Mavzu: G’aznachilik sharoitida davlat budjeti xarajatlari ijrosini tashkil qilish Reja
Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini joriy etish bosqichlari
Download 34.29 Kb.
|
1 2
Bog'liq19 G’aznachilik sharoitida davlat budjeti xarajatlari ijrosini tashkil qilish
Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini joriy etish bosqichlari
Budjetning g’azna ijrosi yaratish doirasida davlatning moliyaviy resurslarini samarali va oqilona boshqarish shuningdek byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan samarali nazorat o’rnatishni ta’minlash hisoblanadi. G’aznachilik tizimining joriy qilinishi; quyi byudjet tashkilotlari tomonidan mablag’larni bosqichma-bosqich moliyalashyirish mexanizmi tugatildi; byudjet mablag’larining bankdagi ko’plab hisob raqamlarda tarqalib yotishiga baham berildi; mablag’lar g’aznachilik hisob raqamidan jamlandi va buning natijasida to’lovlarni amalga oshirish, shu jumladan ish haqqini to’lash muddatlari qisqardi, byudjet mablag’lari aylanish jarayonining samaraadorligi oshdi; byudjet xarajatlarini moliyalashtirish bilan bog’liq bo’lgan qonun buzarliklar kamaydi. Demak g’aznachilikni joriy etishdan asosiy maqsad davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish ta’sir ko’rsatishdir. G’aznachilik organlari davlat moliyasini boshqarishga taluqli turli vazifalarni bajardi. Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada takomillashtirish viloyat va tumanlarda mahalliy byudjetkarning yagona g’azna hisobraqamlarini ochib, byudjet mablag’larini samarali va oqilona boshqarish elimentlarini joriy etishni taqozo etadi. G’aznachilik tizimini to’liq joriy etishdan oldin respublika byudjeti va davlatning byudjetidan tashqari fondlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solish lozim, chunki byudjetdan tashqari mablag’larni ijro etsh ham g’aznachilik organlariga yuklatilgan. Bundan tashqari davlatning tashqi va ichki qarzlarini boshqarish byudjet ijrosining g’aznachilik tizimini joriy etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. G’aznachilik organlari ushbu holat bo’yicha, nazoratni kuchaytirishlari lozim. Respublikamiz Markaziy bankning tuman va shaharlarda, filiallari bo’lmaganligi sababli davlat byudjetning g’azna ijrosi jarayonoda g’aznachilik bilan tijorat banklari o’rtasidagi o’z aro hamkorlikning ahamiyati yanada oshadi. Shu sababli, fikrimizcha tijorat banklarining byudjet ijrosini amalga oshirishda manfaotdorligini ko’chaytirish maqsadida ularning byudjet ijrosini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlari pullik asosida tashkil etilishi lozim. Hozirgi kunda tijorat banklarining davlat byudjeti ijrosi bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy ximatlarga haq to’lolmaydi. Bu esa tijorat banklari tomonidan byudjet tashkilotlariga ko’rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarining sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bir guruh iqtisodchi olimlar tomonidan davlat byudjetining g’azna ijrosini maxsus tashkil etilgan bank orqali amalga oshirish taklif qilinadi. Fikrimizcha, byudjet g’azna ijrosini amalga oshirish maqsadidagina alohida bank tashkil qilish katta miqdorda xarajatni talab etadi. Chunki ushbu bank respublika bo’yicha keng yoyilgan ko’p sonly filiallari tarmog’iga ega bo’lishi lozim. G’aznachilik organing respublikasi bo’yicha ko’p sonli, hududiy jihatdan keng yoyilgan filiallar tarmog’iga ega bo’lgan tijorat banklar bilan shartnomaviy asosda byudjet ijrosini amalga oshirish maqsadga muvofiq. G’aznachilik tizimida byudjetining kassa ijrosi yagona yoki hududiy, hisobvaraqalariga pul tushumlari va undan amalga oshiriladigan xarajatlar moliyaviy jarayonlarini o’z ichiga oladi. Byudjet kassa ijrosining mohiyati va afzalligi daromadlarining ludshi tushishi va xarajatlarining amalga oshirilishini barqarorlashtirishdan iborat. Ushbu jarayon Davlat buydjetining kassa ijrosini rejalashtirish va boshqarishining murakkab tizimini o’zida mujassam etadi va o’z navbatida, davlat byudjetini ijrosini rejalashtirish mexanizmini talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachilik tizimini yanada takomillashtirishning yana bir muhim masalalaridan biri bu davlat xaridlar tizimi hisoblanadi. Davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish uchun quyidagi elementlardan foydalanish samarali yo‘nalish hisoblanadi: davlat xaridi siyosatini davlatning iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiqlashtirish; davlat xaridi sohasidagi amalga oshirilayotgan siyosatni monitoring va baholashni tatbiq etish. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi o‘z hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda Davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli moliya organidir. Aynan G‘aznachilik Davlat byudjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi byudjet mablag‘larini boshqaradi, mazkur funksiyalar esa «kassaning yagonaligi prinsipi», ya’ni byudjet mablag‘larining yagona hisobvarag‘iga kelib tushishi, saqlanishi va davlat byudjetining barcha xarajatlari ushbu hisobvaraqdan to‘lanishini prinsipini anglatadi. G‘aznachilikning tashkil etilishi bilan jahonda rivojlangan davlatlar va ushbu sohada o‘zini oqlagan ilg‘or tajribalarga asoslangan Davlat byudjetini ijro etishning yangi G‘aznachilik tizimi yaratildi, ya’ni Davlat moliyasi tubdan isloh qilindi. Shuning bilan birgalikda, davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimining joriy etilishi respublikaning barcha viloyat va tuman markazlarigacha optiq tolali kabellar yotqizilishini tezlashtirish hisobiga respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishiga turtki berdi. Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi masalasi, ayniqsa moliya sohasida mutaxassis bo‘lmagan kishilar uchun, juda murakkab. Davlat budjeti ijrosi G‘aznachilik tizimida g‘aznachilik budjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi va keyin taqdim qilingan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ularning nomidan va ularning topshirig‘iga asosan vakolatni o‘ziga oladi va budjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida to‘lovni amalga oshiradi. Moliya vazirligining Davlat budjetining kassa ijrosi uchun,davlat daromadlari va xarajatlari hisobini olib borilishi uchun, davlat xarajatlari uchun moliyaviy resurslarni yetarli bo‘lishini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan organi hisoblanadi. Respublikada G‘aznachilik tizimi joriy etilishi vaqtinchalik xarakatda bo‘lmagan budjetning erkin mablag‘larini, samarali moliya bozorlarida joylashtirib, undan olingan daromadni esa budjet xarajatlarini to‘liq moliyalashtirishga, budjet taqchilligini kamaytirishga va davlat qarzlari to‘loviga yo‘naltirish mumkin. Mazkur tizim davlatning moliyaviy aktivlarini va budjetdan tashqari jamg‘armalarning erkin qoldiqlarini ishlatilishini hamda samarali himoyasini ta’minlaydi, g‘aznachilik hisobraqamdagi erkin qoldiqlar hisobiga o‘zi budjet xarajatlarini kreditlashi mumkin. G‘aznachilik tizimi joriy qilinishi davlat budjetini rejalashtirish, xarajatlarni amalga oshirish va ularni boshqarishga, moliyaviy hisobot, nazorat vazifalariga yondoshishi va bajarish ishlariga jiddiy ta’sir qiladi. G‘aznachilik tizimini joriy etish orqali Davlat budjetini ijro etishning afzalliklari: qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlash; davlat moliyasining holati to‘g‘risidagi tezkor axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va tahlil qilish; davlat budjetining ham daromadlari, ham xarajatlar qismini kassali ijrosining har kungi monitoringini o‘tkazish; tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida budjet tashkilotlarini tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish vaqtida) dastlabki nazorat qilish; moliya organlari tomonidan budjet xarajatlarini o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan budjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiste’mol qilinishini va noto‘g‘ri ishlatilishini oldini olish maqsadida joriy nazorat amalga oshirish; budjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqamidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minotchilarning hisobraqamiga o‘tkazish natijasida pul oqimlari harakati bo‘yicha jarayonlarni qisqartirish; G‘aznachilik tizimining bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul mablag‘larini o‘tkazishni soddalashtirish natijasida g‘aznachilik tizimidagi budjue mablag‘larini tezkor ishlatish. G‘aznachilik tizimi joriy etilgandan so‘ng, mablag‘larning shartli aylanish tezligi oldin amal qilgan tizimdan ko‘ra birmuncha tezlashdi, bunda buyurtmachi (budjet tashkiloti) nomidan g‘aznachilik organlari to‘lovlarni amalga oshiradi.Yurtimizda G’aznachilikni joriy etishning bosh maqsadi quyidagi muammolarni bartaraf etishdan iborat bo’lgan, G‘aznachilik organlari budjetdan mablag‘ oluvchilardan boshqarish funksiyalarini tortib olmaydi. G‘aznachilik budjetning bajarilish jarayonini yaxshilash uchun ularni yanada kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi. Budjet tasnifi bo‘yicha berilgan xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlar butun yil bo‘yi xarajatlar tendensiyasini va xarajatlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kerak bo‘ladigan ehtiyojlarni aniqlashga yordam beradi. G‘aznachilikning faoliyat ko‘rsatishi naqd pullarni to‘g‘ri va samarali boshqarish yo‘li bilan budjetga ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. G‘aznachilik quyidagilarni amalga oshiradi: kassadagi naqd pullarni boshqarish; oylik kassa limitlarini o‘rnatish budjet tashkilotlarining shartnomalarini ro‘yxatga olish; budjet tashkilotlarining moliyaviy sarf xarajatlarini joriy nazorat qilish (to‘lov qog‘ozlari nazorati); budjet bajarilishining hisobini yuritish va moliyaviy hisoboti; davlat qarzi va hukumat aktivlari hisobini olib boradi. O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini joylashtirish va ularni tijorat banklarida depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo’shimcha manbalari O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti taqchilligini qoplashga, joriy moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablag’larining miqdorini to’ldirishga, qolgan qismi esa, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi.G‘aznachilik tizimining faoliyati davlat moliyaviy resurslarini safarbar qilish orqali davlat xarajatlarini boshqarishni muvofiqlashtirishdan tashqari, ular ustidan samarali nazorat tashkil qilish imkonini ham beradi. G‘aznachilik tizimida qilinayotgan xarajatlarning eng yuqori darajadagi tiniqligi va hisobotga tortilishligiga erishiladi. G‘aznachilik Davlat qarzlarining barcha ko‘rinishlarini boshqarish, ular bo‘yicha to‘lovlar va davlatning majburiyat hamda kafolatlari uchun ma’sul hisoblanadi. G‘aznachilik organlarining asosiy vazifalaridan biri budjet mablag‘larini maqsadli va samarali ishlatilishini nazorat qilish hisoblanadi. O‘zbekistonda yaratilayotgan markazlashtirilgan g‘aznachilik tizimi g‘aznachilikning yagona hisobraqamida mablag‘larni markazlashtirishni, so‘rovnomalar va to‘lov hujjatlari asosida to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, budjet ijrosining nazoratini va hisob-kitobini ko‘zda tutadi.Shu asnoda joriy etilgan G’aznachilik o’z faoliyat jarayonini mukammallashtirib boradi. Download 34.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling