Mavzu. G’aznachilikda narxlar monitoringi


Davlat budjeti daromadlari g’azna ijrosi sxemasi


Download 463.05 Kb.
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi463.05 Kb.
#1023579
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
G`aznachilik (2)

Davlat budjeti daromadlari g’azna ijrosi sxemasi.


MB

8- rasm. Davlat byudjeti daromadlari g’az a ijrosi sxemasi5
Bugungi kunda, 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan Byudjet kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g’aznachiligi to’g’risida Nizom”i qabul qilindi va ushbu hujjat asosida ish olib borilmoqda. Gaznachilik tizimini samarali tashkil etish yuzasidan yana, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentyabrda 2007-son bilan ro’yxatga olingan “Davlat byudjetining g’azna ijrosi qoidalari” normativ hujjati, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011 yil 7 fevraldagi “Davlat xaridlari tizimini optimallashtirish va ularga kichik biznes sub’ektlarini jalb etishni kengaytirish to’g’risida”gi PQ-1475- sonli Qarori qabul qilindi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, byudjet tizimi va byudjet jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimlarinijoriy etish va rivojlantirish ushbu mamlakatlarda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda. Byudjet tizimi katta hajmdagi axborot oqimlari kesishuvining markazi hisoblanadi. Byudjet jarayonining axborot oqimlari oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo’lib xizmat qilgani holda, ularni soddalashtirilgan tarzda qayta ishlash va avtomatlashtirish uchun bir tizimga solish va tartibga keltirish talab etiladi. Shu sababli mamlakatimiz hukumati tomonidan bu muammoning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimini shakllantirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingan va maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi bu axborotlarni tezlik bilan qayta ishlash uchun mo’ljallangan iqtisodiy-matematik metodlar, modellar, dasturlar va texnologik vositalar yig’indisidir.
Byudjet jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot
tizimilari real vaqt rejimida byudjet jarayoni (shu jumladan, byudjet ijrosi) axborot oqimlarinining kompleks hisobini olib borish va iqtisodiy tahlilini amalga oshirish imkonini berali, ma’lumotlarning haqqoniyligi va tezkorligini oshiradi va operativ tarzda tegishli oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi.
Tabiiyki, mamlakatimizda byudjet jarayonini boshqarishning
avtomatlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish va rivojlantirish bosqichma- bosqich amalga oshirilayotgan bo’lib, byudjet jarayonini boshqarishni to’liq avtomatlashtirish, ya’ni real vaqt (on-line) rejimida byudjet jarayoni axborot makonini yaratish maqsad qilib qo’yilgan.


Download 463.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling