Mavzu: geografik kartalar va kartografiya


Download 20.86 Kb.
bet2/2
Sana09.05.2023
Hajmi20.86 Kb.
#1448597
1   2
Bog'liq
Kartografiyaning ta’rifi, geografik kartalar, ularning xususiyat

Matematik kartografiya – geografik kartalar tuzishda ishlatiladigan kartografik proeksiyalarini, ya’ni yer ellipsoidini tekislikda (qog’ozda tasvirlash usullarini o‘rgatadi.
Kartometriya – kartalarda maydon, masofa, past va balandliklarini hamda boshqa miqdor ko‘rsatkichlarini kartada hisoblash usullarini o‘rgatadi. Kartani loyihalash va tahrir qilish ham kartografiyaning asosiy qismlaridan biri bo‘lib kartaning dastlabki nusxasini tuzish va nashrga tayyorlashgacha bo‘lgan hamma jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kartani chizish va jihozlash ham alohida o‘rganilib, unda kartani chizish yo‘llari, kartani nashrga tayyorlash jarayonlari o‘rganiladi. Kartani nashr qilish kartografiyaning eng asosiy qismlaridan biridir. Bu qismda kartani nashr qilish jarayoni, ishlatiladigan poligrafiya mashinalari, rang berish va tayyorlash maxsulotni sifatini aniqlash ishlarini o’z ichiga oladi. Kartografik korxonalarni tashqil qilish va iqtisodiyotini o‘rganish ham alohida qismga bo‘lib o‘rganilmoqda.
So’nggi yillarda kosmosdan olingan materiallardan foydalanishga juda katta e’tibor berilmoqda. Shu munosabat bilan kosmik suratlardan foydalanib yangi mavzuli kartalar tuzilmoqda va eskirgan kartalar yangilanmoqda. Shu asosda yangi fan kosmik kartografiya vujudga keldi va alohida kurs sifatida o‘rganilmoqda.
Download 20.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling