Mavzu: Genetik kod jadvallari Reja: Kirish Kodning kash etilishi
Download 0.73 Mb.
|
GENETIK KOD JADVALLARI
Mavzu: Genetik kod jadvallari Reja: 1.Kirish 2.Kodning kash etilishi. 3.Triplet gipotezasi. 4.Kodonlarning aminokislotalarga mos kelishi. Kirish Biror-bir doʻstingizga hech maxfiy xat yozganmisiz? Agar yozgan boʻlsangiz, balki, xatni maxfiy qilish uchun kodlardan foydalangandirsiz. Masalan, siz maʼlum bir qoidalarga asoslanib soʻzlardagi harflarni raqam yoki belgilar bilan almashtirgan boʻlishingiz mumkin. Doʻstingiz xatni tushunishi uchun kodlarni bilishi, ushbu qoidalardan foydalanib ularni ochishi kerak boʻlardi. Axborotlarning kodlarini ochish, yaʼni dekodlash gen ekspressiyasining asosiy bosqichlaridan biri boʻlib, bunda gendagi maʼlumotlar oqsil sintez qilish uchun oʻqiladi. Ushbu maqolada biz DNK va RNK ketma-ketliklaridagi axborotni oqsilning tarkibiy qismi boʻlgan aminokislotalarga dekodlash imkonini beruvchi genetik kod toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtamiz. Kodonlar Hujayralar i-RNKdagi axborotni uch guruh nukleotid, yaʼni kodonlar koʻrinishida oʻqiydi. Quyida kodonlarning baʼzi xususiyatlari berilgan: Aksariyat kodonlar maʼlum bir aminokislotaga toʻgʻri keladi; Uchta “toʻxtatuvchi” kodon oqsil sintezi tugaganini bildiradi; Bitta “boshlovchi” kodon, yaʼni AUG esa oqsil sintezining boshlanishini belgilash bilan birga metionin aminokislotasini kodlaydi. I-RNKdagi kodonlar translyatsiya paytida oʻqiladi, yaʼni bu jarayon boshlovchi kodon bilan boshlanib, toʻxtatuvchi kodonga yetguncha davom etadi. I-RNKdagi kodonlar 5ʼdan 3ʼ ga qadar dekodlanadi hamda oqsil tarkibidagi aminokislotalarning N-uchidan (metionin) C-uchigacha boʻlgan tartibini belgilaydi. Genetik kod jadvaliKodonlar va aminokislotalar (yoki toʻxtash signallari) oʻrtasidagi munosabatlar majmui genetik kod deb ataladi. Odatda genetik kod jadvalda jamlashtiriladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling