Mavzu: Geometrik o`rinlar Reja: Yasashga doir masalalar haqida tushuncha Sirkul va chizg'ich yasash postulatlari


Download 168.87 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi168.87 Kb.
#1535141
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14 mavzu


Mavzu:Geometrik o`rinlar
Reja:


1.Yasashga doir masalalar haqida tushuncha


2.Sirkul va chizg'ich yasash postulatlari.


3.Bevosita yechiladigan masalalar
Fazoda biror tekislikni tanlab olamiz va bu tekislikka asosiy
tekislik deb ataymiz. Qaralayotgan hamma geometrik figuralar shu tekislikda joylashgan deb olinadi. Asosiy tekislikning nuqtalari, to`g`ri chiziqlari va aylanalari yasashga doir masalalarda muhim o`rin egallagani sababli ularga ham asosiy figuralar deb ataymiz. Bu asosiy figuralardan tashqari bizni kesma, nur, yarim tekislik, ko`pburchaklar va aylana yoylari kabi sodda geometrik figuralar qiziqtiradi, bu sodda geometrik figuralar nuqtalarning berilishi bilan to`la aniqlanadi. Ixtiyoriy yasashga doir masala berilgan figuralar yordamida uyoki bu shartni qanoatlantiruvchi (izlangan) figurani yasash talab qilinadi. Umumiy holatda yasashga doir masalaning qo`yilishini aniqlash maqsadida quyidagi kelishuv qoidalarini o`rnatishga to`g`ri
keladi. Masalani aniq qo`yishda va ma`lum qoidalar asosida yechishda ma`lum bir asosiy figuralar to`plami Ω ajratiladi. Ω to`plam elementlari nuqta, to`g`ri chiziq va aylanadan iborat bo`lib, Ω ning elementlari yasalgan deb yuritiladi. Ω dagi har bir turli chiziq, nuqta va aylana bitta yaxlit obyekt sifatida qabul qilinadi. Masalan: ɣ aylana yasalgan bo`lsa, u holda uning har bir nuqtasi qolaversa, markazi yasalgan deb hisoblanavermaydi. Lekin bu aylananing ma`lim bir nuqtalari alohida erkin bir figura sifatida yasalgan deb olishimiz vaholanki, bu holatlar masalaga aytilgan bo`ladi yoki yasash jarayonida vujudga keladi.
Bunday holatlar ya`ni yasashga doir masalani asosiy figurasi
quyidagi ikki shartni qanoatlantirishi kerak.
a) yasashga doir masala shartida berilgan nuqta, to`g`ri chiziq va aylana Ω to`plamga tegishli deb hisoblanadi, ya`ni bu figuralar
yasalgan deb hisoblanadi. Hamda masalada berilgan asosiy figuralar to`plami Ω to`plami chekli to`plamdir;
b) kamida bitta yasalgan to`g`ri chiziq mavjuddir. Ixtiyoriy
yasalgan to`g`ri chiziqda yoki aylanada kamida ikkita yasalgan nuqta mavjuddir.
Endi biz ba`zi bir amallar (yasashlar) yordamida Ω ga yangi
nuqta, to`g`ri chiziq va aylanalar kiritamiz. Bu har bir amalni
yasashning qadamlari deb yuritamiz.
Yasash postulatlarini keltiramiz, ya`ni biz yasashni qaysi
qadamlarini bajarilgan deb hisoblashimiz mumkin.
P1. Yasalgan ikki nuqtadan o`tgan to`g`ri chiziq yasalgandir.
P2.Markazi yasalgan nuqtada, radiusi uchlari yasalgan nuqtalardan iborat bo`lgan kesma uzunligidan iborat aylana
yasalgandir.
P3.Ikki parallel bo`lmagan yasalgan to`g`ri chiziqlarning kesishish nuqtasi yasalgandir.
P4.Yasalgan to`g`ri chiziqning va aylananing kesish nuqtalari
yasalgandir.
P5.Ikki yasalgan kesishuvchi aylananing kesish nuqtalari
yasalgandir. Endi biz umumiy ko`rinishda sirkul va chizg`ich yodamida yasashga doir masalaning qo`yilishi ta`rifini keltiramiz. Bizga chekli sondagi asosiy yasalgan figuralar berilgan bo`lib yasash lozim bo`lgan izlanayotgan F figurani ta`riflovchi asosiy xossalari ifodalangan bo`lsa, P1 P5 postulatlarni chekli sonda qo`llab F asosiy figurani yasash talab qilinadi. Ta`kidlaymizki, bu ta`rifda chekli sondagi amallar bajarilish juda muhimdir.
Biz Yevklid tekisligiga taalluqli yasashga doir masalalar bilan
shug’ullanamiz. Tekislikda yasashga doir masalalarni yechishda
odatda yasash qurollaridan sirkul va chizg’ich ishlatiladi. Yasashga doir masalalarni chizg’ich va sirkul yordamida yechishda chizma praktikasida qo’llaniladigan chizg’ich va sirkul emas, balki abstrakt .chizg’ich va sirkul e’tiborga olingan. Bu qurollarning konstruktiv imkoniyatlari quyidagi ikki aksioma bilan ifoda qilinadi:
1.Yasash uskunalari bular sirkul va chizg`ichdir. Chizg`ich
birliklarga ajratilmagan bo`lib, uning yordamida faqat ikki yasalgan nuqtadan o`tgan to`g`ri chiziqni o`tkazish mumkin.
2.Sirkul yordamida markazi yasalgan nuqtada va radiusi yasalgan kesma uzunligiga teng bo`lgan aylanani chizish mumkin.
Izoh: Eslatamizki, yasashga doir masalalarni yechishda ba`zida yasalgan figuralar to`g`ri chiziq, aylana, nurga va kesmaga tegishi yoki tegisli bo`lmagan nuqtalarni ixtiyoriy olishga to`g`ri keladi. Bu oraliq yordamchi yasalgan nuqtalarni tanlab olish shart tufayli bajariladi. Bu tegishli va tegishli bo`lmagan nutqalarni olish mumkinligini P1-P5 yasash postulatlari yordamida quyidagicha asoslaymiz.

Download 168.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling