Мавзу: газначилик органларида давлат бюджети


Byudjet xisobidan kilinadigan xarajatlar tushinchasi


Download 46.05 Kb.
bet2/8
Sana21.02.2023
Hajmi46.05 Kb.
#1218028
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat byudjeti xarajatlari

2. Byudjet xisobidan kilinadigan xarajatlar tushinchasi.

Davlat byudjetining asosiy kismi iktisodiyot tarmoklariga va ijtimoiy-madaniy tadbirlar buyicha xarajatlarni tulashga yunaltiriladi. Tasdiklangan davlab byudjetida kuzda tutilgan xama tadbirlarning uz vaktida va Tula moliyalashtirishni amalga oshirish maoliya organlarining asosiy vazifasi xisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun maoliyalashtirish va byudjet xarajatlarinining tayinlanishi buyicha amalga oshirish, buxgalteriya xisobini tugri tashkil kilish lozim buladi.


Byudjetdan mablaglar xujalik yurituvchi sub’ektlarga va byudjet tashkilotlariga byudjet buyicha tasdiklangan summalar doirasidagina beriladi.
Ma’lum tadbirlarga sarf kilinishi muljallanib byudjet buyicha tasdiklangan xarajatlar summalari byudjet mablaglari (ajratmalari ) deb ataladi.
Davlat byudjetidan moliyalashtirish bank muassasalari orkali amalga oshiriladi.
Davlat byudjetidan moliyalashtirish deganda byudjet mablaglarini tasarruf kiluvchilarga byudjet mablaglari oluvchilarga tasdiklangan byudjetda kuzda tutilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun mablag berishi tushiniladi.
Davlat byudjeti xarajatlari tasdiklangan byudjetdan mablag ajratish doirasida kuyidagicha amalga oshiriladi:
1) byudjet mablaglari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
2) joriy byudjet transfertlari shaklida;
3) kapital xarajatlar shaklida:
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan boglik ishlar va xizmatlar xam shular jumlasiga kiradi) davlat extiyojlari uchun olish va takror ishlab chikarishga;
chet elda davlat extiyojlari uchun er va boshka mol-mulk olishga;
davlat extiyojlari uchun erga bo’lgan xukukni va boshka nomoddiy aktivlarni olishga;
davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
4) kapital xarajatlarni koplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari shaklida;
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari shaklida;
6) davlat maksadli jamgarmalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari shaklida;
7) davlat karzini kaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida;
8) konun xujjatlarida takiklanmagan boshka xarajatlar shaklida.
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish tugrisida” gi karoriga muvofik byudjet mablaglari oluvchilar Davlat byudjetidan mablaglar bilan xarajatlarning 4 ta guruxi buyicha ta’minlanishi belgilab kuyilgan.

Download 46.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling