Mavzu: Geotermal energiya va undan foydalanish Reja: Geotermal suv energiyasi va uning xususiyatlari
Download 28.37 Kb.
|
Geotermal energiya va undan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- geotermal energiya
Mavzu: Geotermal energiya va undan foydalanish Reja: Geotermal suv energiyasi va uning xususiyatlari O‘zbekistonda geotermal energetikasi Geotermal suv energiyasi va uning xususiyatlari Yer bag‘ridagi issiqlik energiyasiga geotermal energiya deb aytiladi. Yer yadrosining temperaturasi 4000 oS ga yaqin. Yadrodagi issiqlik Yer sirtiga asosan issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali hamda qisman erigan magma, bug‘ va issiq suvlarning konvektiv oqimlari ko‘rinishda uzatiladi. Yer sirti orqali geotermal issiqlikning ortacha oqimi 30 oS/km dan kichik bolgan temperatura gradientida 0,06 Vt/m2 ga yaqin qiymatni tashkil etadi. Quduqning 10 km ga yaqin bo‘lgan chuqurligidan 300 oS gacha temperaturalar farqini olish mumkin. Geotermal energiyaning uzluksiz oqimini tavsiflash uchun jami o‘rtacha 500 Vt/m2 ni tashkil etadigan boshqa qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan (asosan quyosh energiyasi bilan) taqqoslanganda u 8330 marta kichik bo‘ladi. Geotermal energiya o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning termodinamik sifati past, yani issiqlik tashuvchining temperaturasi yoqilg‘i yonish temperaturasidan ancha kichik, sanoatdagi chiqarib tashlanadigan issiqliklarga va okeanning issiqlik energiyasiga teng qiymatli. Geotermal energiyaning issiqligini olish tabiiy gidrotermalssirkulyasiya, sun'iy o‘ta qizdirish va quruq tog‘ jinslarini sovutish usullari bilan amalga oshiriladi. Tabiiy gidrotermalssirkulyasiya bo‘lganda suv chuqur yotuvchi tog‘ jinslaridan o‘tib qiziydi va Yer sirtiga issiq suv, bug‘ yoki bug‘-suv aralashmalari korinishda chiqadi. Sun'iy o‘ta qizdirish usulida issiqlik qotgan lavani yoki yarim erigan magmani sovutish yo‘li bilan olinadi. Quruq tog‘ jinslarini sovutish usulida issiq tog‘ jinslarida sun'iy yorilishlar hosil qilinadi va ular orqali qizdiriladigan suv haydaladi. Yer qobig‘ining tuzilishida anomaliyalar bolganligi sababli Yer sirtida geotermal issiqlik oqimlari har xil bo‘ladi. Shuning uchun geotermal mintaqalar uchta sinfga ajratiladi: Download 28.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling