Mavzu: gеografiya o’qitishning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari reja
Download 93.96 Kb.
|
gegrafiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: GЕOGRAFIK TUSHUNCHALAR, ULARNING TURLARI VA SHAKLLANISHI REJA
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1.Gеografiya o’kitishning ta’limiy maqsadlari nimalardan iborat? 2.O’quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash gеografiya ta’limining qanday maqsadlariga kiradi? 3.Gеografiya ta’limining o’kuvchilarini qiziqish qobiliyatlarini rivojlanltirishga yo’laltirilgan maqsadlar qanday qismlardan iborat? 4.Gеografiya o’qitish mеtodikasining vazifalari jadvallarini tuzing. Har bir vazifaga ta’rif bеring. 5.Gеografiya ta’limining maqsadi qanday hollarda o’zgarishi mumkin? MAVZU: GЕOGRAFIK TUSHUNCHALAR, ULARNING TURLARI VA SHAKLLANISHI REJA: 1.Geografik tushunchalar. 2.Geografik tushunchalar turlari. 3.Umumiy tushunchalar 4.Xususiy tushunchalar. 5.Geografik tushunchalarni shakllantirish Tayanch so’z va atamalar:didaktika, atamalar, geografik tushunchalar, didaktik ta’minot, nazariy bilimlar, emperik bilimlar, induktiv, deduktiv, o’qitish mazmuni, bilim, bilish, tushunish, analiz, sintez, B.Blum taksonomiyasi,, metod, vosita, ko’nikma, malaka, kompitensiya Maktab geografiyasi mazmuni bilimlar (tushuncha, sabab-oqibat aloqadorligi, qonuniyatlari, nazariy, tasavvur, faktlar) ko’nikmalar, malakalar hamda dunyoqarash g’oyalarini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari ta’lim mazmunida o’quvchilarning ijodiy faoliyat tajribalar xam katta rol’ o’naydi. Bilim ko’nikmalarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan to’g’ri ma’lumotlardir. Bilim ijtimoiy mehnat va tafakkur maxsuli bo’lib mavjud olamning ob’ektiv, qonuniy aloqalarini til vositasi bilan ifoda qiladi. Bilim bilish bilan uzviy bog’liq bo’lib uning natijasi va tarkibiy qismidir. Ob’ekt va hodisalar haqidagi bilimlar nisbiy bo’lib, u mutloq emas. U doimo rivojlanib chuqurlashib boradi. Chunki har bir yangi avlod o’zidan oldingi avlod bilimlarni o’zlashtiradi, yangi-yangi hodisalarni chuqur o’rganib, uni boyitadi, olg’a siljitadi. Bilim kundalik tajriba ilmiy kuzatish, nazariyalari orqali to’planadi. Bilimlar ikki guruhga ajratiladi. 1. Nazariy bilimlar 2. Empirik bilimlar Nazariy bilimlarga narsa va hodisalarning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari ichki aloqadorligi va munosabatlari kiradi. Ilmiy bilimlar umumlashgan bilimlar bo’lib, o’z ichiga nazariya qonun, qonuniyat, sabab-oqibatlar tushunchalarini oladi. Empirik bilimlar ob’ekt va hodisalarning tashqi xususiyatlariga oid bilimlarni aks ettiradi, bularga tasavvur va faktlar kiradi. Maktab geografiyasining ilmiy darajasini olishi munosabati bilan uning mazmunida empirik bilimlarga nisbatan nazariy bilimlar xajmi ko’paymoqda. Geografiya kurslarining barchasida asosiy o’rinni umumiy tushunchalar egallaydi (relef shakllari, iqlim turlari iqtisodiy hududlar, TICHKlar, TTHlar va h.k), har bir geografiya kursidagi mavzular bilimlar tarkibi jihatdan ancha murakkab bo’lib, sinfdan-sinfga murakkablashib boradi. Ayniqsa iqtisodiy geografiya kurslarida yaqqol namoyon bo’lgan. Har bir mavzuda o’nlab tushunchalar uchraydi. Bular umumgeografik tushunchalar faktlarda iqtisodiy, ekologik, tarixiy statistik va boshqalar tushunchalar tarzida bo’lishi mumkin. Demak, o’quv materiali xajmi o’quvchilar o’zlashtirishi uchun ancha murakkablik tug’diradi. Shu tufayli bilimlarni puxta egallashlik uchun ularni aniqlashtirish, umumlashtirish induktsiya, deduktsiya va tahlildan unumli foydalanish kerak. Har bir geografiya o’qituvchisi bilimlarni egallash jarayonini yo’llarini puxta bilish lozim. Download 93.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling