Mavzu: geografiya ta’limida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish kirish i-bob. Ta'lim jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
Download 82.11 Kb.
|
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchidan
- Prezentatsiya
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti o`ta rivojlanganligi natijasida axborotlar hajmi keskin ko`payib borayotganligi va ularni yoshlarga etkazish uchun vaqtning chegaralanganligi;
To`rtinchidan, kishilik jamiyati o`z taraqqiyoti shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo`lgan, aniq fikr-mulohazaga asoslangan texnik tafakkurga o`tib borayotganligi; Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg`or bilim berish usuli hisoblangan ob'ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir. Ta'lim jarayonida multemediya texnologiyalaridan foydalanish deyilganda kompyuterga matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni va turli (multiplikatsiya) animatsiyalarni kiritish, chiqarish, qayta ishlash, saqlash, uzatib berish texnologiyalari ko`paytmasi tushuniladi. Multemedia texnologiyalaridan foydalangan holda ularni namoyish etish yoki eshitish orqali olinadigan bilim, ko`nikma va malaka jarayoni ta'lim jarayoni deb tushuniladi. Prezentatsiya- bu eshitish va ko`rishga mo`ljallangan axborotni namoyish qilish maqsadida tuzilgan bir qancha slaydalar majmui bo`lib, bunda yangi tafakkur jarayoni kechadi, o`quvchi ko`rish orqali olgan taassuroti asosida fikrlaydi. Power Pointning imkoniyatlari keng bo`lib, bu esa prezentatsiyaning ekrandagi variantini rang-barang manbalar yordamida tuzish imkoniyatini beradi. Slaydlarda o`tiladigan mavzu faqat jadval, sxema hamda konstruksiyalar orqali beriladi. O`qituvchi ma’ruzachi emas, balki sharhlovchi bo`lib, o`quvchilar esa darsning faol ishtirokchilariga aylanadilar, chunki slaydlardagi qo`shimcha manbalar o`quvchilarning mustaqil ravishda xulosa chiqarishlariga yordam beradi. Slaydlarda mavzularning guruhlanishi, geografik bilimlarni, tushunchalarni barcha shakllarini soddadan murakkabga qarab berilishi o`quvchining mantiqiy izchillikda dars ishlanmalardagi savol va topshiriqlarga qo`shimcha sifatida bir qancha savollar tuzib, o`quvchilardan so`rashi mumkin. Bu usul orqali doskaga chiqib mavzu mazmunini so`zlab ber? qabilidagi an’anaviy usulidan voz kechiladi. Masalan, bir mavzuning mazmunini bir-ikki o`quvchidan so`rashdan ko`ra, o`qituvchi mavzu yuzasidan tuzib kelgan savollar yoki test savollari asosida barcha o`quvchilardan mavzuning mazmun-mohiyatini so`rab ulgurishi mumkin. Bu usulda so`rash o`quvchilarni sinchkovlik, e’tibor bilan javob berishga undaydi. Savol va topshiriqlar o`zlashtirilgan bilimlarni mustaqil aniqlash, umumlashtirish va boyitishni nazarda tutadi. Bu vazifalarni bajarish uchun quyidagilarga rioya etish lozim: -savol va topshiriqlarda aniqlanishi zarur bo`lgan masalalar qisqa ifodalanishi va to`g`ri ko`rsatilishi; -savollar mavzuni tadbiq qilishga, kashf etishga ham yo`naltirilishi; -o`quvchilar bilimini tartibga solish va boyitishga qaratilishi; -so`roqlar ziddiyatli shaklda, o`rganilayotgan mavzu mazmuniga ko`ra muammoli tarzda berilishi; -o`quvchida fikr uyg`otish, uni mantiqiy fikrlashga undashi;
Download 82.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling