Mavzu: Geotermal energiya va undan foydalanish Reja: Geotermal suv energiyasi va uning xususiyatlari
Download 28.37 Kb.
|
Geotermal energiya va undan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3) Normalli mintaqa
1) Gipertermalli mintaqa - temperatura gradieti 80 oS/km dan ortiq. Geyzerlar, issiq bulog‘li manbalar, geotermal aktiv mintaqalardir. Isitish, issiq suv taminoti va elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun tabiiy gidrotermalssirkulyasiyali usul ishlatiladi.
2) Yarim termalli mintaqa - temperatura gradieti 40...80 oS/km. Vulkanli aktivlikga ega bo‘lgan mintaqalar. Isitish va issiq suv taminoti uchun tabiiy gidrotermalssirkulyasiyali va quruq tog‘ jinslarini sovutish usullari ishlatiladi. 3) Normalli mintaqa - temperatura gradieti 40 oS/km dan kam. Bunday mintaqalarda Yer bag‘ridagi issiqlikdan foydalanish iqtisod jihatdan foydasizdir. Giper- va yarim geotermalli mintaqalar Rossiya, AQSH, Italiya, Islandiya, Meksika, Yaponiya, Salvador, Filippin, Yangi Zelandiya davlatlarida mavjud. Geotermal energiya manbalari gidrotermal yoki bug‘termal va petrotermik manbalarga bo‘linadi. Gidrotermal va bug‘termal manbalar 300...350 oS temperaturali issiq suv yoki bug‘larning tabiiy Yer osti zaxiralaridan iborat. Bunday manbalar gipertermalli va yarim termalli mintaqalarda joylashgan boladi. Petrotermik manbalar quruq tog‘ jinslarining issiqliklariga asoslangan. Bunday manbalarni amalda barcha mintaqalarda topish mumkin. Lekin bunday manbalarni o‘zlashtirish issiq qatlamlarning yotish chuqurligi va quduqni ishlab chiqarish sarf-xarajatlari bilan aniqlanadi. Amalda geotermal energiyadan foydalanish har doim ikki yo‘nalishda ko‘riladi: 1) elektr energiyasi ishlab chiqarish va issiqlik texnologik jarayonlar uchun (issiqlik tashuvchining temperaturasi 150...300 oS-dan yuqori); 2) isitish va issiq suv taminoti uchun (40...150 oS). Geotermal issiqlikni chiqarib olishning eng ko‘p tarqalgani va sodda texnikasi bu gidro- va bug‘termal manbailari bo‘lgan mintaqalarda yer osti qatlamlariga bevosita quduqlarni burg‘ilashdan iborat bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri oddiy istemol qilishda geotermal issiqlik uy-joy va sanoat binolarini, issiq xonalarni, basseynlarni, sport qurilmalarini, texnologik jarayonlarni isitish va issiq suv taminoti uchun ishlatiladi. Murrakabroq istemol qilish usullaridan - bu geotermal issiqlikni elektr energiyasiga aylantirish usulidir. Sodda geotermal elektr stansiyalarida bug‘ (200 oS temperaturali, 200 MPa bosimli) manbadan bevosita turbinaga beriladi. Turbina esa elektr generatorini harakatlantiradi. Ishlatilgan bug‘ issiq suvga aylantiriladi va ikkilamchi istemolchilarga uzatiladi. Ko‘p hollarda geotermal bug‘ qurilma jihozlarini korroziyalovchi kimyoviy aktiv aralashmalarga ega. Bunday hollarda bug‘ separatorlarda tozalanadi va so‘ngra turbinaga uzatiladi. Ikki konturli geotermal elektr stansiyalari eng maqbul hisoblanadi. Manbadan chiquvchi bug‘ issiqlik almashtirgich orqali birinchi konturda suv bug‘ini hosil qiladi yoki separatordan keyin bevosita turbinaga uzatiladi. Ishlatilgan bug‘ issiqlik almashtirgich orqali ikkinchi konturda issiqlik tashuvchini bug‘lantiradi. Ikkinchi konturda qaynash temperaturasi past bo‘lgan freon, toluol va boshqa suyuqliklar ishlatiladi. Download 28.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling