib qabul qilingan. Hajmni litrlarda ham ifodalash mumkin l litr= ga teng. Temperatura. Sistemaning isiganlik darajasini miqdor jihatdan baholash uchun temperatura degan kattalikni kiritamiz. SI sistemasida temperaturaning absolyut termodinamik shkalasi (Kelvin) shkalasidan foydalaniladi. SI sistemasida temperaturaning Selsiy(°C) shkalasi ham ishlatiladi. Selsiy shkalasidan Kelvin shkalasiga o’tish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: (1) Bu yerda T-Kelvin shkalasidagi temperatura, t Selsiy shkalasidagi temperatura. Odatda T ni absolyut yoki termodinamik temperatura, t ni esa Selsiy temperaturasi deyiladi. Bosim. Yuza birligiga normal ravishda ta'sir eluvchi kuch bilan xarakterlanuvchi kattalik bosim deyiladi. Bosimning o'lchov бирлиги qilib Si sistemas ida Паскал qabul qilingan, га тенг.Bundan tashqari bосимнинг mm sim ust va атм бирликларидан ham фойдаланилади Ular orasida quyidagicha bog’lanish bor 1mm sim ust =133,32Pa,1 atm=101325 . Download 207.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling