Mavzu: Geomexanika fanining predmeti va asosiy vazifalari. Reja: Kirish. Geomexanika fani va uning mohiyati


Geomexanikada tadqiq qilishning umumiy usullari majmui


Download 69.77 Kb.
bet3/5
Sana03.11.2023
Hajmi69.77 Kb.
#1742505
1   2   3   4   5
Bog'liq
Geomexanika fanining predmeti va asosiy vazifalari.

Geomexanikada tadqiq qilishning umumiy usullari majmui
(metodologiya) va ob’ekti
YUqorida ko‘rib o‘tilganidek geomexanikaning asosiy tadqiqot ob’ekti tog‘ jins massivi, yanada aniqrog‘i, massivda ro‘y byeradigan (asosan kon lahimlari o‘tish natijasida) mexanik jarayonlardir.
Tog‘ jins massivi o‘ziga xos fizikaviy muhit hisoblanib, holati uchta omilga ko‘ra aniqlanadi: Tog‘ jinslarining xossalari, strukturaviy xususiyati va tabiiy kuchlanish holati.
Bu hususiyatlarga ko‘ra birinchi zaruriy bosqichda, ayrim hollarda esa vaqt bo‘yicha davomli ravishda jinslarning xossalarini bevosita aniqlash turli sharoitda boradi. SHuning uchun aniq bir jinsni va aniq sharoitda sinash natijalarini umumlashtirish bo‘yicha, tadqiqot ishlari keyingi bosqichda olib boriladi, bu bosqichda tog‘ jinslarini xossalari bo‘yicha tizimlash masalasi shakllanadi. Tog‘ jinslarining xossalari bo‘yicha tizimlash tavsiflash (klassifikatsiya) deyiladi.
Ko‘rib o‘tilgan munosabat tog‘ jinslarining xossasini o‘rganishda o‘ta xaraktyerli bo‘lib, amaliy jihatdan o‘zgarishsiz qo‘llaniladi va geomexenikaning quyidagi masalalari: kuchlanish-deformatsiya holatini tadqiq qilish, kon bosimini dinamik aktivligi nazariyasini ishlab chiqish, tog‘ jinslarini siljishi maslalarda va boshqalarda foydalaniladi.
SHu bilan birga “geomexenikada” kon ishlarini turli kon-geologik sharoitlarda olib borishda, mexanik jarayonlarning shakllanishi va xaraktyerini birinchi o‘rinda tahlil qiladi.
SHuning uchun aniq sharoilarda: kuchlanish, deformatsiya, tog‘ jinslarining siljishi va ularning asosiy omillarini o‘zgarishida, o‘rganilayotgan jarayonlarning asosiy parametrlarini aniqlash maqsadida, asboblar bilan o‘lchash usuli va tabiiy kuzatish usullarini amalga oshira-olish o‘ta muhimdir. Tabiiy kuzatishlardan olingan ma’lumotlar o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni turlarga ajratish imkonini byeradi, ularning fizik mohiyati va keyingi nazariyalarni umumiyligini oydinlashtiradi, vazifalarni ruxsat etilgan darajada soddalashtirish imkonini byeradi.
Tog‘ jinslari massivining bir jinsli emasligi va kon-geologik sharoitlarning turli – tumanligini hisobga olib , geomexanika uchun yuqori darajali qat’iy matematik qonuniyatlarni etarlicha murakkablikda ta’riflab byeriladi, bunda modellashtirish usuli keng qo‘llanilishi xaraktyerlidir, tadqiq qilinayotgan jarayonlarni turli omillar va lozim bo‘lgan parametrlarning qiymatini olish, hatto tahliliy usulda masalalarni echishning iloji bo‘lmagan holda ham baholay olish imkonini byeradi.
Geomexanikada shu bilan bir qatorda tahliliy (analitik) usul ham keng qo‘llaniladi, bunda, birinchi navbatda geomexanik hodisalarni tushunchasi va umumiy rivojlanishi va alohida omillarning ta’sirini tushuntirib byeradi. Bu yerda tabiiy kuzatishlar va modellashtirish natijasilaridan foydalanib chegaraviy shartlar sifatiga ko‘ra tahliliy masalalar qo‘yiladi va juda ko‘p kompleks munosabatlardan foydalaniladi.


Download 69.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling