Mаvzu: Geotektonika va geodinamika asoslari


Yangi global tektonika yoki litosferik


Download 1.06 Mb.
bet7/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1603218
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
18 ma\'ruza Geotektonika va geodinamika asoslari

Yangi global tektonika yoki litosferik
plitalar tektonikasi
Asrimizning boshlarida F. Taylor va A. Vngener nomlari bilan bog’liq materiklar siljishi yoki kontinental drift deb nomlangan nazariya 50-yillargacha olimlarni unchalik qiziqritmadi. 1960 yillaga kelib, ayniqsa okean po'stini o'rganishda to'plangan yangi geofizik ma'lumotlar bu azariyani yangi bosqichga ko'tardi. Paleomagnetizm va plitalar tektonikasi. Tog’ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda paleomagnit usullaridan foydalanish haqida Yuqoridagi boblarda aytib o'tilgan edi. Xuddi shu usul bilan okean po'stlarida olib borilgan poleomagnit o'rganishlarga asoslanib spreding kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Spreding kontseptsiyasiga ko'ra okean tizmalaridagi rift voqalari yoriqlaridan bazal’t lavalari oqib chiqib qotadi. Qotgan lava o'rtasidan ikkiga ajraladi (ikkita plita tutashgan chegarasi) va orasi ochilib yana Yer qa'ridan chiqib kelayotgan lavaning yangi portsiyasi bilan to'ladi v qotadi; shu jarayon geologik tarixiy davrlar mobaynida uzluksiz davom etib okean po'sti yuzasi kengayib boradi. Lava qotayotganda undagi ferrimagnit minerallar Kyuri nuqtasidan o'tayotganda, Yer magnit maydoni yo'nalishiga mo'ljallanib qoladi. Minerallar qoldiq magnitlanganliganing yo'nalishi bazl’t jinslarida muhrlanib qoladi. Sizga ma'lumki, Yer magnit maydonining o'zgarib turishi, ya'ni magnit inversiyasi to'g’risida avval aytilgan edi. Bir davr mobaynida Yer magnit maydoni to'g’ri yo'nalgan bo'lsa, invertsiyadan so'ng teskarisiga yo'nalgan bo'ladi. Geologik tarixdan ma'lumki, to'g’ri va teskari magnit yo'nalishi almashinib turadi. Ammo geologik tarix mobaynida har qaysi geologik davr o'z magnit maydoni yo'nalishiga (to'g’ri yoki teskari) ega. Davrlar o'tishi bilan to'g’ri va teskari yo'nalgan magnit maydonlari almashinib turadi va yo'l yo'l magnit anamaliyasi tarzida namoyon bo'ladi.
Litosferik pliralar seysmiklikning tarqalishi. Yer yuzida seysmiklikning global miqyosda keskin notekis tarqalganligi qayt qilingan. Eng ko'p zilzilalar tinch okeanining chuqur seysmofakal zonalari va chuqursuv novlari sistemasi bilan bog’liq. Tinch okeanining g’arbiy chekkasida orol yoylari va chekka dengiz burmalari mavjud. Seysmiklikning dunyo bo'yicha talaygina qismi alpiy himalay harakatchan o'lkasiga to'g’ri keladi. Okeanlardagi mayda foksli zilzilalar dunyo sistemasidagi o'rta okean tizmalari va qisman ularga ko'ndalang bo'lgan yirik transform yoriqlar bilan bog’liq. Kontinental rift zonalari ham seysmik hisoblaniladi. Shunday qilib cho'zilgan mintaqalar bilan izometrik seysmik o'lkalar plitalar aniq ajratiladi. CHo'zilgan belbog’larga seeysmik kuchlanishlar Yuqoriga chiqibo'z energiyasini yo'qotadi (Yer po’stini silkitadi). Al’piy - himolay o'lkasining sharqida seysmik mintaqaning talaygina kengayishi kuzatiladi. Shunday qilib seysmiklikning Yer yuzida tarqalishi litosferani nisbatan stabil plitalar va ularni ajratib turuvchi mobil mintaqalarga ajratishni taqazo qiladi. Ma'lumotlardan ko'rinib turibtiki, litosfera plitalari chegaralarida turli jirayonlar kechar ekan. Chuqur suv novlari va chuqur seysmofokal Zavaritskiy - Ben’of zonasi hamda Alpiy - himoloy harakatchan mintaqa chegaralari bo'yicha siqilish kuchlanishlari paydo bo'lishi va litosfera yuzasini kamayishi kuzatiladi.
Bunga qarama qarshi o'laroq ham okean, ham kontinental riftli zonalarda asosan cho'zilish (tortilish) kuchlanishlari hukumronlik qilib, Yer po’stining kengayish - tektonik xususiyatlari namoyon bo'ladi. Rift belbog’lari tuzilishini interpretatsiya qilish va u erda kechadigan jarayonlar, okeanlarda litosferaning o'sishi haqidagi tassavurlarga asosan modellashtiriladi (Le Pishon va b. 1977).
Yer sharining xuddi shu joylarida vaqti-vaqti bilan otilib turuvchi vulqonlar joylashgan.
Litosfera plitalari tektonikasi kontseptsiyasiga muvofiq Yer po’sti bir qancha plitalarga bo'linadi. Tashqaridan qaraganda plitalar qattiq, o'z joyid qotib (yopishib) turadi, lekin ular plastik astenosfera bo'yicha lateral siljishga qobiliyatli. Plitalar siljishiga asosiy sabab, mantiyani konvektsion harakati deb taxmin qilinadi. Plitalarning eng kattasi Tinch okeani (Darvin) plitasi, undan keyin Еvrosiyo, Amerika, Afrika, Xindo - Avstrali, Antarktik va yana bir qancha mayda plitalar ma'lum.
Plitalar chegarasida uchta asosiy geodinamik jarayonlar sodir bo'ladi Spreding kontseptsiyasiga binoan o'rta okean tizimlarida (O'OT), qisman kontinent riftlarida ham plitalar bir birlaridan uzoqlashadilar. Bu erda doimo mantiya moddasi bazal’t lavalari tarzida oqib chiqib, plitalar oralig’ini to'ldiradi. Bunday jarayon A. Xolms, R. Ditts, G. Xesslar tomonidan olib borilgan tatqiqotlar natijasida ishlab chiqildi va F. Vayn, D. Matyuzlar tomonidan okean tubi yo'l-yo'l magnit anomaliyalarini taxlil qilishda tasdiqlandi. Aniqlangan okean po'stining mezozoy va kaynozoyda hosil bo'lganligi Dunyo okeanlarida bajarilgan burg’ilashda to'la-to'kis tasdiqlandi.
Geofiziklar J. Oliver va B. Ayzeks er mantiyasigacha etib boradigan chuqur seysmofokal zilzilalar anomal zichlikdagi zonalarga to'g’ri kelib, kontinent ostiga siljiyotgan, aniqrog’i sho'ng’iyotgan okean litosferalari, orol yoylari va kontinent chekkalari ostiga to'g’ri kelishini aniqladilar. Bunday zonalarni ular A. Amshtuts atamasidan foydalanib subduktsiya (yoki tortilish, so'rilish) zonalari deb atadilar. Shunday qilib, bir tomonda okean po'stining o'sishi, shu vaqtning o'zida Yerning boshqa tomonida okean po'sti kontinental po'st ostiga sho'ng’ib kirib borishiga olib keladi. Kontinent po'stining zichligi kam, engil bo'lgani sababli u izostaziya shartlariga ko'ra, okean po'st ustida qalqib turaveradi. Spreding va subduktsiya jarayonlarini birinchi marta K. Le Pishon ularni harakatlanayotgan litosfera plitalari sistemasi tarzida ko'rdi.
B. Ayzeks, J. Oliver va L. Sayks olingant ma'lumotlarni umumlashtirib (1968) yangi global tektonika deb atalgan kontseptsiyaning asoslarini ta'riflab berdilar.
Yangi global tektonika kontseptsiyasiga ko'ra Yer mantiya moddasining differentsiyasi va sial po'stni hosil bo'lishi ikki bosqichda kechadi. Oldin tortilish zonalarida (o'rta okean rift zonalarida) mantiya moddasini qisman erishi va toleitli magmani erib chiqishi va dastlabki gabbro-bazal’t tarkibli yupqa okean po'sti (5-7 km) hosil bo'ladi. Okean po'sti hosil bo'lish borasida u o'rta okean tizimlari (O'OT) o'qidan subduktsiya zonalari tomon (“gigant konveyer”) tarzida uzluksiz siljib boradi. Bu erda okean po'sti kontinent ostiga mantiya chuqurligiga sho'ng’iydi, qisman qayta erib anchagina qalinlikdagi (30-40 km) murakkab tuzilgan kontinent po'stining hosil bo'lishida qatnashadi. Shunday qilib, “plitotektonika” nazaryasi asosida Yer mantiya moddasining konvektsion aylanish (siljish) g’oyasi yotadi. Plitalar tektonikasi kontseptsiyasi bo'yicha astronomiya, samo jismlari mexanikasi tasavvurlaridan kelib chiqqan holda, Yerning geologik tarixi mobaynida uning hajmi deyarli o'zgarmaydi, xususan Yer kengaymaydi, kattalashmaydi deb tushintiriladi. Shuning uchun litosferaning bir joyda o'sishi (spreding), uni boshqa joylarda miqdor jihatdan yutilishi bilan kompensatsiyalanuvchi gigant “konveyer tasmasiga” o'xshatiladi. Plitalar tektonikasi tarafdorlari xorijda - G. G. Xess, R.S. Ditts, K.Le Pishon, V.J. Morgan; Rossiya Federatsiyasida - A.V. Peyve, P.N. Kropotkin, V.Е. Xain geotektogeniz sabablarini universal tarzda tushintirishini ta'kidlaydilar. Lekin bu kotseptsiyaning ayrim tomonlari “Kengayuvchi Yer” nazariyasi tarafdorlari tomonidan qattiq munozaraga uchramoqda. Kengayuvchi Yer nazariyasi 1933 yili O. Xilgenberg (Berlin) “O'sayotgan er shari haqida” maqolasida dastlab okeanlar bulmaganligi, sial po'st Yerni hamma tomonidan o'rab olganligi haqida va Yerning kengayishi hisobiga keyinchalik po'st cho'zilib parchalanishi natijasida okean havzalari paydo bo'lganligini yozadi. Materiklar, O. Xilgenberg fikricha, bir-biridan simatik qavat bo'yicha dreyf yo'li bilan emas, balki okeanlar maydoni o'sishi natijasida uzoqlashadilar.
50-60 yillarda L. Ed'ed, B. Xizen, S, Keri, V.B. Neyman ilmiy ishlari ma'lum bo'lib, ular ham er sharining o'sishi haqidagi fikrlarni yozadilar. Ularning fikricha, Yer dastavval nihoyatda zich moddadan tashkil topgan va o'zining geologik tarixi mobaynida hajmi oshishi hisobiga zichligi kamroq moddaga o'tgan L. Ed'ed hisoblashlariga ko'ra Yer radiusi yiliga 0,6 mm o'sib borgan.
Avstraliyaning Tasman universiteti professori S.U. Keri o'zining ko'p yillik geologik ma'lumotlariga asoslanib, 1956 yilda materiklar dreyfiga bag’ishlangan xobart simpoziumida Yerning hozirgi o'lchamiPangeyani (erning geologik o'tmishmda hamma kontinentlar yaxlit materik bo'lgan va u Pangen deb atalgan) rekonstruktsiya qilish mumkin emas degan fikrga keladi. Shu vaqtdan boshlab u Yerning kengayishi bilan bog’liq ma'lumotlar to'play boshlaydi; 70-80 yillarga kelib, ayniqsa 1981 yilda bo'lib o'tgan “Kengayuvchi Yer” halqaro simpoziumida bu kontseptsiya tarafdorlari ko'paya boshlaydi.
S.U. Keri ko'p yillik tadqiqotlar ma'lumotlariga asoslanib, yerni o'z geologik tarixi mobaynida taxminan 2 martaga Yaqinroq hajmga kengaygan degan xulosaga keladi.
Bunday xulosa asosida quyidagi bir-birdan mustaqil har xil turdagi tadqiqotlar natijalari yotadi:
-paleomagnit ma'lumotlari
-paleontologik qazilmalarni o'rganish
-Tinch okean perimetrining kattalashishi
-materiklarni mantiyaga nisbatan siljimaganligini tasdiqlovchi issiqlik oqimlari haqidagi ma'lumotlar
-arxey po'stining qisman yo'qligi va prterozoyda plitalar tektonikasi zarur bulgan ofialit va flishlarning yo'qligi -markazdan qochma radial harakat natijasida materiklarning hozirgi joylashishini dastlabki holatini rekonstruktsiya qilinishi va boshqalar.









Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling