Mavzu: Geologik kartalarni o’qishni o’rganish. Reja
Download 1.37 Mb.
|
Geologik kartalarni o’qishni o’rganish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geologik xaritani quyidagi tartibda o’qsh tavsiya etiladi.
Mavzu: Geologik kartalarni o’qishni o’rganish. Reja: 1.Geologik kartalar ularni chizish va o’qish, shartli belgilarida ifodalash. 2. Geoxronolog jadval, eralar, davrlar ularni indeks va rangi. 3. Geologik xaritaga asoslanib geologik kesma tuzish usulini o’rganish. Geologik xaritani quyidagi tartibda o’qsh tavsiya etiladi. 1.Xaritaning nomi, masshtab va qabul qilingan shartli belgilar bilan tanishish. 2.Relyef turlarini ajratish va tavsiflash. Xaritada tog’li (juda ham baland tog’li – absolyut balandligi 2000 m dan yuqori; o’rtacha balandlikdagi tog’li- absolyut balandligi 700-2000 m; past tog’li- absolyut balandligi 700 m dam kam), tekislik va past-baland ko’rinishdagi relyeflarni ajratish lozim. Ayniqsa relyefning yirik tektonik, erosion va akkumulyativ shakllariga e’tibor berish kerak. 3. Xaritada relyefning tuzilishini ko’rsatuvchi gorizontal chiziqlarning joylashishi, tog’ jinslarining holati va stratigrafik chegaralariga e’tibor berish. Ilgari aytib o’tilgandek , to’rtlamchi davrgacha paydo bo’lgan jinslar gorizontal holatda yotgan bo’lsa, qatlamlar orasidagi chegaralar gorizontal chiziqlarga parallel, monoklinal holatda yoki bukilmalar hosil qilib yotgan bo’lsa, bir necha gorizontal chiziqlar bilan kesilgan bo’ladi. Agar qatlamlarning birlamchi yotish holatlari uzilmalar, bukilmalar ta’sirida o’zgargan bo’lsa u holda maydonda ko’p uchraydigan yirik bukilmalarning cho’ziqligini va qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash kerak. Ayniqsa magmatik tog’ jinslarining yer yuzasiga chiqqan qismlariga va qatlamlarning yoriq bo’ylab siljishiga e’tibor berish lozim. Shuningdek, geologik strukturalar bilan relyefning o’zaro bog’liqligini ham hisobga olish zarur. 4.O’rganilayotgan maydon yer qobig’ining geosinklinal yoki platforma qismiga taaluqli ekanligini aniqlash. Geosinklinal qism yer qobig’ining kuchli burmalanishi va mayda bo’laklarga (qismlarga)bo’linishi, cho’kindi jinslar qalinligi ko’pligi, magmatik va metamorfik jinslarning ko’p tarqalganligi va juda baland tog’li relyeflarning ko’pligi bilan ajralib turadi. Platforma qismida esa yer yuzasining relyefi tekis, bukilma va uzilmalar rivojlanmagan, cho’kindi jinslarining qalinligi kichik va magmatik jinslar kam tarqalgan bo’ladi. 5.Tog’ jinslarining litologik tarkibini, yotish holatini, yoshini hisobga olgan holda maydonni tegishli rayonlarga ajratish. 6.Maydonning geologik sharoitlarini tahlil qilish. Maydonning geologik tuzilishiga tushuntirish sharhi yozish. Maydonning geologic kartasini har tamonlama o’rganish va tahlil qilish hamda tanlangan yo’nalishdagi geologik kesmani tuziosh asosida tushuntirish sharhi yoziladi. Tushuntirish sharhi quyidagi tartibda yoziladi: 1.Kirish. Bajariladigan ishning maqsadi va vazifasi, kartaning nomi va masshtabi ko’rsatiladi. 2.Geomorfologiya. Relyefning xususiyatlari, yer yuzasining eng yuqori va eng past joylari, notekisliklari ko’rsatiladi. Daryo vodiylari batafsil yoritiladi, terassa (supalar) soni, ularning kengligi, bir-biriga nisbatan balandligiga izoh beriladi. 3.Maydonning litologik va stratigrafik tavsifini. Maydonga tarqalgan cho’kindi, magmatik va metamorfik jinslarga qisqacha tavsif beriladi va ularning litologik tarkibi, yotish holatlari,qalinligi va yoshi to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. 4. Tektonik sharoitlar. Maydonning tektonik tuzilishi qadimga sodir bo’lgan Tektonik harakatlar natijasi orqali ifodalanadi. Yer qobig’ining yuqoriga aste-sekin ko’tarilishini yoki pastga cho’kishini , egilishini va bukilishini, qatlamlarning burmalar hosil qilib siqilishini, yoriq va uzilmalar pydo bo’lishini va ular orqali qatlamlarning bir-biriga nisbatan surilishini yuzaga keltiruvchi hamda bukilma va uzilmalarni yuzaga keltiruvchi tebranma harakatlarga tavsif beriladi. Qatlamlarning birlamchi yotish holati o’zgargan yoki uzilmalar va yoriqlar bilan bo’lingan bo’lsa u holda nisbatan yirik bukilmalar elementlari va cho’ziqlik chegaralari aniqlanadi. Ayniqsa qatlamlarning yoriqlar bo’yicha siljishiga, sbros, vzbros, graben, gorst ko’rinishdagi burmalarga , magmatik va metamorfik jinslarning yer yuzasiga chiqqan qismlariga e’tibor beriladi. Tekshirilayotgan maydon yer qobig’ining geosinklikal yoki platforma turiga mansubligi aniqlanadi. 5.Maydonning geologik rivojlanish tarixi. Tuzilgan stratigrafik kolonka yordamida tog’ jinslarining paydo bo’lishi va geologik strukturalarning rivojlanishiga ta’rif beriladi. Yer qobig’ining ustki qismining – dengiz, quruqlik, tekislik va tog’larning uzoq geologik vaqt davomida o’zgarishi haqida ma’lumotlar beriladi. Arxey, proterazoy, paleozoy, mezazoy va kaynazoy eralariga oid o’zgarishlarga, taktonik harakatlarga hamda hozirgi relyefni yaratuvchi jarayonlarga ta’rif beriladi. 6.Xulosa. Geologik kartani tahlil qilish asosida maydonning dastlabki geologik ta’rifi beriladi. 8-rasm. Olmaliq rudali tumanining sxematik geologik xaritasi. 1-to’tlamchi yotqiziqlar; 2-paleogen oxaktosh va qumtoshlari; 3-yuqori nadak podsvitasi; 4-quyi nodak podsvitasi; 5-yuqori akchin podsvitasi; 5 Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling