Mavzu: gеografiya o’qitishning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari reja


Download 93.96 Kb.
bet7/13
Sana28.12.2022
Hajmi93.96 Kb.
#1019467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
gegrafiya

Tushuncha

Didaktikta’minot

Metodikta’minot

Mazmun

O‘zaro aloqador xilma-xil o‘quv axborotlari majmui

Maxsus ishlab chiqilgan va qo‘llaniladigan o‘quv-uslubiy majmua

Maqsad

O‘qituvchi va talabalar o‘rtasida faol axborot almashishga doir o‘zaro harakatni tashkil etish uchun sharoit yaratish

Pedagogik faoliyatni doimiy takomillashtirib borish uchun sharoit yaratish

Funksiya

Tashkiliy, ta’limiy, nazorat va kommunikativ

Ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotda qo‘llash, umumlashtirish va translyatsiya, kundalik metodik yordam

Tuzilishi

O‘quv dasturlari, o‘quv-metodik nashrlar, didaktik materiallar, o‘qitish vositalari

O‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim ishlanmalari, nazorat va baholash uchun topshiriqlar, fanni o‘qitishga doir tashkiliy ko‘rsatmalar

O’qitishtizimimodeli































Ta’lim me’todlari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo`lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak.


Birinchi talab:metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday metod o`quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlariga e’tiqod, his-tuyg`u qarashlariga ta’sir ko`rsatadi. Ta’limning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirish metodning tanlanishiga bog`liq;
Ikkinchi talab: metodning ilmiyligi dars berish va ta’limning har qanday metodi o`quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi. Metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo`lsa, shunchalik ravshan va aniq bo`ladi.

Eng muhimi shundaki, biror metod yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni hal etish mumkinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatning qanday turlarini talab qilishni va ularni qanday tashkil etish lozimligini ko`ra bilish kerak. Metodning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni, qonuniyatlarni to`g`ri anglashni ta’minlaydi va o`quvchilarni to`g`ri ilmiy tasavvurga olib boradi.
Uchinchi talab: Metodning ommabopligi. Bunda o`quvchilar rivojlanishining pedagogik-ruhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Demak, o`quvchi metod tanlaganida o`quvchiga nimalarni tushuntirish kerakligi haqida emas, balki u nimani tushuna olishi haqida ham o`ylashi kerak.
To`rtinchi talab. ta’lim metodining samaradorligi, uning o`quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligidir.
Beshinchi talab. O`z ish faoliyatida ilg`or tajribalarni qo`llash va uni muntazam o`rganish. Nazariya va amaliyotda ta’lim metodlari bilan bog`liq yangiliklarni doimo o`rganib borish lozim. Geografiya o`qitish metodlari haqida so`z borar ekan, “metod”, “usul” degan so`zlar yonma-yon uchraydi. Metod usul bir-biridan ba’zan farq qilmaydi, bir xil ma’noda yuritilib kelinadi. Masalan, kartalarni solishtirish - taqqoslash metodi deb yuritiladi. Bu noto`g`ri. Chunki, kartalarni solishtirish metod emas, u solishtirish usulidir, xolos. O`zbek tilidagi mavjud qo`llanmalarda taqqolash ham, solishtirish ham birdek taqqoslash deb ishlatiladi. Bu chalkashliklardir. Taqqoslash-o`rganilayotgan geografik obektni ilgari o`rganilgan obekt bilan taqqoslash tufayli o`ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Masalan: Janubiy Amerika cho`lini Osiyo cho`li bilan, Sirdaryoni Yenisey bilan taqqoslab, ularning o`ziga xos xususiyatlari ochib beriladi.
Taqqoslash og`zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish kartalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik obektga xos bo`lgan obekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan: turli mazmundagi kartalar solishtirilib, tahlil etiladi. Solishtirish- kartografik qo`llanmalar bilan ishlash metodining bir usulidir. Metod-usullar yig`indisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy qismidir. Geografiyaga xos bo`lgan karta bilan ishlash metodi bir necha usullarni o`z ichiga oladi. Masalan: a) karta bo`ylab sayohat; b) yozuvsiz kartaga geografik obektlarni tushirish; v) kartalarni solishtirish va x.k.
Ba’zi usullarni bir necha metod tarkibiga kiritish ham mumkin. Taniqli metodist M.K.Kovalevskaya ta’lim vositalarini (darslik karta bilan ishlash), bilimning og`zaki bayonshakllari (hikoya suhbat, tushuntirish, ma’ruza) ni bilishmetodlari (taqqoslash, kartalarni qiyoslash, umumiy xulosalar chiqarish)ni o`quvchilarning o`quv faoliyatiturlari va shakllari (nazariy bilimlarni egallash, amaliy ish metodlari, mustaqil ish metodlari)ni metodlardeb hisoblangan. Metodlar turlicha bo`lishi mumkin.

Download 93.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling