Mavzu: Geografiyani o’qitishda maktab o’lkashunosligi tamoyili


Download 20.1 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi20.1 Kb.
#1347890
Bog'liq
Mavzu. otabek 1


Mavzu: Geografiyani o’qitishda maktab o’lkashunosligi tamoyili
Reja

  1. Geografiya o’yinlarining asosiy xususiyatlari

  2. Tabiiy geografik o’yinlar

  3. Ijtimoiy-iqdisodiy geografik o’yinlar

Geografik o‘yinlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat.
- geografik o‘yinlar bilan dars o‘tilganda o‘quvchilarda rivojlantiruvchi faoliyat vujudga keladi. Bunday jarayonda ishtirok etayotgan o‘quvchilar rollarini va vazifalarini erkin tanlashdi. Masalan, ekspeditsiya o‘yinlarida kema darg‘asi, boshqaruvchi, kuzatuvchi, kartograf, dengizchilar va boshqa rollar;
- geografik o‘yinlar bilan shug‘ullanish jarayonida ijodiy muhitni va munozaralari topshiriqlarni vujudga kelishi. O‘quvchilar geografik o‘yin davomida aniq bir rollar va vazifalarni bajarish jarayonida ijodiy ishlar bilan mashg’ul bo‘lishadi, ma’lum bir muammolarni hamkorlikda yechishadi.

Geografik o‘yinlar darsning mavzusi va o‘tkaziladigan muddatini o‘qituvchi oldindan belgilaydi. O‘yinga tayyorgarlikda o‘qituvchi geografik o‘yinlarning tarkibiy tuzilishini aniqlab oladi. Geografik o‘yinlarning tarkibiy tuzilishiga quyidagilar kiradi:


- o‘yin maqsadi va loyihasini ishlab chiqish;
- o‘yinda ishtirok etadigan personajlarni aniqlash;
- o‘yinda ko‘zda tutilgan personajlarning vazifalarini ishlab chiqish;
- ma’lum bir personajlar bajaradigan vazifalarni bajarish metodini ishlab chiqish yoki tanlash;
- geografik o‘yinda ishtirok etadigan personajlar o‘rtasidagi munosabatlarni ishlab chiqish.
Geografik o‘yinlar individual, guruhli va ommaviy turlarga bo‘linadi. Ularning barchasi ma’lum bir o‘quv sharoitlarida qo‘llaniladi. Geografik o‘yinlar syujetli –rolli, ijodiy, ishbilarmonlik, konferensiya va boshqa turlarga bo‘linadi.
Syujetli – rolli o‘yinlar tabiiy va iqtisodiy - ijtimoiy borliq va hodisalarni o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga yo‘nalltirilgan bo‘ladi.
Ijodiy o‘yinlar o‘quvchilarni avval olgan bilimlariga asoslanib ma’lum bir muammoli geografik masalani didaktik o‘yinlar orqali yechishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Ishbilarmonlik yoki tadbirkorlik o‘yini iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida ko‘proq qo‘llaniladi.
Geografiya fanida qo‘laniladigan didaktik o‘yinlarni quyidagi guruhlarga bo‘lishimiz mumkin: tabiiy geografik; iqtisodiy-ijtimoiy geografik.
Tabiiy geografik o‘yinlar
Tabiiy geografiya kurslarida didaktik o‘yinlar ikkita yo‘nalishda ishlab chiqildi. Umumiy tabiiy geografiya va regional tabiiy geografiya.
Umumiy tabiiy geografiya kursi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda didaktik o‘yinlarni ishlab chiqish va o‘yinli darslarni o‘tkazish mumkin: geografiya fani va uning tarmoqlari; geografik bilimlarning rivojlanishi; zamonaviy geografiyaning asosiy vazifalari. Plan va karta; Yer qobiqlari; Geografik qobiq.
Regional tabiiy geografiya kurslarida bir materik, okean bo‘yicha didaktik o‘yinlar quyidagi mavzular bo‘yicha tuzilishi mumkin: geografik o‘yin; tekshirilish tarixi: relyefi va foydali qazilmalari; iqlimi; ichki suvlari; tuprog‘i; o‘simligi; hayvonot dunyosi; tabiat zonalari; atrof muhitni muhofaza qilish.
Misollar:
1.Nima uchun Kolumb Amerikani Hindiston va mahalliy aholini hindular deb atagan.
2.Tez ayting: quyidagi olimlardan antik davrda yashab ijod etganlarini aniqlang: Gomer, Beruniy, Eratosfen, Al-Farg‘oniy, Aristotel, Al-Xorazmiy, Forobiy, Ma’sudiy, Xofizi Abru.
3.Maktabga shimoli-sharq yo‘nalishida borsangiz, uyga qaysi yo‘nalishda qaytib kelasiz.
4.Daryoga 90 daraja azimutda borsangiz, qaysi azimut va yo‘nalishda qaytib kelasiz.
5.Hindistonga dengiz yo‘li kim tomonidan va qachon ochilgan?
6.Yerning markaziga quyidagi geografik obyektlarning qaysi biri yaqin: Mariana cho‘kmasi; Shimoliy va janubiy qutblar; Jomolungma cho‘qqisi; O‘lik dengiz.
7.Quyoshning chiqishi va botishi quyidagi ufq tomonlarini qaysi biriga mos keladi: Shimol, sharq, janub, g‘arb; shimoli-sharq; janubi-sharq; shimoli-g‘arb, janubi- g‘arb.
8.Ma’lumki, Yer markaziga tomon har 33 m tushganda harorat 10 ga ko‘tariladi. Vulqon og‘zida lavaning harorati 13000 bo‘lsa, uning chiqiyotgan chuqurligini aniqlang.
9.Qaysi materikni barcha okeanlar o‘rab turadi?
10. Ikkita qit’a, ikkita materik, ikkita yarim orol, ikkita okean, ikkita dengiz, ikkita burunni ajratib turuvchi bo‘g‘ozni aniqlang.
11. Eng katta orol, ko‘l, materik, cho‘l eng uzun daryo, tog‘ tizimi nomlarini aniqlang.
12. Janubiy tropik chizig‘i qaysi materikni o‘rtasidan kesib o‘tadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o‘yinlar
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida yo‘nalishlarda tuziladi: iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari; jahon xo‘jaligi tarmoqlari; jahon davlatlari; O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.
Iqtisodiy geografiya asoslari yo‘nalishida didaktik o‘yinlar quyidagi mavzular bo‘yicha tuziladi: iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning predmeti va vazifalari, tabiiy resurslari; aholi va mehnat resurslari; xo‘jalikning asosiy tarmoqlari (sanoat geografiyasi, qishloq xo‘jalik geografiyasi, transport, xalqaro iqtisodiy aloqalar.
Jahon xo‘jaligi bo‘yicha o‘yinlar quyidagi mavzular bo‘yicha ishlab chiqiladi: jahon tabiiy resurslari, jahon aholisi, jahon sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti va xalqaro iqtisodiy aloqalari.
Jahon davlatlari bo‘yicha didaktik o‘yinlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqiladi; geografik o‘rni; tabiiy sharoiti va resurslari; aholisi va mehnat resurslari; xo‘jaligining asosiy tarmoqlari, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti va xalqaro iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi bo‘yicha didaktik o‘yinlar quyidagi bo‘limlar bo‘yicha tuzildi. Tarmoqlar va iqtisodiy rayonlar bo‘yicha.
Download 20.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling